• Namangan Institute of Engineering and Technology nammti.uz
  • Namangan Institute of Engineering and Technology nammti uz




    Download 15,56 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet28/693
    Sana13.05.2024
    Hajmi15,56 Mb.
    #228860
    1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   693
    Bog'liq
    Тўплам

    Kalit so'zlar: elektrodvigatel, invertor, chastota o’zgartgich, avtomatik boshqaruv, 
    samaradorlik, reaktiv quvvat, kondensator qurilmasi, kompensatsiyalash. 
    Ushbu maqolada ishlab chiqarish jabxalarida foydalaniladigan tola ajratish qurilmasi elektr 
    dvigatellari uchun chastota rostlagich va tekis ishga tushirish qurilmalarini texnik- iqtisodiy 
    imkoniyatlarini oshirish masalasini ko‘rib chiqamiz.
    1.
    Reaktiv quvvatni indivudial kompensatsiyalash orqali chastota rostlash va tekis ishga 
    tushirish qurilmalarini texnik-iqtisodiy samaradorligini oshirish. 
    Ma’lumki, tola ajratgich qurilmasi asinxron elektr dvigatellari reaktiv quvvat iste’molchisi 
    hisoblanadi. Chastota o‘zgartirish qurilmalari orqali asinxron elektr motorlarini boshqarishda elektr 
    motorni reaktiv quvvat bilan ta’minlash talab etiladi. Asinxron elektr dvigatelni iste’mol qilgan 
    reaktiv quvvatini chastota o‘zgartirgich yoki tekis ishga tushirish qurilmasi orqali o‘tkazib beriladi.
    Yuqoridagi tahlillardan ko‘rinadiki, asinxron elektr dvigatelni boshqarishda foydalaniladigan 
    chastota rostlash yoki tekis ishga tushirish qurilmalari uchun reaktiv quvvatni indivudial 
    kompensatsiyalash uning yuklanish tokini qisqarishaga, foydalaniladigan bipolyar tranzistorlari 
    qizishini kamayishiga, qurilmaning ishlash muddatini uzayishiga olib keladi. 
    Chastotani boshqarish mos ravishda kuchlanishni o‘zgartirish orqali bajariladi. Amalda 
    chastotani kamaytirish bilan bir vaqtda kuchlanish miqdori ham mos ravishda kamaytiriladi. Bu esa 
    oqadigan tok miqdorini kamayishiga olib keladi. Natijada o‘zgartiriladigan chastota necha foizga 
    o‘zgarsa, iste’mol qilinadigan quvvat ham mos ravishda kamayadi. Ushbu jarayonda reaktiv quvvatni 


    Namangan Institute of Engineering and Technology 
    nammti.uz 
    10.25.2023
    Pg.24 
    kompensatsiyalashda o‘ziga xos murakkabliklar keltirib chiqaradi. Reaktiv quvvatni 
    kompensatsiyalashda quyidagilarni e’tiborga olishni talab etadi: 
    Chastota o‘zgartirgichdan chiqish kuchlanishni;
    Chastota o‘zgartirgichdan chiqish chastotani 
    Chastota o‘zgartirgichdan chiqish kuchlanish va chastotaga mos kompensatsiyalash 
    guruxlarini ulash va ajratish hamda bu jarayonni avtomatik boshqarish uning ish samaradorligi 
    oshiradi. Chastota o‘zgartirish qurilmalari orqali boshqariladigan asinxron elektr dvigatellarda 
    reaktiv quvvatni induvidial kompensatsiyalash uchun rasmda keltirilgan sxema taklif qilinadi[5]. 
    Chastota o‘zgartirgichdan chiqish kuchlanish va chastotaga mos kompensatsiyalash 
    guruxlarini ulash va ajratish hamda bu jarayonni avtomatik boshqarish uning ish samaradorligi 
    oshiradi. Chastota o‘zgartirish qurilmalari orqali boshqariladigan asinxron elektr dvigatellarda 
    reaktiv quvvatni induvidial kompensatsiyalash uchun yuqoridagi rasmda keltirilgan sxema taklif 
    qilinadi.
    Yuqorida keltirilgan rasmdagi sxemadan chastota o‘zgartirgich orqali boshqariladigan asinxron 
    elektr dvigatelarida induvidial reaktiv quvvatni kompensatsiyalash texnik iqtisodiy samaradorlikka 
    ega. Sxemada boshqarish bloki chastota o‘zgartirgich chiqishidagi kuchlanish qiymatiga mos 
    kompensatsiya qurilmalari guruhni qo‘shish va ajratishni bajaradi[3]. 
    Chastota rostlagichlardan unumli foydalanish o‘zining quyidagi samaradorligini beradi:
    1.
    Barcha turdagi avariyalardan elektr qurilmalarini himoyalanganligi. Bu asinxron elektr 
    dvigatelni ishlash muddatini uzaytiradi. 
    2.
    Ta’minlanayotgan asinxron elektr dvigateli bilan bitta tarmoqdan ta’minlanayotgan elektr 
    qurilmalariga ishga tushirish toki ta’sirini umuman bartaraf etadi. 
    3.
    Asinxron elektr dvigatelni ishga tushirish toki (5-7 karrali puskovoy tok) isrofini 
    kamaytiradi. 
    4.
    Asinxron elektr dvigatelni istalgan tezlikda (0 dan nominal qiymatigacha) ishlatish 
    imkonini beradi. 
    5.
    5-40% iste’mol qilinadigan elektr energiya miqdorini kamaytiradi.
    6.
    Ishlash ishonchliligini oshiradi. 
    Bunday qurilmalarga magnitli ishga tushirgichlar kirib u quyidagi ishlar uchun mo’ljallangan: 
    1.
    Dvigatellarni ishga tushirish, reverslash, tezligini rostlash, tormozlash va tarmoqdan uzish 
    uchun; 
    2.
    Elektr energiya iste’molchilarini va elektr tarmoqlarni o’ta yuklanish, qisqa tutashuv 
    shikastlanishlaridan himoya qilish uchun; 
    Elektr yuritma va mexanizm ayrim elementlarini blokirovka qilish uchun[4]. 
    Turli konstruksiyalarining ishini taxlil qilgan xolda yigirishga yaroqli tolalarni samarali ajratib 
    beradigan qurilma uchun o’rnatilgan elektrodvigatelni avtomatik boshqarish hamda reaktiv 
    quvvatni kompensatsiyalash orqali tola ajratish qurilmasini foydali ish koeffitsentiga ta’siri 
    o’rganildi. Tola ajratish qurilmasining o’rnatilgan elektr dvigateli kondensator qurilmasi orqali 
    hamda chastota o’zgartirgichlar orqali qurilmaning ishlash vaqti ortirildi elektrodvigatel quvvatiga 
    nisbatan kamroq quvvat zarurati bo’lganda dvigateldan mos ravishda yuritmaga quvvat uzatildi. 
    Shuningdek qurilma yuklamasiz rejimda reaktiv quvvatning isrofini sezilarli ravishda kamaytirildi. 
    Shu o’rinda aytish joizki ushbu boshqaruv tizimini tola ajratish qurilmasi va boshqa qurilmalar uchun 
    foydalanish mumkin. 

    Download 15,56 Mb.
    1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   693




    Download 15,56 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Namangan Institute of Engineering and Technology nammti uz

    Download 15,56 Mb.
    Pdf ko'rish