|
Namangan Institute of Engineering and Technology Pdf ko'rish
|
bet | 620/693 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 15,56 Mb. | | #228860 |
Bog'liq ТўпламNamangan Institute of Engineering and Technology
nammti.uz
10.25.2023
Pg.571
Interaktiv metodlar – bu jamoa bo‘lib fikrlashdan iborat deb yuritiladi, ya`ni pedagogik
ta`sir etish usullari bo‘lib, ta`lim mazmunining tarkibiy qismi hisoblanadi. Bu metodlarning o‘ziga
xosligi shundaki, ular faqat pedagog va talabalarning birgalikda faoliyat ko‘rsatishi orqali amalga
oshiriladi.
Bunday pedagogik hamkorlik jarayoni o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib, ularga quyidagilar
kiradi:
-
talabaning dars davomida befarq bo‘lmaslikka mustaqil fikrlash, ijod etish va izlanishga
majbur etishi;
-
talabalarni o‘quv jarayonida bilimga bo‘lgan qiziqishlarini doimiy ravishda bo‘lishini
ta`minlashi;
-
talabaning bilimga bo‘lgan qiziqishini mustaqil ravishda har bir masalaga ijodiy
yondoshgan holda kuchaytirishi;
-
pedagog va talabaning hamisha hamkorlikdagi faoliyatini tashkillanishi.
O‘qituvchi va talabaning maqsadi boyicha natijaga erishishida qanday texnologiyani
tanlashlari ular ixtiyorida, chunki har ikkala tomonning asosiy maqsadi aniq natijaga erishishga
qaratilgan, bunda talabalarning bilim saviyasi, guruh harakteri, sharoitga qarab ishlatilgan
texnologiya tanlanadi, masalan, natijaga erishish uchun balkim, kompyuter bilan ishlash lozimdir,
balkim film, tarqatma material, chizma va plakatlar, turli adabiyotlar, axborot texnologiyasi kerak
bo‘lar, bular o‘qituvchi va talabaga bog‘liq.
Hozirgi kunda talabalarni o‘qitishda quyidagi turdagi munozaralar tashkil qilish ancha
ommalashgan: forum, debat, simpozium, doiraviy stol, ochiq munozara va hokazo.
Ochiq munozara:
Maqsad : katta guruhlarda muammoni muhokama qilishni tashkil etish.
O‘tkazish tartibi:
Katta guruhlarda o‘tkaziladi (40 kishidan ortiq ishtirokchi)
1)
Muammoning munozarasi rahbar tomonidan shakllantiriladi
2)
Ishtirokchilar 6-8 kishilik mikroguruhlarga bo‘linishadi va auditoriyada doiraviy bo‘lib
joylashadilar
3)
Har bir guruh o‘ziga sardor tayinlaydi, sardor har bir ishtirokchi pozitsiyasini qo‘llab
quvvatlab turadi.
4)
15-20 daqiqa davomida guruhlarda muammoni yechimi ishlab chiqilib bitta xulosaga
kelinadi.
5)
Guruh sardorlari qolgan ishtirokchilar bilan maslahatlashish uchun tanaffus olish
imkoniyatiga ega.
6)
Muhokama qaror qabul qilingandan so‘ng yoki berilgan vaqt tugashi bilan yakunlanadi.
7)
Muhokama yakunlangach guruh sardori yakuniy qarorga kelish uchun tanqidiy tahlil
olib boradi
Eng muhimi guruhdagi barcha ishtirokchilar muammoning yechimidan manfaatdor bo‘lishi
kerak, shundagina auditoriyaning diqqat-e’tibori boshqa narsalarga chalg‘imaydi.
Eslatma: agar muhokama katta zalda o‘tkazilsa, guruhlar sahnaga chiqishlari mumkin.
Forum-muhokama. Buni o‘tkazish mexanizmi va maqsadi ochiq munazaranikiga o‘xshash
bo‘ladi, faqat munozara oxirida faqat guruh sardorlari bilan emas balki barcha ishtirokchilar o‘zaro
fikr almashadilar.
Simpozium - o‘ta rasmiy va maxsus reglamentlar asosidagi muhokama. Bunda har bir
ishtirokchi o‘zining nuqtai nazarini ifoda etish uchun so‘zga chiqadi.
|
| |