• Axborotdan erkin foydalanish huquqi
  • Yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish




    Download 2,12 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet67/106
    Sana26.01.2024
    Hajmi2,12 Mb.
    #146253
    1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   106
    Bog'liq
    Davlat va huquq asoslari. 11-sinf (2018, N.Ismatova, O.Karimova)

    Yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish
    Jinoyatning obyekti yong‘in xavfsizligi, ya’ni 
    odamlarning, jamoat va davlat mulkining yong‘indan 
    muhofaza qilinganlik holati hisoblanadi.
    Obyektiv tomondan jinoyat yong‘in xavfsizligi qoi-
    dalarining shu qoidalar bajarilishi uchun mas’ul bo‘lgan 
    shaxs tomonidan buzilishi badanga o‘rtacha yoki og‘ir 
    shikast yetkazilishiga olib kelishida ifodalanadi. 


    89
    Axborot texnologiyalari 
    sohasidagi jinoyatlar
    17-§
    Bugun darsda quyidagilar bilan tanishasiz:
    Î
    Axborotdan erkin foydalanish huquqi.
    Î
    Axborotlashtirish qoidalarini buzish. Kompyuter 
    axborotidan qonunga xilof ravishda (ruxsatsiz) 
    foydalanish.
    Î
    Kompyuter tizimidan qonunga xilof ravishda 
    (ruxsatsiz) foydalanish uchun maxsus vositalar-
    ni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab tayyorlash yoxud 
    o‘tkazish va tarqatish.
    Axborotdan erkin foydalanish huquqi
    Hozirgi kunda axborot jamiyat hayotini tashkil 
    etish 
    ning zaruriy omillaridan biriga aylanib bormoq-
    da. Binobarin, inson faoliyatining axborot olish va uni 
    qayta ishlash jarayonlari bilan bog‘liq bo‘lmagan biror 
    bir tarmog‘i qolmagan. Tez sur’atlar bilan rivojlanib bo-
    rayotgan hozirgi dunyoda fuqarolarning yangi sharoit-
    larga moslashishlariga ko‘maklashish, ularga bo‘layot-
    gan voqealar, jarayonlar, hodisalar to‘g‘risida axborot 
    berib borish, shuningdek, fuqarolar, ijtimoiy institutlar 
    va davlat hokimiyati organlari o‘rtasida samarali mu-
    nosabatlar tizimini o‘rnatishga sharoit yaratishda, eng 
    avvalo, fuqarolarning axborotdan foydalanish bilan 
    bog‘liq konstitutsiyaviy huquqlarini amalga oshirish va 
    kafolatlash masalasi muhim ahamiyat kasb etadi.
    Axborot nafaqat muayyan ma’lumotlardan ibo-
    rat obyekt, masalan, maqola yoki xabar sifatida, balki 
    O‘zbekiston 
    Respublikasining 
    «Ax borot erkin-
    ligi prinsiplari 
    va kafolatlari 
    to‘g‘risida»gi 
    Qonunini diqqat 
    bilan o‘qib 
    chiqing va undagi 
    «axborot erkinli-
    gi» tu shunchasiga 
    e’tibor qarating.
    Axborot – inson 
    o‘z sezgi organ-
    lari orqali qabul 
    qiladigan barcha 
    signallar majmua-
    si demak.


    90
    subyektning o‘zi o‘rganayotgan obyekt bilan o‘zaro 
    aloqa qilish jarayoni sifatida ham tushunilishi lozim.
    XX asrning oxirlariga kelib, axborot jamiyatda ta-
    biiy, moliyaviy, mehnat va boshqa resurslarga nisbatan 
    ham kuchli va sezilarli mustaqil ijtimoiy-siyosiy hodisa 
    sifatida namoyon bo‘la boshladi. 
    Axborot «kim», «qachon», «nima», «qayerda», 
    «qancha», degan so‘zlar bilan boshlanuvchi savollarga 
    javob ko‘rinishida ifoda etiladi.
    Axborotdan er-
    kin foydalanish 
    huquqi inson-
    ning dunyoga 
    kelishi bilan 
    unga beri ladigan, 
    qonun bilan 
    taqiqlanmagan 
    har qan day 
    axborotni olish, 
    saqlash, tarqa-
    tish, yangilash 
    mumkin bo‘lgan 
    harakatlarning 
    fundamental 
    hamda komp-
    leks huquqidir. 
    Tabiiy ki, bunday 
    holat boshqa 
    shaxslar, davlat 
    va jamiyatning 
    axborot bo‘yicha 
    xavfsizligiga 
    zarar yetkaz-
    masligi zarur.
    Har kim fkrlash, so‘z va e’tiqod erkinligi huquqiga 
    ega. Har kim o‘zi istagan axborotni izlash, olish va uni 
    tarqatish huquqiga ega, amaldagi konstitutsiyaviy tu-
    zumga qarshi qaratilgan axborot va qonun bilan belgi-
    langan boshqa cheklashlar bundan mustasnodir...

    Download 2,12 Mb.
    1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   106




    Download 2,12 Mb.
    Pdf ko'rish