• Manba: O‘zbekiston Respublikasi IIV Matbuot xizmati Savol va topshiriqlar
  • N ismatova, O. Karimova davlat va huquq




    Download 2,12 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet61/106
    Sana26.01.2024
    Hajmi2,12 Mb.
    #146253
    1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   106
    Bog'liq
    Davlat va huquq asoslari. 11-sinf (2018, N.Ismatova, O.Karimova)

    Ijodiy faoliyat


    80
    1. Berilgan vaziyatlarni tahlil qiling. Ularning o‘xshash va o‘ziga 
    xos tomonlarini aniqlang.
    2. Ulardagi jinoyatlarning belgilarini, obyekti va subyektini, 
    obyektiv va subyektiv tomonlarini aniqlang.
    3. Bu voqealarning jamiyat rivojiga qanday ta’siri bor? Ularning 
    oldini olish mumkinmidi?
    A) Denov tumanining «Buyuk Ipak yo‘li» mahallasida yashovchi A.S. 
    ariza bilan huquqni muhofaza qilish organlariga murojaat qilib, kollej 
    o‘qituv chisi J. M. uni 2000 AQSh dollari evaziga Rossiyadagi universi-
    tetlarning biriga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da berganini bayon qiladi.
    B) Termiz shahar IIB navbatchilik qismiga shahardagi bozorlar-
    ning birida joylashgan savdo do‘koniga notanish bir qiz kelib, o‘zini 
    xaridordek tutib, uni hech kim kuzatmayotganiga ishonch hosil qilgach
    do‘kon rastasida turgan 295 000 so‘mlik 3 dona ayollar ko‘ylagini o‘g‘ir-
    lab ketganligi haqida xabar kelib tushadi.
    D) Tunda soat to‘rt yarimlar atrofida Farg‘ona viloyatining Qo‘shte-
    pa tumanida uch nafar noma’lum shaxs yuzlariga niqob kiygan va pichoq 
    bilan qurollangan holda, Yangiariq mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi 
    xonadonlarning biriga devor orqali oshib tushib, xonadon egasi G‘.Y. va 
    uning turmush o‘rtog‘i S. Y.lar uxlab yotgan xonaga bostirib kiradilar.
    Uy egalari uyg‘onib qolganlarida G‘.Y.ni urib, tan jarohati yetkaza-
    dilar. S.Y. va ushbu xonadonda birga yashovchi qizi M.Y.ning qo‘l-oyoq-
    larini arqon bilan bog‘lab, xonadagi sandiq ichidan 10 mln so‘m pul va 
    1,5 ming AQSh dollarilik turli zargarlik buyumlarini olib ketadilar.
    Manba: O‘zbekiston Respublikasi IIV Matbuot xizmati
    Savol va topshiriqlar



    Download 2,12 Mb.
    1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   106




    Download 2,12 Mb.
    Pdf ko'rish