76
ga javobgarlikni belgilashda uning qaysi usulda sodir
etilganligiga ko‘ra ajratadi. Masalan, bosqinchilik,
tovlamachilik, talonchilik, o‘zlashtirish yoki rastra-
ta yo‘li
bilan talon-taroj qilish, fribgarlik, o‘g‘rilik.
Har qanday talon-taroj qilishning zaruriy belgisi uning
huquqqa xilofligidir.
O‘zganing mulkini talon-taroj qilishning tugallan-
gan vaqti talon-taroj qilishning shakliga bog‘liq bo‘ladi.
Talon-taroj qilish subyektiv tomondan to‘g‘ri qasd
bi lan sodir etiladi. Motivi – g‘arazgo‘ylik.
Muomalaga layoqatli hamda qonunda ko‘rsatilgan
yoshga to‘lgan har qanday shaxs
talon-taroj qilishning
subyekti hisob lanadi.
Bosqinchilik ning o‘ta ijtimoiy xavfliligi avvalo shu
bilan bog‘liqki, bu jinoyat sodir etilganida jabrlanuv-
chilarning hayoti yoki sog‘lig‘iga ham ziyon yetkaziladi
yoxud bunday ziyon yetkazilishi uchun
real xavf vujud-
ga keladi va o‘zganing mol-mulki egallab oli nadi.
Obyektiv tomondan bosqinchilik o‘zganing
mol-mulkini talon-taroj qilish maqsadida shu mulkning
egallanishiga qarshilik ko‘rsatgan shaxsning
hayoti yoki
sog‘lig‘i uchun xavfli bo‘lgan jismoniy zo‘rlik ishlatish
yoxud shunday zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitib hujum
qilishda ifodalanadi. Bosqinchilikning obyekti o‘zga-
ning
mol-mulki, fuqarolar ning hayoti va sog‘lig‘idir.
Tovlamachilik mulkka qarshi g‘arazli jinoyatlar-
dan biri hi soblanadi. Tovlamachilikning ijtimoiy xavfli-
lik xususiyati uning nafaqat mulkchilikka, balki mulk-
chilik manfaatlarining mustaqil
shakli sifatida namoyon
bo‘luv
chi boshqa (majburiyat yuklovchi, meros bo‘lib
o‘tuvchi, uy-joy kabi) mulkiy munosabat larga ham tajo-
vuz qilishidan iborat.
Qanoat – harom
bilan
halol ning
chegarasini
belgilaydigan
vijdon qozisi.