• 2.2-§. Minerallarning kristall tuzilishi
  • Namangan muhandislik-qurilish instituti rizaev bahodir shamsiddinovich, qosimov ilhom ma




    Download 6,24 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet8/75
    Sana04.02.2024
    Hajmi6,24 Mb.
    #151293
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   75
    Bog'liq
    63f5ba6711d31 Геология ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА

     
     
     


    14 
    2-BOB. MINERALLAR 
     
    Tayanch so`z va iboralar: mineral, kvarts, dala shpati, slyuda, 
    kal’tsit, mineralogiya, kristallarining geometrik shakli, minerallarning 
    asosiy fizik xossalari, minerallarning qattiqligi, minerallarning zichligi, 
    minerallarning birikkanligi, minerallarning sinishi, minerallarning 
    yaltiroqligi. 
     
    2.1-§. Minerallar haqida umumiy tushuncha 
    Yer qobig‘ida, gidrosferada, atmosferada bo‘lib turadigan xilma-xil 
    fizik-kimyoviy jarayonlar tufayli vujudga kelgan tabiiy kimyoviy 
    birikmalar yoki sof elementlar minerallar deb ataladi. Minerallar tabiatda 
    qattiq, suyuq va gaz holatda uchraydi. Hozirgi davrga kelib tabiatda 
    minerallarning 3000 dan ko‘proq turi mavjud. Lekin tabiatdagi tog‘ 
    jinslari tarkibida hamma minerallar ham uchrayvyermaydi. Tog‘ jinslari 
    tarkibiga kiruvchi minerallarni jins tashkil etuvchi minerallar deb ataladi. 
    Tabiatda ko‘pchilik minerallar litosferada tarqalgan qattiq tog‘ jinslarini 
    tashkil qiladi. Kvarts, dala shpati, slyuda, kal’tsit, shular jumlasidandir. 
    Suv, neft va tabiatda juda ko‘p uchraydigan sof simob kabi tabiiy suyuq 
    moddalar ham minerallar qatoriga kiradi. Nihoyat vulqon sodir 
    bo‘ladigan xududlarda yerning yoriqlaridan chiqadigan tabiiy gazlar, 
    masalan, karbonat angidrid, sul’fat angidrid va boshqalarni ham mineral 
    deb atash mumkin. 
    Tog‘ jinsi hosil qiluvchi minerallarni paydo bo‘lishi, belgilarini, 
    tarkib va xossalarini bilmasdan turib, tog‘ jinslarini o‘rganib bo‘lmaydi. 
    2.2-§. Minerallarning kristall tuzilishi 
    Minerallarni o‘rganish bilan mineralogiya fani shug‘ullanadi, 
    kristall va kristalli birikmalarni-kristallografiya fani asosida o‘rganilib, 
    kristallarning simmetriyasi, shakli va tuzilishi geometriyasi bilan 
    shug‘ullanadi. Qattiq minerallar tabiatda kristall moddalar ko‘rinishida, 
    nomuntazam, donador, ko‘p yoqli shakllarda, yohud yaxlit ko‘rinishda 
    uchraydi. Kamdan - kam hollarda esa minerallar amorf holida uchrab, 
    shaklsiz massalarni hosil qiladi. Kristall ko‘rinishdagi moddalarning 
    (minerallarning) asosiy xususiyati, ular tarkibidagi atom va ionlarning 


    15 
    qat’iy guruhlar bo‘yicha fazoda joylashib, kristall to‘rlarni hosil qiladi. 
    Geometrik kristall to‘r, bir-biri bilan zich bog‘langan ko‘p yoqlilar 
    (kublar, oktaedrlar, parallelopipedlar, romblar) dan iborat bo‘lib, ularning 
    uchlari, markazlari yoki tomonlarining o‘rta qismida aniq masofada 
    atomlar (ionlar) joylashgan bo‘ladi. Kristall to‘rining tuzilishidan 
    minerallar kristallarining geometrik shakli kelib chiqadi. Masalan: osh 
    tuzi (galit)-kub shaklida, tog‘ xrustali-prizma shaklida (2.1-rasm).
    Kristallarda yoqlari, qirralari va uchlari bo‘ladi (2.2-rasm). 
    A *Na * Cl B 

    2.1 – rasm. Ayrim minerallarning kristall turlari. A – osh tuzi, B – olmos, D - 
    grafit
    Kristallarda o’qlari, qirralari va uchlari
    soni hamma kristallarda turlicha bo‘ladi. 
    Kristallarda simmetriya o‘qlari bo‘lib, uni 
    o‘q bo‘yicha aylantirilganda, qirralarini bir-
    biriga mos tushishidir.
    Masalan, 6 qirrali muntazam prizmani 
    o‘z o‘qi atrofida 60
    0
    ga aylantirilsa uning 
    qirralari, o’qlari va uchlari dastlabki
    holatiga mos tushadi. Demak, bu kristall simmetrik tuzilgandir. 
    Simmetriya 
    tekisligi 
    esa 
    kristallarning teng ikkiga bo‘luvchi 
    xayoliy tekislik bilan ifodalanib, R-
    harfi bilan belgilanadi va nihoyat 
    simmetriya markazi bo‘lib, kristall 
    ichidagi nuqta bilan belgilanib, -
    to‘rning 
    cheklangan 
    elementlari 
    (parallel qirralar, uchlar) dan baravar 


    16 
    uzoqlikda joylashgan bo‘ladi (2.3 -rasm).
    O‘q tekisliklari va simmetriya markazlari simmetriya elementi deb 
    ataladi. Kristallarda simmetriyaning 32 xil ko‘rinishi bo‘lib, 7 guruhga 
    yoki kristallografik singoniyalarga ajraladi. Ular triklinik, monoklinik, 
    rombik, trigonal, tetrogonal, gegsogonal, kub singoniyalardir. Ular 
    murakkablik jihatidan quyi, o‘rta va yuqori singoniyalarga bo‘linadi. Bu 
    singoniyalarga kiruvchi minerallar kristallarida yoqlar, tekislik, markaz 
    va o‘qlar soni ifodalangan va bir mineral ikkinchisidan shu bilan farq 
    qiladi. 

    Download 6,24 Mb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   75




    Download 6,24 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Namangan muhandislik-qurilish instituti rizaev bahodir shamsiddinovich, qosimov ilhom ma

    Download 6,24 Mb.
    Pdf ko'rish