Namangan Institute of Engineering and Technology
nammti.uz
10.25.2023
Pg.202
References.
1.
Eshpulatov, N., Yusupov, D., Akabirov, L., Dinikulov, D., Toshmamatov, N.
IOP Conference
Series: Earth and Environmental Sciencethis link is disabled, 2022, 1112(1), 012081
2.
Eshpulatov, N., Khalmuradov, T., Akabirov, L., ...Shoykulov, B., Samieva, Z. IOP Conference
Series: Earth and Environmental Sciencethis link is disabled, 2023, 1231(1), 012041
3.
http://refhub.elsevier.com/S0260-8774(19)30422-4/sref1
QISQA TUTASHTIRILGAN ROTORLI ASINXRON MOTORLARNI ISHGA TUSHIRISH USULLARI
O.X.Ishnazarov
O‘z.R.F.A. Energetika muammolari instituti
B.O.Otabayev
Namangan muhandislik-texnologiya instituti
Annotatsiya: Ushbu ishda, 3 fazalik asinxron motorlarni silliq
ishga tushirish usullari va
ularning afzal va kamchilik tomonlarini ko’rilgan. Ishga tushirish usullarini o‘xshash tomonlarini
solishtirgan holda istiqbolli yangi bir fikr taklif qilingan.
Kalit so‘zlar: Asinxron motor, silliq ishga tushirish, tiristor, quvvat.
O‘zgaruvchan tokka ishlaydigan elektr motorlarning ichidan eng sodda tuzilishga ega bo‘lgani
bu –qisqa tutashtirilgan rotorli(Q.T.R) asinxron motor hisoblanadi.
Asinxron motorlarning keng
qo‘llanilishi ularning boshqa motorlarga nisbatan afzalliklari bilan izohlanadi: yuqori ishonchlilik,
ta’mirlash qulayligi, strukturaviy elementlarning kichik soni, texnik xizmat ko‘rsatish qulayligi[1]. Bu
motorlar aosiy bo‘lgan
uchta qism, stator, rotor, va korpusdan tashkil topgan. Q.T.R asinxron
motorlarning soddaligi va uzoq muddat ishonchili xizmat qilishi tufayli, bunday motorlardan sanoat
korxonalarida, qishloq xo‘jaligida va boshqa bir qator sohalardan keng qo‘llanilib kelinmoqda.
Bundan ko‘rinadiki Q.T.R asinxron motorlar asosiy elektr istemolchilaridan biri hisoblanadi. Bu
motorlar bir necha yuz Vt dan tortib bir necha ming kVt gacha bo‘lgan quvvatdagisi ishlab chiqariladi.
Motorning quvvati qancha yuqori bo‘lsa uni ishga tushirish ham shuncha qiyinlashib boradi. Q.T.R
asinxron motorlar turli sharoitlarda ishlaydi ammo ularni ishga tushirib olish elektr tarmog‘idan va
yukdan ma’lum bir sharoitni talab qiladi. Yani Q.T.R asinxron motorlarni ishga tushirish vaqtida, ular
tarmoqdan normal ishlayotgan tok kuchiga nisbatan 6-8 martta katta bolgan
tok kuchini istemol
qiladi[2]. Bu esa elektr tarmog‘ining sifat ko‘rsatgichlarini sezilarli darajada yomonlashiga olib keladi.
Yuqoridagi muammolarni oldini olish uchun Q.T.R asinxron motorlarni ishga tushirishning bir nechta
usullari mavjud. Hozirgi kunda dunyo bo‘ylab juda ko‘p olimlar asinxron motorning ishga tushirish
jarayonlarini yanada samarali bo‘lgan yo‘llarini topish uchun tadqiqotlar olib borishmoqda.
Asinxron motorlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri tarmoqqa ulab ishga tushirish. Bu usulda motorni
tarmoqqa ulash va uzish vazifalarini kontaktor (ba’zi hollarda avtomat uzgich) bajarishi mumkin.
Bunday tarzda motorni ishga tushirishning afzalligi ishga tushirish momenting yuqori bo‘lishi va
motorni ishga tushirish uchun qo‘shimcha jihozlarni talab qilmaslikdir. Ammo motor ishga tushish
paytida tarmoqdan katta tok oqimini istemol qiladi. Shuning uchun katta quvvatli motorlarni ishga
tushirishda bu usuldan foydalanilmaydi.
Asinxron motorlarni yulduz sxemadan uchburchak sxemaga o‘tkazib ishga tushirish. 3 fazali
Asinxron motorlar ko‘p hollarda ikki xil sxemada tarmoqqa ulaniladigan qilib ishlab chiqariladi. Bu
esa bir motorni
kuchlanishi bir-biridan
√3
farq qiladigan ikkita elektr tarmoqda ham ishlay olish
qobiliyatini beradi. Asinxron motorlarning aynan shu imkoniyatidan foydalanib ularni ishga tushirish
jarayonini yaxshilash mumkin. 1-rasmda 160 kVt li asinxron motorning parametrlari keltirilgan.