• Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks 93
  • Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi




    Download 2,12 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet69/106
    Sana26.01.2024
    Hajmi2,12 Mb.
    #146253
    1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   106
    Bog'liq
    Davlat va huquq asoslari. 11-sinf (2018, N.Ismatova, O.Karimova)

    Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi
    12-modda
    Xalqaro huquq


    92
    155-modda. Axborotdan foydalanish qoidalarini buzish
    Axborot tizimidan foydalanish maqsadida unga ruxsatsiz kirib olishda ifoda-
    langan axborot va axborot tizimlaridan foydalanish qoidalarini buzish —
    fuqarolarga eng kam ish haqining uchdan bir qismidan bir baravarigacha, 
    mansabdor shaxslarga esa — bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima 
    solishga sabab bo‘ladi. 
    Axborot tizimlarining ishini buzishga olib kelgan xuddi shunday huquqbu-
    zarlik, xuddi shuningdek kirish cheklangan axborot tizimlarini axborot-hisoblash 
    tarmoqlariga ulash chog‘ida tegishli himoya choralarini ko‘rmaganlik — 
    fuqarolarga eng kam ish haqining bir baravaridan uch baravarigacha, man-
    sabdor shaxslarga esa — uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima 
    solishga sabab bo‘ladi. 
    Yuridik va jismoniy shaxslarning axborot tizimlarini 
    xalqaro axborot tarmoq lariga qonunga xilof ravishda ulash
    bu tarmoqlarga tegishli himoya choralarini ko‘rmasdan 
    ulanish, xuddi shuningdek ulardan ma’lumotlarni qonunga 
    xilof ravishda olish —
    fuqarolarga eng kam ish haqining ikki baravaridan besh 
    baravarigacha, man sabdor shaxslarga esa — besh baravaridan 
    yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. 
    O‘zganing elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan 
    dasturi yoki ma’lumotlar bazasini o‘z 
    nomidan chiqarish yoxud qonunga 
    xilof ravishda undan nusxa olish yoki 
    bunday asarlarni tarqatish — 
    fuqarolarga eng kam ish haqining bir 
    baravaridan uch baravarigacha, man sabdor 
    shaxslarga esa — uch baravaridan besh ba-
    ravarigacha miqdorda jarima solishga sabab 
    bo‘ladi. 
    Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks


    93
    1. Quyidagi voqeani o‘qing. Voqea ishtirokchilari-
    ning faoliyatiga huquqiy baho bering.
    2. Kimning qanday huquqlari buzilgan?
    3. Siz ana shunday voqeaga guvoh bo‘lsangiz, qan-
    day yo‘l tutardingiz?
    Katta tanaffus vaqtida Nodira o‘zining «Adabiyot» 
    darsligi uyda qolib ketganligi sababli dugonasi Gul-
    noradan darsligini berib turishni so‘radi. Gulnora osh-
    xonaga ketayotganligini aytib, darslikni sumkasidan 
    olishga ruxsat berdi. Nodira dugonasining sumkasida-
    gi chiroyli bezatilgan daftarni ko‘rib qoldi va uni olib 
    o‘qidi. Bu daftar dugonasining yon daftarchasi bo‘lib, 
    unga u o‘zi ning kechinmalari va she’rlarini yozardi. 
    Gulnora oshxonadan qaytganida, sinfdagi hamma qiz-
    lar bir bo‘lib nimanidir o‘qishar, ba’zilari masxaromuz 
    kulishar, boshqalari esa: «Voy, zo‘r she’r yozar ekan», 
    – deb qo‘yishar edi. Gulnora qizlarga yaqinlashar ekan, 
    ularning qo‘lida o‘zining yon daftarchasini ko‘rdi.
    Uning yuzlari qizarib, lovullab yona boshladi, yura-
    gi tez-tez urib, oyog‘ida majoli qolmadi. Qo‘li bilan yu-
    zini berkitsa, xuddi hammasi o‘tib ketadigandek, qo‘lini 
    beixtiyor yuziga olib bordi. Gulnora chuqur bir nafas 
    oldi. Oyoqlariga birdan jon bitib, uni Nodira tomonga 
    boshladi. Gulnora dugonasining qo‘lidagi darslikni tor-
    tib olar ekan, yuziga tarsaki toritib yubordi-da: «Uyat-
    siz, men senga ishonibman-a!» – dedi...
    jinoiy javobgarlikka tortishga asos bo‘lishi mumkin. 
    Axir bunday jinoyat faqat qasddan sodir etiladi. Ji-
    noyatning sodir etilish motivi va bundan ko‘zlan-
    gan maqsad uning kvalifkatsiyasi uchun ahamiyatga 
    ega emas. Mazkur jinoyatning obyekti fuqarolarning 
    xat-yozishmalari, telefondagi so‘zlashuvlari, telegraf 

    Download 2,12 Mb.
    1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   106




    Download 2,12 Mb.
    Pdf ko'rish