71
etilgan normalarining tan olinishi kabi qoidalar bugungi
kunda konstitutsionalizm ning asosi sifatida qaralmoqda.
Konstitutsiyaviy tuzumga qaratilgan jinoiy harakat-
lar obyekti respublikamizning konstitutsiyaviy
tuzumi
asoslari, davlat hokimiyati tuzilishi va faoliyatining tar-
tibi hisoblanadi.
Jinoyat qasddan sodir etiladi. Jinoyatni sodir etish-
dan maqsad O‘zbekiston Respublikasining mavjud
kons
titutsiyaviy tuzumini o‘zgartirishdir. Jinoyat mo-
tivlari turlicha bo‘lishi mumkin, ya’ni mavjud konsti-
tutsiyaviy tuzumga, qonuniy saylab qo‘yilgan
davlat
arboblariga nafrat bilan qarash va hokazo. Bu harakat-
lar chet el davlatining topshirig‘iga binoan sodir etilgan
taq dirda aybdor davlatga xoinlik
qilganlik uchun ham
javobgar bo‘ladi.
Hokimiyatni bosib olish yoki O‘zbekiston Respub-
likasining konstitutsiyaviy tuzumini ag‘darib tashlash
159-modda. O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzu-
miga tajovuz qilish
...Hokimiyat konstitutsiyaviy organlarining qonuniy faoliyatiga
to‘sqinlik qilish yoki ularni Konstitutsiyada nazarda tutilmagan pa-
rallel hokimi
yat tuzilmalari bilan almashtirishga qaratilgan zo‘ravon-
lik
harakatlari, shu
ningdek, davlat hokimiyati vakolatli organlarining
O‘zbekiston Konstitutsiyasida nazarda tutilmagan tartibda tuzilgan
hokimiyat tuzilmalarini tarqatib yuborish to‘g‘risidagi qarorlarini belgi-
langan muddatda bajarmaslik —
eng kam oylik ish haqining ikki yuz baravaridan olti yuz baravarigacha
miqdorda jarima yoki uch yildan besh yilgacha
ozodlikni cheklash yoxud
uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi...