• Kalit so’zlar
  • Namangan Institute of Engineering and Technology




    Download 15,56 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet26/693
    Sana13.05.2024
    Hajmi15,56 Mb.
    #228860
    1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   693
    Bog'liq
    Тўплам

    Namangan Institute of Engineering and Technology 
    nammti.uz 
    10.25.2023
    Pg.22 
    BUG’-GAZ QURİLMALARİDAN FOYDALANİSHNİNG EKOLOGİK HOLATLARİNİ O’RGANİSH
     
    M.E.Shamshitdinov, I.U.Mashrabboyev 
    Namangan muhandislik-texnologiya instituti
     
    Anotatsiya. Issiqlik elektr stansiyalarida gaz turbina qurilmalari ekspluatatsiya davrida elektr 
    stansiya joylashuviga qarab turli ekologik holatlarga duch keladi va quvvatning turli darajada 
    o’zgarishiga olib keladi. Buning oldini olish va ekogolik xolatni barqarorlashtirish uchun stansiya 
    hududida turli daraxtlarni ko’paytirish talab etiladi. 
    Kalit so’zlar: Gaz turbina, elektr energiya, havoni sovutish tizimi, havo zichligi
    Rivojlangan mamlakatlarda gaz turbinasi qurilmalariga kirish joyidagi havoni sovutish bunday 
    energiya bloklarining samaradorligi va quvvatini oshirish uchun keng qo'llaniladi. Biroq, amaldagi 
    aksariyat gaz turbinalari kirish joyida havo sovutish tizimlari bilan jihozlanmaganki, bu ularni 
    o'rnatish va yig'ish xarajatlarini kamaytirdi xolos. Natijada, ishga tushirilgan vaqtda elektr 
    stansiyasining quvvati iste`molchilar uchun yetarli bo’lgan bo’lsa, ayni vaqtga kelib elektr 
    energiyasiga talab ko'payishi sharoitida havoni sovutish tizimlarini o’rnatish va gaz turbinalarini 
    qayta jihozlash zarurati ortib ketdi. Gaz turbinaga kiruvchi havoni sovutish tizimi o’rnatilmagan 
    taqdirda yozning issiq kunlarida tashqi havo harorati 30-35 o C dan yuqori bo’ladi, bu esa gaz 
    turbinaga kirayotgan havo zichligi kamayishiga olib keladi. Natijada esa ushbu yuqori harorat 
    turbinadan chiqayotgan chiqindi gazning harorati tezroq ko’tarilishiga olib keladi va turbina nominal 
    quvvatga erisha olmaydi.
    Bug’-gaz qurilmalarining ishlash tartibiga gaz turbina qurilmasining xarakteristikalari orqali 
    atrof-muhit sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Tashqi havoning harorati 0 °C bo‘lgan sharoitda ishlayotgan gaz 
    turbinasi 30 °C sharoitda ishlayotgan turbinaga nisbatan 20 % ko‘p elektroenergiya ishlab chiqaradi. 
    Agar qurilmani qurish balandligi dengiz sathidan 100 m balandlikda qurilayotgan bo‘lsa, bu 
    qurilmada ishlatilayotgan gaz turbina qurilmasi, havoning bosim va zichligi o‘rtasidagi farq tufayli, 
    dengiz sathida foydalanilayotganidan 1 % kam quvvat hosil qiladi. Yil davomida atmosfera 
    havosining parametrlarini haqiqiy o‘zgarishlari va ekstremal sharoitlari to‘g‘risida batafsil 
    ma’lumotga ega bo‘lish lozim. Havoning namligi gaz turbina qurilmasining quvvati va FIKga juda kam 
    ta’sir ko‘rsatuvchi parametr sanaladi. Qurilma xarakteristikalarini umumiy hisoblashlar asosida ISO 
    2314 shartlari (+15°C; 0,1013 MPa; havoning nisbiy namligi 60 %) o‘rnatiladi. Shuni yodda tutish 
    lozimki bu xarakteristikalarning birortasi o‘zgarishi Bug’-gaz qurilmalarining bug‘ turbinali 
    konturidagi parmetrlarinng ham o‘zgarishiga olib keladi. 
    Texnik va iqtisodiy sabablarga ko‘ra yoqilg‘i asosiy faktor hisoblanadi, shuningdek, uning turi 
    va tarkibi gaz turbina qurilmasi va butun qurilmaning quvvatiga, qurilmadan zararli moddalar 
    chiqishiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Yoqilg‘i tarkibidagi oltingugurt miqdoriga qarab utilizator 
    qurilmasiga kirishdagi kondensat harorati aniqlab olinadi. Ko‘plab holatlarda Bug’-gaz qurilmalari 
    ikkita turli xildagi yoqilg‘ida ishlashi mumkin, bunda qaysi yoqilg‘i asosiysi va ikkinchisidan qaysi 
    sharoitlarda ko‘p foydalanilishi to‘g‘risida aniqlik kiritilib olinadi. 
    Bug’-gaz qurilmalarining solishtirma kapital qo‘yilmalaridan kelib chiqib, elektrostansiya 
    qurilishiga kiritilgan qaysi investitsiya belgilangan FIKni qanoatlantirishi belgilanadi. Agar, masalan, 
    kapital qo‘yilma 1000 dollar/kVt bo‘lsa, bu holatda, bug‘-gaz siklining samaradorligini, yoqilg‘i turi 
    va sarfini o‘zgartirmasdan turib 10 MVtga oshirish imkoniyati saqlanib qolsa bunday yechim o‘zini 
    oqlaydi. 

    Download 15,56 Mb.
    1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   693




    Download 15,56 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Namangan Institute of Engineering and Technology

    Download 15,56 Mb.
    Pdf ko'rish