• Umumiy geologiya
  • Petrografiya
  • Namangan muhandislik-qurilish instituti rizaev bahodir shamsiddinovich, qosimov ilhom ma




    Download 6,24 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet3/75
    Sana04.02.2024
    Hajmi6,24 Mb.
    #151293
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   75
    Bog'liq
    63f5ba6711d31 Геология ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА

    K i r i sh 
    Mustaqillikka 
    erishib, 
    yuksalish 
    sari 
    olg‘a 
    intilayotgan
    mamlakatimizning ko‘pgina hududlarida bir-biridan chiroyli binolar, 
    sanoat korxonalari, muhandislik inshootlari qad rostlamoqda. 
    Mamlakatimiz iqtisodiyotini o‘stirishda chet el investitsiyalarini kirib 
    kelishi munosabati bilan ko‘plab binolar va sanoat inshootlari jahon 
    andozalariga javob bera oladigan darajada qurilmoqda. Tabiiyki, bino va 
    inshootlarning mustahkamligi va chidamliligi qurilish maydonining 
    geologik tuzilishiga ko‘p jihatdan bog‘liqdir.
    Geologiya-yunoncha so‘z bo‘lib, o‘zbek tilida geo-yer, logos-fan
    ma’nolarini berib, yerning qattiq qatlamlari haqidagi fandir. Geologlar-
    yerning qattiq qismi bo‘lgan litosferani tashkil etuvchi tog‘ jinslarini 
    o‘rganish bilan bir qatorda, undagi bo‘ladigan jarayonlarni tekshiradi. 
    Geologiyadan olgan bilimlarimizni xalq xo‘jaligining turli sohalarini 
    rivojlantirishga yo‘naltirilmoqda. Neft, gaz, ma’danlar va boshqa foydali 
    qazilmalarni qidirib topish va ularni qazib olish bilan bog‘liq ishlar 
    shular jumlasidandir. Geologiya fanining rivojlanib borishi natijasida 
    ko‘pgina turli ilmiy yo‘nalishlar ham mustaqil bo‘lib, ajralib chiqa 
    boshladi. Geologiya hozirgi taraqqiyot davrida quyidagi fanlar bilan uzviy 
    ravishda chambarchas bog‘langandir:
    Umumiy geologiya-yerdagi tashqi va ichki jarayonlarning sodir 
    bo‘lish, rivojlanish va so‘nish qonuniyatlarini o‘rganadi.
    Mineralogiya-yerdagi hosil bo‘ladigan kimyoviy birikmalar- 
    minerallar haqidagi fan bo‘lib, ularning hosil bo‘lish tarkibi va qurilish 
    xossalarini o‘rganadi. 
    Petrografiya-tog‘ jinslari, tarkibi, kelib chiqishi, yotish sharoiti va 
    tarqalish qonuniyatini o‘rganuvchi fandir. 
    Tarixiy geologiya-yerning uzoq o‘tmish tarixini va yer qobig‘ining 
    rivojlanish qonuniyatlarini o‘rganuvchi fan bo‘lib, u o‘ziga stratigrafiya 
    va paleogeografiya ilmlarini birlashtiradi.

    Download 6,24 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   75




    Download 6,24 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Namangan muhandislik-qurilish instituti rizaev bahodir shamsiddinovich, qosimov ilhom ma

    Download 6,24 Mb.
    Pdf ko'rish