4.http://www.simsci-esscor.com
5.http://www.bre.com
SANOAT ROBOTLARIDA ENERGIYA SARFINI OPTIMALLASHTIRISH VA QAYTA DASTURLASH
MUAMMOLARI
Namangan Institute of Engineering and Technology
nammti.uz
10.25.2023
Pg.388
D.T.Qodirov, Sh.Sh.Sharibboyev
Namangan muhandislik-texnologiya instituti
Annotatsiya: Ushbu maqolada sanoat robotlarida energiya sarfini 30% dan ortiq qisqartirish
usuli haqida fikr yuritladi. Energiya sarfini kamaytirish robotning individual harakatlarini sozlash va
bir nechta robotlarning muvofiqlashtirishni yaxshilash uchun aqlli optimallashtirish algoritmidan
foydalanish orqali mumkin bo'ladi.
Avtomatlashtirilgan ishlab chiqarish sanoatining barqarorligini oshirish uchun sanoat
robotlarida katta energiya sarfini kamaytirish kerak. Yangi boshqaruv tizimlari, robotning yengilligi,
o’zgarmas tokda ishlovchi robotlar yaratish va aqlli uyqu rejimi kabi turli yondashuvlar bugungi
kunda ahamiyatlidir. Biroq, butun dunyo bo'ylab 1,3 milliondan ortiq sanoat robotlari ishlayotgan
bo'lsa, Oldindan mavjud robotlar uchun yechim ham yaratish maqsadga muvofiqdir. Muammolar
energiyani optimallashtirilgan yechimni ishlab chiqish va uni mavjud robotlarga integratsiya
qilishdir.
Kalit so'zlar: Sanoat robotlari, energiya iste'moli, quvvat iste'moli, energiyani
optimallashtirish, harakat yo'lni rejalashtirish, amalga oshirish usuli.
Ishlab chiqarish sanoatida ko'p qo'l mehnatini talab qiluvchi takrorlanuvchan, aniqlik, tezlik va
samaradorligi tufayli sanoat robotlari bilan almashtirildi va bu jarayon hozir ham davom etmoqda.
Texnologiyaning rivojlanishi bilan sanoat samarali, moslashuvchan va rivojlangan ishlab chiqarish
liniyalarini yaratish uchun yanada avtomatlashtirilmoqda. Afsuski, sanoat robotlari juda ko'p
energiya talab qiladi va bu talabning mavjudligi zavod va fabrikalarning barqarorligiga salbiy ta'sir
qiladi. Shu bois katta e'tibor ishlab chiqarish tizimlari uchun energiya tejamkor robotlarni yaratishga
qaratilgan
Samarali va moslashuvchan, ammo barqaror ishlab chiqarish sanoatiga sanoat va akademik
dunyoning birgalikdagi sa'y-harakatlari orqali erishish mumkin. Bunday sa'y-harakatlardan biri
Evropaning AREUS tadqiqot loyihasidir (Yevropa barqaror ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va
robototexnika). Loyiha energiya samaradorligini oshirish va xarajatlarni kamaytirish bilan birga
sanoat robototexnikasi uchun barqaror yechimlarni ishlab chiqishga qaratilgan. Uni to'rtta asosiy
yo'nalishlarga bo'lish mumkin.
• WP1: Energiyani sarfini kamaytirishning inqilobiy texnologiyalari.
• WP2: Ekologik jihatdan samarali robotlar dizayni va simulyatsiya vositalari.
• WP3: Barqaror yo'nalish va ishlab chiqarishni optimallashtirish.
• 4-WP: Hayotiy tsikl barqarorligini baholash.
Muxtasar qilib aytganda, WP1ning asosiy maqsadi zavodlarda energiya almashinish, yig'ish,
saqlash va qayta tiklash uchun yangi ikki yo'nalishli elektr ta'minotini ishlab chiqishga qaratilgan.
WP2 ning maqsadi simulyatsiya, optimallashtirish va boshqaruv dizayni uchun ilg'or matematik
modellarni birlashtirish orqali robotlashtirilgan avtomatlashtirishni loyihalashda zavod va
fabrikalarning barqaror ishlashini hisobga oladigan vositalarni yaratishga qaratilgan. WP3 murakkab
ko'p robotli ishlab chiqarish tizimlarni optimallashtirish uchun turli vositalarni yaratishga qaratilgan
va WP4 avtomatlashtirilgan tizimlarining hayot davomiyligini baholashga e'tibor qaratadi.
Mavjud robotlarda energiyani optimallashtirish strategiyasini amalga oshirish va uning
texnologiyasi bilan integratsiya qilish mumkin bo'lgan strategiyasini ishlab chiqish va tadbiq qilish
juda qiyin vazifadir. Mavjud robotlarni konfiguratsiyasini o'zgartirmasdan energiya sarfini
optimallashtirishga imkon beruvchi strategiyani tezroq ishlab chiqish davr talabidir. Vaholanki,
batafsil robot modellari og'ir hisoblash amallarini bajarishni talab qiladi. Optimallashtirish
|