78
Soxta bankrotlik jinoyati ham to‘g‘ri qasd bilan
sodir etiladi. Bu jinoyat xo‘jalik yurituvchi subyektning
o‘z majburiyatlarini iqtisodiy jihatdan bajara olmasligi
haqida bila turib, haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan e’lon
berishi kreditorlarga ko‘p miqdorda zarar yetkazilishda
ifodalanadi.
Soliqlar yoki boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash-
dan bo‘yin tovlash jinoyati foyda (daromad)
yoki soliq
solinadigan boshqa obyektlarni qasddan yashirishda,
kamaytirib ko‘rsatishda, shuningdek davlat tomonidan
belgilangan soliqlarni yoki boshqa majburiy to‘lovlar-
ni to‘lashdan qasddan bo‘yin tovlashda ifodalanadi. Ji-
noyat to‘g‘ri qasd bilan sodir etiladi.
Elektr,
issiqlik, gaz yoki suv ta’minotidan foydala-
nish qoidalarini buzish jinoyati umumiy foydalanishda-
gi elektr, issiqlik, gaz yoki suv ta’minoti tarmoqlariga
o‘zboshimchalik bilan ulanish yoxud elektr, issiqlik
ener giyasi, tabiiy gaz, sovuq yoki issiq suvni hisobga
olish
asboblariga, shu jumladan ularning plombalari-
ga qasddan shikast yetkazish, ularning ko‘rsatkichlarini
o‘zgartirish maqsadida tashqaridan aralashishda ifodala-
nadi. Jinoyat to‘g‘ri qasd bilan sodir etiladi.
G‘arazgo‘y lik
talon-taroj qilish-
ning zaruriy bel -
gisi hisob lanadi.
G‘arazgo‘ylik –
bu o‘zi
uchun
yoki boshqa
shaxslar uchun
mod diy manfaat
undirish.
Insonning eng
katta dushma-
ni —
bu uning
nafsi.
Hikmat
O‘zbekiston
Respublikasining
Soliq kodeksi-
dan yurtimiz
hududida qanday
umumdavlat
soliqlari,
mahal-
liy soliqlar va
yig‘imlar borligi-
ni aniqlang.