Namangan Institute of Engineering and Technology
nammti.uz
10.25.2023
Pg.107
kristallanish jarayonini boshqarish, so‘ngra materialning elektrofizik xususiyatlarini tavsiflash uchun
bir qator optik o‘lchovlarni o‘z ichiga oladi.
Kalit so‘zlar: anomal foto kuchlanish effekti, kadmiy xalkogenidlari, kadmiy tellur yupqa
pardalari, qalinlik gradienti, cho‘kma qiyaligi, o‘tkazish (T) va aks ettirish (R) spektrlari, yutilish
koeffitsienti .
Fotoeffekt quyosh batareyalarining ishlashiga asos bo‘lgan asosiy hodisa bo‘lib, qayta
tiklanuvchi energiya manbalariga o‘tishda tobora muhim ahamiyat kasb etayotgan texnologiya.
Biroq, quyosh batareyalarining samaradorligi material turini, dizayn va konfiguratsiyasi o‘zgartirish
yordamida erishish mumkin bo‘lgan yuqori nazariy samaradorlik bilan chegaralanadi. Shu sababli,
quyosh batareyalari samaradorligini oshirish uchun muqobil yondashuvlarni o‘rganishga qiziqish
ortib bormoqda. Istiqbolli yo‘llardan biri bu ba'zi materiallarda, shu jumladan kadmiy
xalkogenidlarida kuzatilgan anomal foto kuchlanish effektni o‘rganishdir [1]. CdTe asosida
tayyorlangan yupqa pardalardan quyosh elementlar, masofaviy sensorlar, aloqa uskunalari va
optoelektronik qurilmalarni yaratishda keng foydalaniladi.
CdTe birikmali AFK yupqa pardalarini olish uchun biz vakuumda issiqlik orqali bug‘lanish
usulidan foydalandik. Vakuum o‘rnatish УВН 7 tipidagi qurilmada 10
-5
mm simob ustuni bosimi hosil
qilinadi. Bug‘lantiruvchi sifatida molibden simidan tayyorlangan maxsus tigel ishlatilgan.
Bug‘lantiruvchi tigelning bug‘lanish haroratini tokni sozlash orqali rostlandi. Kristalitlar
o‘stiriladigan taglik sifatida metall kontaktli shisha ishlatilgan. Taglik pechka yordamida isitiladi va
haroratini 300 °C gacha o‘zgartirish mumkin. Tigel va taglikdagi harorat ularga to‘g‘ridan-to‘g‘ri
biriktirilgan xromel-alumel termojuftlar tomonidan nazorat qilindi.
Taglik 0,5% nitrat kislotaning qaynab turgan eritmasida ishlov berish orqali tozalandi,
distillangan suvda qayta-qayta qaynatiladi, tibbiy spirt bilan artib, bug‘lanish kamerasiga 45° burchak
ostida joylashtirildi.
Bug‘lanish kamerasidagi bosim 10
-5
mm simob ustuniga erishgandan so‘ng tagliklar 30 daqiqa
davomida 100 °C haroratda qizdirilgan.
CdTe materialining bo‘laklarini 575°C da bug‘latildi. CdTe asosida yupqa pardalar olish
jarayonida taglik temperaturasi nazoratda ushlab turildi. CdTe materialining bo‘laklarini bug‘latilish
davomiyligi 5, 6, 7 minut davom ettirilib yupqa pardalar olindi.
Hitachi TM4000Plus SEM yordamida olingan CdTe yupqa pardalarining sirt ko‘rinishi
namunaning morfologiyasi va topografiyasi haqida muhim ma'lumotlarni ochib beradi. SEM
tasvirlari yupqa plyonka yuzasi nisbatan silliq ekanligini ko‘rsatadi, yuqori kattalashtirishda donalar
va yoriqlar kabi ba'zi kichik sirt xususiyatlari ko‘rinadi [2]. (1-rasmga qarang).