94
Savol va topshiriqlar
1. Xat-yozishmalar, telefonda so‘zlashuv, tele-
graf yoki boshqa xabarlarning sir saqlanishi
tartibini buzish deganda nimani tushundingiz?
2. Berilgan rasmlarda axborot turlari ifoda-
langan. Ulardan
qaysilari qonun tomonidan
himoyalanadi?
3. Axborotlarni ijobiy va salbiylarga ajratish
mumkinmi? Fikringizni asoslang.
4. Axborot xavfsizligi masalasi va globallashish
o‘rtasida qanday bog‘liqlik bor?
5. Axborot «huruji»dan siz qanday himoyalan-
gansiz?
6. Oilangizga tegishli bo‘lgan ma’lumotlar
himoya qilinishi shart deb hisoblaysizmi?
Nima uchun?
7. Sizga bir tanishingizdan xat keldi. Xatni ol-
ganingizda konvert
kim tomonidandir ochil-
ganligini bilib qoldingiz. Qanday yo‘l tutar
edingiz?
8. Sizga kimdandir xat kelibdi. Lekin pochtachi
manzilni adashtirib xatni sizning pochta qu-
tingizda qoldiribdi. Siz qanday yo‘l tutgan
bo‘lardingiz?
yoki boshqa xabarlarining sir saqlanishiga bo‘lgan
konstitutsiyaviy huquqlari hisoblanadi.
Obyektiv tomondan jinoyat
shaxslarning pochta-te-
legraf xabarlari yoki telefonda so‘zlashuvining mazmuni
bilan g‘ayriqonuniy tanishuvida yoxud fuqarolarning xat-
lari, telegrammalari,
telefaks, elektron pochta va boshqa-
lar orqali yuborilayotgan ma’lumotlarni shu axborotlar
egasining roziligisiz oshkor etilishida ifodalanadi.
95
Bugun darsda quyidagilar bilan tanishasiz:
Î
Konstitutsiya moliya-kredit huquqining asosiy
manbayi.
Î
Moliya va davlat moliyaviy faoliyati.
III bo‘lim. MOLIYA HUQUQI
O‘zbekistonda moliya-kredit tizimi
18-§
Konstitutsiya moliya-kredit huquqining
asosiy manbayi
Moliya huquqi mustaqil huquq tarmog‘i hisoblana-
di. Moliya huquqi O‘zbekiston Respublikasi qonun huj-
jatlarining tegishli sohasi sifatida qayd etiladi. Moliya
huquqiy normalari yordamida davlat tomonidan mo-
liyaviy tizim harakatga keltiriladi va undan foydalanila-
di. Bu soha turli huquq sohalari bilan tartibga solinadi.
Moliya – pul
mablag‘lari
jamg‘armalarini
yaratish
va
ulardan
foyda lanish
jarayonidagi
ijtimoiy
munosabatlarni
aks ettiruvchi
iqtisodiy
kategoriyadir.
Moliyaning vujudga kelishi tovar-pul munosabatla-
rining rivojlanishi va davlatning o‘z funksiyalarini ba-
jarishining moliyaviy resurslarga bo‘lgan
ehtiyoji bilan
bog‘liq. Dastlab bu atama XII-XV asrlarda Italiyada pay-
do bo‘ldi, Genuya, Venetsiya, Florensiya kabi shaharlar
savdo, pul hisob-kitoblari va banklarining faoliyatida
muomalaga kiritildi. Keyinchalik uni davlat tomonidan
o‘z vazifalarini hal qilish uchun yo‘naltiriladigan
pul mu-
nosabatlari tizimi, pul jamg‘armalarini hosil qilish bilan
bog‘liq tushuncha sifatida qo‘llay boshladilar.