Namangan Institute of Engineering and Technology
nammti.uz
10.25.2023
Pg.570
alternative energy and ecology. 2017. № 07-09. pp. 112-120. doi: 10.15518/isjaee.2017.07-
09.112-120.
2.
G.Gulyamov, U.I.Erkaboev, P.J.Baymatov. Simulation of energy dependence
of the photon absorption on the magnetic field in semiconductors. International scientific journal
for alternative energy and ecology. 2016. № 19-20. pp. 130-138. doi: 10.15518/isjaee.2016.19-
20.130-138.
3.
M.L.Badgutdinov, A.É.Yunovich. Emission spectra of InGaN/AlGaN/GaN quantum well
heterostructures: Model of the two-dimensional joint density of states.
Semiconductors, 2008,
Vol. 42, No.4, pp.429–438.
TEXNIKA FANLARINI O’QITISHNI TASHKIL QILISHNING ZAMONAVIY USULLARI
B.G’Soliyev, A.G.Kaxarbayev
Farg‘ona politexnika instituti
Annotatsiya: Ushbu maqolada texnika fanlarini o‘qitishda kichik guruhlarga bo‘linib,
munozara tashkil qilishning zamonaviy usullari va shu bilan fanni o‘zlashtirishning samaradorligini
oshirish to‘g‘risida so‘z boradi.
Tayanch so‘zlar: debat, doiraviy stol, simpozium, akvarium, interaktiv metodlar tarqatma
material
Oliy ta’lim muassasalarining umumiy amaliyotida bir biridan farq qiluvchi, turli darajadagi,
tartibga solingan rasmiy muhokamalar bilan dars o‘tish keng tarqalgan. Hozirgi kunda amaliyotda
tashkil etish maqsadi, faoliyati va ishtirokchilar soniga ko‘ra turlicha bo‘lgan xilma- xil variantdagi
munozaralar tashkil qilinmoqda. Ushbu munozalarda ikki va undan ortiq ishtirokchi qatnashishi
mumkin. Eng yaxshi konstruktiv variant 6-8 ta ishtirokchi. Bunday miqdordagi ishtirokchilar bilan
tashkil qilingan munozarada har bir qatnashuvchida fikrini qolganlarga to‘liq yetkazish va ularning
fikrini tinglash uchun yetarli vaqt bo‘ladi. Lekin munozara o‘tkazishning zamonaviy texnikasi unda
20 va undan ortiq kishi ishtirok etish imkonini beradi. Guruhlarda
munozara tashkil qilishning
asosiy turlarini ko‘rib chiqamiz.
Ta`lim jarayonida interaktiv metodlar,
innovatsion texnologiyalar, pedagogik va axborot
texnologiyalarini o’quv jarayonida qo’llashga bo’lgan
qiziqish, e`tibor kundan-kunga kuchayib
bormoqda, bunday bo’lishining sabablaridan biri, shu vaqtgacha an`anaviy ta`limda o’quvchilarni
faqat tayyor bilimlarni egallashga o’rgatilgan bo’lsa,
zamonaviy texnologiyalarda esa, ularni
egallayotgan bilimlarni o’zlari
qidirib topishlariga, mustaqil o’rganib tahlil qilishlariga,
hatto
xulosalarni o’zlari keltirib chiqarishlariga o’rgatadi. Pedagog bu jarayonga shaxsning rivojlanishi,
shakllanishi, bilim olish va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi va shu bilan bir qatorda
boshqaruvchilik, yo’naltiruvchilik funktsiyasini bajaradi. Ta`lim jarayonida o’quvchi asosiy figuraga
aylanadi.
Shuning uchun o’quv yurtlari malakali kasb egalarini tayyorlashda zamonaviy o’qitish
metodlari - interaktiv metodlar, innovatsion texnologiyalarning o’rni va roli benihoya katta. Bunda
pedagogik texnologiya va
pedagogik mahoratiga oid bilim, tajriba va interaktiv metodlar
o’quvchilarni bilimli, etuk malakaga ega bo’lishlarini ta`minlaydi.