• «Bunday xalqni yengib bo‘lmaydi»
  • N ismatova, O. Karimova davlat va huquq




    Download 2,12 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet55/106
    Sana26.01.2024
    Hajmi2,12 Mb.
    #146253
    1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   106
    Bog'liq
    Davlat va huquq asoslari. 11-sinf (2018, N.Ismatova, O.Karimova)

    73
    Savol va topshiriqlar
    1. Yuqorida berilgan matndagi «Bunday bolalari bor xalqni, xuddi bu 
    kitobdagiday, yengib bo‘lmaydi», degan jumlani izohlab ko‘ring. 
    Fikringiz ni bag‘rikenglik, insonparvarlik, keng fe’llik, mehri daryolik 
    kabi tushunchalar orqali izohlang.
    2. Davlatga xiyonat qilish nimalarda ifodalanadi?
    3. Konstitutsiyaviy tuzumga tajovuz qilish deganda nimani tushun-
    dingiz?
    4. Tinchlikni asrashda sizning qanday ulushingiz bor?
    5. O‘zbekiston Respublikasiga qarshi jinoyatlar deganda nimani tushun-
    dingiz? Jinoyat uchun qanday jazo belgilangan?
    6. Tinchlik va insoniyatga qarshi jinoyatlar qanday sodir etiladi?
    «Bunday xalqni yengib bo‘lmaydi»
     
    Frans Kafka: 
    — Qanaqa kitob o‘qiyapsiz?
    — «Toshkent — non shahri»…
    — Ajoyib kitob. Yaqinda men uni bir oqshomda o‘qib chiqdim.
    — Menimcha, bu kitob san’at asaridan ko‘ra ko‘proq hujjatga 
    o‘xshaydi.
    — Har qanday chinakam san’at — hujjat, guvohnoma. Bunday bo-
    lalari bor xalqni, xuddi bu kitobdagiday, yengib bo‘lmaydi.
    Biroq gap, harqalay, sonda bo‘lmasa kerak.
    — Aksincha! Materiyaning ko‘rinishi atomdagi elektronlar soni 
    bilan belgilanadi. Ommaning saviyasi sanoqli kishilarning ongliligiga 
    bog‘liq.
    Chexiyalik musiqachi va adabiyotchi Gustav Yanouxning
    «Kafka bilan suhbatlar» asaridan parcha.


    74
    Iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlar
    14-§
    Bugun darsda quyidagilar bilan tanishasiz:
    Î
    O‘zgalar mulkini talon-taroj qilish. Soxta tadbir-
    korlik.
    Î
    Soliqlar yoki boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash-
    dan bo‘yin tovlash.
    Î
    Elektr, issiqlik energiyasi, gaz, suv ta’minotidan 
    foydalanish qoidalarini buzish.
    O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida bozor 
    munosabatlarini rivojlantirishga qaratilgan O‘zbekiston 
    iqtisodiyotining negizini xilma-xil shakllardagi mulk 
    tashkil etishi va davlat iste’molchilarning huquqi us-
    tunligini hisobga olib, iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik 
    va mehnat qilish erkinligini, barcha mulk shakllarining 
    teng huquqliligini va huquqiy jihatdan teng muhofa-
    za etilishini kafolatlashi alohida qayd etiladi. Shu bilan 
    birga xususiy mulk boshqa mulk shakllari kabi daxlsiz 
    va davlat himoyasida deb belgilab qo‘yilgan. Demak, 

    Download 2,12 Mb.
    1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   106




    Download 2,12 Mb.
    Pdf ko'rish