• Paleontologiya
  • Geomorfologiya
  • Muhandislik geologiyasi
  • Namangan muhandislik-qurilish instituti rizaev bahodir shamsiddinovich, qosimov ilhom ma




    Download 6,24 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet4/75
    Sana04.02.2024
    Hajmi6,24 Mb.
    #151293
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   75
    Bog'liq
    63f5ba6711d31 Геология ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА

    Kristallografiya-moddalarning kristallik holati va kristallik 
    panjarasini o‘rganuvchi fandir. Ushbu fan moddalarning kristallik 
    tuzilishini o‘rganish, qurilish matyeriallarining texnologiyasini bilish 
    uchun juda zarurdir.



    Paleontologiya-o‘tmishda yashagan va tog‘ qatlamlari orasida 
    qolib, toshga aylangan o‘simlik (Flora) va hayvon (Fauna) qoldiqlarini 
    o‘rganadigan fandir. 
    Geofizika-yer qatlamlaridagi jinslarning fizikaviy xususiyatlarini 
    o‘rganadigan fan. Ushbu fan bilimlari asosida zamonaviy elektrometriya, 
    seysmometriya usullarini qo‘llagan holda qurilish maydonidagi tog‘ 
    jinslarining tok o‘tkazish qarshiliklarining o‘zgarishi, to‘lqinlarning 
    tarqalish tezligi, magnitlanish xususiyatlari, radioaktivligi, zichlik 
    xossalari aniqlanadi.
    Tektonika-tog‘ jinslarining yotish shaklini, ya’ni nishablik bilan 
    yoki uzilmali, burmali hollarini o‘rganadi. Qurilish ishlari olib 
    boriladigan, zilzilali hududlarda tektonik sharoitni hisobga olish muhim 
    bo‘lib, bino yoki inshootlar qismlari zilzila oqibatida tektonik yoriqlar 
    bo‘yicha, bir - biriga nisbatan siljishi tufayli shikastlanishi yoki vayron 
    bo‘lishi mumkin.
    Geomorfologiya-yerni sathiy shakllari, tog‘liklarni hosil bo‘lish 
    davrlari va yo‘llarini o‘rgatadigan fan.
    Gidrogeologiya-yer ostida to‘planadigan suvlar haqidagi fan bo‘lib, 
    ularning hosil bo‘lishini, harakatlanish qonuniyatini, tarkibini, qidirib 
    topish usullarini o‘rganadi. 
    Muhandislik geologiyasi-fanining vazifasi qurilish maydonining 
    geologik sharoitini hisobga olib, inshootning chidamligi va 
    mustahkamligini ta’minlashdir. Muhandislik geologiyasi fani quyidagi 
    bo‘limlarni o‘z ichiga oladi: Gruntshunoslik-gruntlarning tarkibi va 
    xossalarini o‘rganadi; gruntlar mexanikasi–gruntlarning turlari, tarkibi, 
    xossalari, mustahkamlik, shakl o‘zgarish ko‘rsatkichlarini o‘rganadi; 
    geologik jarayonlarni o‘rganuvchi maxsus muhandislik geologiyasi, 
    muhandislik gidrogeologiyasi; muhandislik gidrodinamikasi - tabiiy 
    geodinamik jarayonlar (surilishlar, jarliklar, sellar, Eroziya, muzli 
    gruntlarni o‘rganish) shuningdek, kishilarning ish faoliyatlari asosida 
    qurilishda hosil bo‘ladigan jarayonlarni o‘rganadi.
    Muhandislik geologiyasi rivojlanishi XIX asr oxirida boshlanib, bu 
    vaqtda ko‘plab yirik muhandislik inshootlari qurilishi boshlangan edi. XX 
    asrning 20-30 yillariga kelib, muhandislik geologiyasi maxsus ilmiy 
    yo‘nalish bo‘lib shakllandi. Muhandislik geologiyasi fanining 



    rivojlanishida sobiq Ittifoq respublikalarida va respublikamiz hududlarida 
    murakkab tabiiy sharoitda bunyod etilgan ko‘pgina muhandislik 
    inshootlari va metropolitenlarining qurilishi asos bo‘lib xizmat qildi.
    O‘quv qo‘llanmada bo‘lajak quruvchilar bilishlari zarur bo‘lgan 
    turli geologik jarayonlarga muhim e’tibor byerilgan. CHunki, keyingi 
    paytlarda ayrim hududlarda (shaharlarda, suv omborlari va 
    qazilmagoxlarda) geologik jarayonlar juda ham faollashib bormoqda. Yer 
    osti suvlarining sathi ko‘tarilgan hududlar ko‘paymoqda, qirg‘oqlarda 
    surilishlar, o‘pirilishlar ro‘y byermoqda. O‘quv qo‘llanmada shuningdek, 
    yer osti suvlari faoliyatiga ham alohida ahamiyat byerilgan. 
    Qurilish yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olayotgan bakalavrlar bino va 
    inshootlar quriladigan maydonlarning geologik-litologik tuzilishini, 
    gruntlarning turlarini, tarkibi, fizik-mexanik xususiyatlarini bilishi bilan 
    bir qatorda, yer osti suvlari, ularning paydo bo‘lishi, harakat 
    qonuniyatlarini va ular bilan bog‘liq bo‘lgan geologik jarayonlar va 
    hodisa turlarini bilishi kerak. Bo‘lajak quruvchi-mutaxassis qurilish 
    maydonining geologik shart-sharoitlarini quriladigan inshootning 
    mustahkamligi va chidamliligiga ta’sirini tahlil qila olishi zarur.




    Download 6,24 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   75




    Download 6,24 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Namangan muhandislik-qurilish instituti rizaev bahodir shamsiddinovich, qosimov ilhom ma

    Download 6,24 Mb.
    Pdf ko'rish