111
Mulkka bo‘lgan munosabatni hisobga olgan hol-
da, daromadlarni qaytarib berilmaydigan daromadlarga,
vaqtincha foydalaniladigan va qaytarib beriladigan da-
romadlarga bo‘
lish
mumkin. Masalan, soliqlar, bojlar,
yig‘imlar, davlat mulkini
xususiylashtirishdan kelib
tushadigan to‘lovlar va bosh qa majburiy to‘lovlar qay-
tarib bermaslik sharti bilan davlat daromadlariga to‘pla-
nadi hamda davlat va ma’muriy-hududiy tuzilmalarning
mulki hisoblanadi.
Vaqtincha foydalaniladigan daromadlar esa davlat
va ma’muriy-hududiy tuzilmalarning daromadiga kiri-
tilmagan bo‘lib, ular obligatsiyalar, zayomlarni tarqa-
tishdan, banklar tomonidan byudjetdan tashqari mab-
lag‘larni to‘ldirish uchun beriladigan kreditlardan hosil
bo‘ladigan daromadlar va boshqalar.
Davlat byudjetida to‘planadigan markazlashtirilgan
daromadlar mamlakat xarajatlarini qoplanishining aso-
siy
manbayi hisoblanadi, ular bevosita va bilvosita so-
liqlar asosida shakllantiriladi.
Soliqlar tushunchasi va funksiyalari
Davlatning eng muhim belgilaridan biri unda soliqlar-
ning joriy qilinganligidir. Moliya
huquqining huquqiy in-
stitutlaridan biri soliq huquqi bo‘lib, u soliq to‘lovlarini jo-
riy etish va undirib olish vaqtida yuzaga keladi.
O‘zbekiston Respublikasi hududida Soliq kodeksida
nazarda tutilgan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar
amal qiladi.
Soliqlarga quyidagilar kiradi:
Î
yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i;
Î
jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i;
Î
qo‘shilgan qiymat solig‘i;
«Iqtisodiy
bilim asoslari»
darslarida olgan
bilimlaringizga
tayanib,
«bevosita
soliq» va
«bilvosita soliq»
tushunchalariga
ta’rif bering.
Soliqlar ularni
to‘lovchi
shaxslar uchun
qullik emas,
balki
ozodlik
alomatidir.