Namangan muhandislik-qurilish instituti rizaev bahodir shamsiddinovich, qosimov ilhom ma




Download 6,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/75
Sana04.02.2024
Hajmi6,24 Mb.
#151293
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   75
Bog'liq
63f5ba6711d31 Геология ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


27 
3.3-§. Magmatik tog‘ jinslari va ularning qurilish xossalari 
Yer bag‘ridan qaynoq moddalarning gaz, suyuq yoki qattiq holda 
yer ustiga ko‘tarilib chiqish jarayoni vulqon hodisalari deb ataladi. Yer 
ichidan chiqkan hamirsimon, suyuqlangan qumtuproqga to‘yingan qattiq 
mahsulotlar, hamda suv bug‘lari otilib chiqqan joylarda vulqon mahsuloti 
magma hosil bo‘ladi. Qizigan magma yer qobig‘idagi yoriqlar orqali 
yuqoriga ko‘tarilib borib, uning ichida qotib qoladi va intruziv (chuqurlik) 
jinslarini hosil qiladi (3.1- rasm).
Magmaning yer yuziga otilib chiqib qotib qolgan turlari effuziv 
(oqma) jinslar deb ataladi. Lekin yer po‘sti magmaning yer ustiga yaqin 
ko‘tarilishiga va yer yuziga otilib chiqishiga hamma vaqt ham imkon 
beravyermaydi. Magma, ko‘pincha yer po‘stining chuqur qismlarini 
suyultirib, yoki boshqacha aytganda, litosferaning chuqur qavatlari 
orasida qolib, batolitlar deb ataluvchi gigant massalar to‘plamini hosil 
qiladi (3.2-rasm). 
Batolitlar yaxshi kristallangan tog‘ jinslaridan iborat bo‘lib, odatda, 
katta chuqurliklarda yotadi. Ammo tog‘ jinslari yemirilib, ustlari ochilib 
qolganda yer yuzasiga chiqadi. Bu hol ko‘pincha, tog‘lik xududlarda ro‘y 
beradi. Magma ba’zan, yer ustiga yaqinlashib kelsa ham, lekin uning 
oxirgi qatlamlarini yorib chiqishga kuchi yetmaydi, ammo bu 
qatlamlarning yuqoriroq ko‘tarilishidan hosil bo‘lgan bo‘shliqni o‘z 
massasi bilan to‘latadi. Qatlamlar orasiga kirib qolgan bunday massa, 
odatda, yuqori qatlamlarni gumbaz shaklida yuqoriga ko‘taradi, gazda 
pishirilgan to‘rtqirrali non shaklli to‘plamlarni hosil qiladi. Magmaning 
yer ustiga chiqmasdan, balki yer qatlamlarini orasiga kirib, yuqoridagi 
shaklda qotgan xili lakkolit (3.3-rasm) deb ataladi. 


28 
Yer bag‘ridan ko‘tarilgan magma, ko‘pincha, tog‘ jinslaridagi 
darzlarni to‘ldiradi va magmatik tomirlar (shtoka) deb ataladigan 
plitasimon to‘plamlarni hosil qiladi. Agar parallel ustki to‘g‘ri chiziq 
tarzida qotsa, daykalar deb ataladi. 
Unday qilib, magma litosferaga kirib, ammo yer ustiga chiqa 
olmasdan, ma’lum chuqurliklarda batolitlar, lakkolitlar, shtoka, dayka 
hosil qilishi yoki yer ustiga otilib chiqib, lava oqimi holida to‘planishi 
mumkin. Intruziv jinslar yer bag‘rida turli chuqurliklarda bosim ostida 
asta-sekin bir tekisda sovishi hisobiga kristallari donador yoki yirik 
bo‘ladi. Ana shu sabablarga ko‘ra ham to‘la kristallanib ulgurgan bu 
jinslar zich, zalvorli, g‘ovakligi juda kichik bo‘ladi.
Effuziv 
tog‘ 
jinslari magmaning yer ustiga otilib chiqib tarkibida gaz, suv bug‘lari 
mavjudligi va tez sovishi oqibatida to‘la kristallanib ulgurmaydi va bu 
jinslar o‘ziga xos bo‘lgan kristalli, mayda kristalli, porfirli va amorfli 
(shishasimon) tuzilishga ega bo‘ladi. Vulqon katta kuch, shiddat bilan 
atmosferaga yorib chiqar ekan o‘zi bilan magmaning changlari (kullar, 
qumlar) shuningdek yirik sovib ulgurgan magma bo‘laklari-lapilla va 
vulqon bombalarini ilashtirib oladi. Sementlashib birikib qolgan bu tog‘ 
jinslari suv havzalari, yon bag‘irliklarda cho‘kindi matyeriallar bilan 
birikib vulqon tuflari va brekchiyalarini hosil qiladi. Magmatik tog‘ 
jinslarini mineralogik tarkibini ko‘zdan kechirilganda ularning 90% 
silikatlardan, dala shpatlaridan, kvarts, amfibolalar, piroksenlar, olivin, 
slyudalardan tuzilganligini ko‘ramiz. Tarkibidagi qumtuproq miqdoriga 
ko‘ra ular 4-guruhga bo‘linadi: Nordon, o‘rtacha nordon, asosli va ul’tra 
asoslidir. 
3.1-jadvalda eng ko‘p uchraydigan intruziv (chuqurlik) jinslari va 
effuziv jinslari keltirilgan. 
Nordon jinslarda asosiy jins tashkil etuvchi minerallardan; kaliyli 
dala shpatlari (60% ga yaqin) va kvarts (30-35%) sanaladi. Tarkibi 
bo‘yicha qumtuproq guruhlarga bo‘linishi amaliy ahamiyatga egadir. 
SiO
2
miqdori kamayib borgan sari, ya’ni granitlardan gabbroidlarga yoki 
porfirlardan diabazlarga o‘tish sifatiga qarab zichlik, mustahkamlik, 
zarbiy qovushqoqlik ortib boradi, jinslarning yerish harorati kamayadi, 
rangi esa qoramtir tus oladi. 


29 
Turli inshootlarni loyihalashda va qurishda magmatik tog‘ 
jinslaridan juda keng foydalaniladi. Ularning ustiga inshootlar qurishda, 
ularni muhandislik-geologik nuqtai nazardan baholashda esa bu 
jinslarning mineralogik tarkibi, strukturasini, teksturasini, darzlarning 
haraktyerini va nurashga uchraganligini hisobga olish zarur. Bulardan 
tashqari ularni fizik-mexanik hossalarini o‘rganish ham katta ahamiyatga 
egadir. 
3.1-jadval. Magmatik tog‘ jinslarining ular tarkibidagi SiO
2
miqdoriga qarab turi.
Tog‘ jinslarining tarkibi 
CHuqurlikdagi 
intruziv jinslari 
Magmatik tog‘ jinslari 
(chuqurlik 
dagilarning 
effuziv analogi) 



Kimyov
iy 
Mineralogik 
Qadimgi 
(o‘zgargan lari) 
Yosh 
(yangi) 
Kislota
viy 
SiO
2
6
5%
Kvarts, 
dala 
shpatlari, (ko‘proq 
ortoklaz, 
slyuda 
(kamroq 
boshqa 
qora mine ral lar 
Granit 
Kvartsli porfir 
Liparit 
O‘rta
SiO
2
=6
5-52% 
Dala shpati (ko‘p 
roq 
or 
toklaz), 
ozroq soxta mu 
go‘z biotit, o‘rta 
plagiok laz, avgit, 
biotit. 
Sienit, Diorit 
Ortoklazli 
porfir
Porfirit 
Traxit 
Andezit 
Asosiy 
SiO
2
=5
2-40% 
Asosiy 
plagioklazlar 
(ko‘proq labrador) 
avgit ba’zan olivin 
Gabbro 
Diabaz 
Bazal’t 
Ul’tra 
asosiy 
SiO
2
4
0% 
Avgit, olivin, rudali 
minerallar. Oli vin 
va rudali mineral 
lar 
Piroksenit 
Pyeridadit 
Dunit 




Granitlar va ularga yaqin turadigan oraliq jinslar (granitoidlar) 
kvarts, dala shpatlari slyuda ba’zan shox aldamchisi yoki avgitdan 
tuzilgan bo‘ladi. Jinsning rangi kul rangdan qizil tusgacha o‘zgarib, dala 


30 
shpatining rangiga qarab o‘zgaradi. Granit yuqori zichlik va 
mustahkamligiga ega bo‘lishiga qaramasdan u ancha mo‘rtdir, chunki 
uning cho‘zilishga bo‘lgan mustahkamlikka, siqilishga nisbatan 
mustahkamligiga qaraganda 40…60 marta kichikdir. Granitning suv 
shimuvchanligi 1% dan kichik, sovuqqa chidamliligi 200 tsikldan yuqori, 
bo‘lib kam yeyiluvchan, yuqori issiqlik o‘tkazuvchanlikka ega. 
Granitga ishlov berish oson. Granitlarni binolarning old qismlarini, 
gidrotexnik inshootlarini qoplash uchun, pollar uchun plitkalar, zinalar 
pog‘onalariga tyerish uchun, shuningdek betonga to‘ldirgich sifatida, tosh 
tyerishda ishlatiladi
Sienit granitdan farqli o‘laroq tarkibida kvarts bo‘lmaydi, asosan 
dala shpatlari va to‘q rangli minerallardan tashkil topgan (15% gacha). 
Tashqi ko‘rinishdan granitga o‘xshab ketadi. Unda o‘rta donali struktura 
mujassamlangan bo‘lib, rangi qoramtirroq. Xossalari granitga yaqin 
turadi, lekin turg‘unligi nurashga bo‘shroq va osongina ishlov berish 
mumkin. 
Diorit 34 qismi dala shpatlaridan iborat va 25% gacha to‘q rangli 
minerallardan tarkib topgan. Diorit mayda va o‘rta donali tuzilishga, kul 
rangli yashil va to‘q yashil rangli jinsdir. Qurilish xossalari jihatidan u 
granitlardan bo‘sh kelmaydi, yuqori zarbiy qovushqoqliqqa ega. 
Ko‘pincha dioritdan koshinlash maqsadida va yo‘l qurilishida ishlatiladi. 
Gabbro asosan dala shpati (50% gacha) va to‘q rangli 
minerallardan-avgit, shox aldamchisi, olivindan tashkil topgan. Gabbro 
yashirin kristalli bo‘lib, rangi och qoramtirdan qora ranggacha bo‘ladi. 
Ohak natriyli plagioklazlar labradordan tashkil topgan gabbro-
labrodorit deb ataladi. Gabbro donador ko‘rinishdagi buyum sifatida 
qoplama, yo‘lga tyerishda, betonga to‘ldirgich sifatida va boshqa 
maqsadlarda ishlatiladi. 
Porfirlar kimyoviy tarkibi bo‘yicha granitlarga yaqini (kvartsli 
porfir), sienitlarga yaqin turgani (kvartssiz porfir), dioritlarga yaqini-
porfirit deyilib, porfirli strukturalarga ega. Tuzilish bir jinsli 
bo‘lmaganligidan nurashga qarshi turg‘un emas, yeyilishga kam chidaydi. 
Boshqa xossalari jihatidan chuqurlik jinslariga yaqin turadi. 
Traxit oqib chiqqan tog‘ jinsi bo‘lib, tarkibi xuddi sienitga 
o‘xshaydi, lekin yer yuzasiga chiqib qotganligi sababli g‘ovakli tuzilishga 


31 
egadir. Traxitdan qurilishda devor matyeriali sifatida, shuningdek beton 
tayyorlashda chaqilgan tosh (sheben’) ko‘rinishida ishlatiladi. Traxitning 
boshqacha ko‘rinishi-beshtaunit deb atalib, kislotaga chidamli betonlarni 
tayyorlashda shag‘al ko‘rinishida ishlatiladi. 
Andezit dioritga o‘xshash bo‘lsada, undan porfirli ko‘rinish bilan 
farq qiladi. Zich tuzilishga ega bo‘lgan andezit toshidan kislotaga 
chidamli plita va kislotaga chidamli beton tayyorlash uchun tosh 
ko‘rinishida ishlatiladi. 
Diabaz mineral tarkibi bo‘yicha gabbrolarga o‘xshab ketadi. Rangi 
esa to‘q yashildan qora ranggacha bo‘ladi. Strukturasi turli yiriklikdagi 
donali, kristall, va ba’zan porfirli tuzilishga ega bo‘ladi. Diabazlarning, 
ayniqsa mayda donali diabazlar yuqori mustahkamlikka ega bo‘lib, 450 
MPa gacha yetib boradi. U yuqori zarbiy qovushqoqlikka ega, kam 
yeyiladi. Singanda muntazam shakllar bo‘yicha ajraladi. 
Diabazdan yo‘l qurilish ishlarida, masalan yo‘llarga yotqizish 
uchun, yo‘llar chetlariga tyeriladigan tosh ko‘rinishida, betonga
qo‘shiladigan chaqiq tosh ko‘rinishida va ba’zan esa qoplama matyerial 
sifatida ham ishlatish mumkin. 
Diabazdan quyma tosh ishlarida xom ashyo sifatida, kislotaga 
chidamli buyumlar tayyorlashda foydalanish mumkin. 
Bazal’t (diabazga o‘xshab, gabbro analogi) shishasimon yoki 
yashirin kristalli, ba’zan esa porfir tuzilishli, zich, og‘ir tog‘ jinsidir. 
Bazal’t kul rangdan toki qora ranggacha bo‘lib, yuqori 
mustahkamlikka ega (500 MPa). Bazal’tning porfir strukturali
bo‘lishligi, magmaning sovishi paytida hosil bo‘lgan yoriqlar va 
g‘ovaklar tufayli, bazal’tning mustahkamligi 100 MPa gacha kamayishi 
mumkin. Bazal’tlarning yuqori mustahkamligi va mo‘rtligi ularga ishlov 
berishni qiyinlashtiradi. 
Bazal’t ko‘prik ustunlari, poydevorlar, yo‘lkalar, katta ko‘chalar 
qurish uchun va tosh yo‘llarga yotqizish uchun ajoyib matyerial 
hisoblanadi. Bazal’tdan shuningdek betonga qo‘shiladigan chaqiqtosh 
sifatida, kislotaga chidamli matyerial ko‘rinishida, quyma tosh ishlarida, 
mineral paxta ishlab chiqarishda ishlatiladi. 


32 
Bazal’tning kamchiligi shundaki, u o‘tga chidamli emas, katta 
yo‘llarga yotqizilgan bazal’t toshlari, vaqt o‘tishi bilan juda silliq bo‘lib 
qoladi. 
Vulqon mahsulotlari bo‘lmish, kukunsimon (1 mm gacha) 
zarralarni-vulqon kullari, 5 mm kattalikkacha bo‘lganlarini esa, vulqon 
qumlari deyilib, 5 mm dan 30 mm gacha bo‘lganlari-pemzalar deb 
ataladi. Bu jinslar g‘ovak tuzilishga ega bo‘lib zichligi unchalik yuqori 
bo‘lmasdan, issiqlik o‘tkazuvchanligi kichik bo‘lib, siqilishga bo‘lgan 
mustahkamligi 2...3 MPa ni tashkil etadi. Pemza va pemza qumlarini 
yengil betonlarga to‘ldirgich sifatida, issiqdan va tovushdan himoya 
qiladigan matyeriallar ishlab chiqarishda va buyumlarni jilvirlash 
matyeriali sifatida ishlatiladi. Bu tog‘ jinslari amorf ko‘rinishidagi 
qumtuproq va vulqon shishasidan tuzilgani bois, ulardan mineral 
bog‘lovchi moddalar tarkibiga faol qo‘shimchalar sifatida qo‘shish 
mumkin.
Vulqon tuflari vulqon qumlarini tabiiy tsementlanishi, so‘ngra 
zichlanishi tufayli hosil bo‘ladi. Ko‘p zichlangan vulqon tuflariga trasslar 
kiradi.
Qaynab, qizib turgan suyuq lava tarkibiga anchagina miqdorda 
vulqon kullari va qumlari aralashib, tufalova deb ataluvchi jinsni tashkil 
etadi. Ko‘pchilik vulqon tuflari va tufli lavalar g‘ovakli tuzilishga ega, 
ularning mustahkamligi yuqori bo‘lmasdan, issiqlik o‘tkazuvchanligi 
kichik bo‘ladi. Rang-barang ko‘rinishdagi bu jinslarga jilo berish osondir. 
Qurilishda tuflar devorga qirqib tayyorlangan tekis tosh, xarsang tosh 
sifatida devorga qoplanadigan plitalar ko‘rinishida, maydalagichda 
yanchilib, siniqlari yengil betonga to‘ldirgich sifatida aralashtiriladi. 

Download 6,24 Mb.
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   75




Download 6,24 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Namangan muhandislik-qurilish instituti rizaev bahodir shamsiddinovich, qosimov ilhom ma

Download 6,24 Mb.
Pdf ko'rish