• Voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaxslarni moddiy ta’minlashdan bo‘yin tovlash
  • O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi- ning 64-mod- dasidan
  • Oilaga, yoshlarga va axloqqa




    Download 2,12 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet47/106
    Sana26.01.2024
    Hajmi2,12 Mb.
    #146253
    1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   106
    Bog'liq
    Davlat va huquq asoslari. 11-sinf (2018, N.Ismatova, O.Karimova)

    62
    Oilaga, yoshlarga va axloqqa
    qarshi jinoyatlar
    12-§
    Bugun darsda quyidagilar bilan tanishasiz:
    Î
    Voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz 
    shaxslarni moddiy ta’minlashdan bo‘yin tovlash. 
    Î
    Ota-onani moddiy ta’minlashdan bo‘yin tovlash.
    Î
    Voyaga yetmagan shaxsni g‘ayriijtimoiy xatti-ha-
    rakatlarga jalb qilish.
    Voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz 
    shaxslarni moddiy ta’minlashdan bo‘yin tovlash 
    Ushbu jinoyatning obyekti voyaga yetmagan yoki 
    mehnatga layoqatsiz shaxslarning manfaatlari, ya’ni 
    ularning sog‘lig‘i, normal jismoniy rivojlanishi uchun 
    sudning hal qiluv qarori yoki buyrug‘iga muvofq mab-
    lag‘ olish huquqiga ega shaxslarning moddiy ta’minoti 
    hisoblanadi.
    Jinoyat sudning hal qiluv qarori yoki buyrug‘iga 
    muvofq moddiy yordamga muhtoj bo‘lgan voyaga yet-
    magan va mehnatga layoqatsiz shaxslarni boqish uchun 
    undiriladigan mablag‘larni jami ikki oydan ortiq muddat 
    mobaynida to‘lamaslikda ifodalanadi.
    Sudning qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qaro-
    ri yoki buyrug‘iga binoan moddiy yordamga muhtoj 
    bo‘lgan voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz 
    shaxslarni boqish uchun undirilishi lozim bo‘lgan mab-
    lag‘ jami ikki oy mobaynida to‘lanmagan taqdirda ji-
    noyat tugallangan deb hisoblanadi. Jinoyat qasddan 
    sodir etiladi. 
    Ota-onalar o‘z 
    farzandlarini 
    voyaga yetgun-
    lariga qadar 
    boqish va tarbi-
    yalashga majbur-
    dirlar. 
    O‘zbekiston 
    Respublikasi 
    Konstitutsiyasi-
    ning 64-mod-
    dasidan


    63
    Mazkur jinoyatning subyekti sudning hal qiluv qa-
    rori yoki buyrug‘iga binoan moddiy yordamga muhtoj 
    voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaxslar-
    ni moddiy ta’minlash vazifasi zimmasiga yuklangan 
    18 yoshga to‘lgan, aqli raso har qanday shaxs (ota-ona-
    lar, farzand 
    likka oluvchilar) bo‘lishi mumkin. Shaxs-
    ni ota-onalik huquqidan mahrum qilish alimentlarni 
    to‘lash dan ozod etmaydi.

    Download 2,12 Mb.
    1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   106




    Download 2,12 Mb.
    Pdf ko'rish