Rizaev B.SH., Qosimov I.M., Mamadaliyev A.T., 2020




Download 6,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/75
Sana04.02.2024
Hajmi6,24 Mb.
#151293
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   75
Bog'liq
63f5ba6711d31 Геология ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА

Rizaev B.SH., Qosimov I.M., Mamadaliyev A.T., 2020 



So‘z boshi 
 
Bozor munosabatlari sharoitida ijtimoiy hayotimizning barcha 
sohalarida, shu jumladan ma’naviyat, ma’rifat va ilm fanda ham juda 
katta o‘zgarishlar sodir bo‘lmoqda. 
Milliy istiqlol mafkurasi, o‘zining mazmun mohiyatiga ko‘ra, 
mamlakatimizning har bir fuqarosi ongiga xalqimizning dunyodagi hech 
bir xalqdan kam emasligini va kam bo‘lmasligi g‘oyasini singdirishga 
qaratilgandir. Mana shunday g‘oyalar bilan qurollangan yoshlarimiz 
mamlakat taqdirini hal qiladilar, uning buyuk kelajak sari qo‘yayotgan 
qadamini yanada tezlashtirishga o‘zlarining munosib hissalarini 
qo‘shadilar. 
Mamlakatimizda qabul qilingan «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» 
zamon talablariga to‘la javob beradigan va bozor munosabatlari 
sharoitida o‘z bilim va ko‘nikmalari bilan vatanimiz istiqboli yo‘lida 
samarali faoliyat ko‘rsata oladigan mutaxassislar tayyorlashni nazarda 
tutadi. Keyingi yillarda mamlakatimizda ta’lim sifati va mazmunini 
zamon talablari asosida yangilash maqsadida me’yoriy hujjatlarni 
takomillashtirishga oid muayyan ishlar amalga oshirildi. SHu maqsadda 
ta’lim samaradorligini oshirish va talabalarga o‘qiyotgan sohasi bo‘yicha 
yetarli darajada zamonaviy ma’lumotlar berish maqsadida yangi o‘quv 
adabiyotlari yaratildi va yaratilmoqda. 
Jumladan, ushbu « Geologiya, mineralogiya va petrografiya asoslari 
» nomli o‘quv qo‘llanmasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta 
maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan namunaviy dastur 
asosida « Qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini ishlab 
chiqarish » ta’lim yo‘nalishidagi talabalar uchun tayyorlangan. Ushbu 
o‘quv qo‘llanma talabalarga geologiya va petrografiyaning umumiy 
bo‘limlari, yerning geologik tuzilishi, shakli, issiqlik rejimi to‘g‘risidagi 
umumiy ma’lumotlar, minerallar, tog‘ jinslari, ularning qurilish xossalari 
haqida muayyan malaka va ko‘nikmalar hosil qiladi. Bulardan tashqari, 
o‘quv qo‘llanmada geoxronologik yilnoma, yerning ichki va tashqi 
kuchiga bog‘liq bo‘lgan geologik hodisalar, yer osti suvlari, tabiatda ro‘y 
beradigan geologik jarayonlar bayon etilgan. 
O‘quv qo‘llanmani sifatini yaxshilash yuzasidan bildirilgan barcha 
fikr-mulohazalarni mualliflar minnatdorchilik bilan qabul qiladilar. 




Download 6,24 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   75




Download 6,24 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Rizaev B.SH., Qosimov I.M., Mamadaliyev A.T., 2020

Download 6,24 Mb.
Pdf ko'rish