69
O‘zbekiston Respublikasiga qarshi jinoyatlar
O‘zbekiston Respublikasiga
qarshi jinoyatlarga
davlatga xoinlik qilish, O‘zbekiston Respublikasi Pre-
zidentiga tajovuz qilish, O‘zbekiston Respublikasi-
ning konstitutsiyaviy tuzumiga tajovuz qilish, josuslik,
qo‘poruvchilik, davlat sirlarini oshkor qilish, davlat siri
yoki harbiy sir hisoblangan hujjatlarni yo‘qotish
kabilar
kiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga tajovuz qi-
lish Jinoyat kodeksining «O‘zbekiston Respublikasi-
ga qarshi jinoyatlar» bobiga
kiritilganligi bejiz emas,
chunki O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti fuqarolar-
ning huquqlari va erkinliklariga, Konstitutsiya va qo-
nunlarga rioya etilishining kaflidir.
Jinoyat obyekti O‘zbekiston
Respublikasi Preziden-
tining hayoti, sog‘lig‘i, sha’ni va qadr-qimmatidir. Pre-
zidentni ko‘pchilik oldida haqoratlash yoki unga tuhmat
qilish haqorat yoki tuhmat xususiyatiga ega bo‘lgan ha-
rakatlar sodir etilgan paytdan e’tiboran tugallangan ji-
noyat deb hisoblanadi.
Jinoyat qasddan sodir etiladi. Jinoyatning motivi va
maqsadi uning kvalifkatsiyasi uchun ahamiyatli emas.