• 1.1-§. Yerning kelib chiqishi, yer sharining shakli
  • -BOB. YER HAQIDA UMUMIY MA’LUMOTLAR




    Download 6,24 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet5/75
    Sana04.02.2024
    Hajmi6,24 Mb.
    #151293
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   75
    Bog'liq
    63f5ba6711d31 Геология ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА

    1-BOB. YER HAQIDA UMUMIY MA’LUMOTLAR 
     
    Tayanch so`z va iboralar: yer, quyosh sistemasi, yerning ellipsoid 
    aylanasi, ellipsoid shakl, yer sharining tuzilishi, atmosfera, troposfera, 
    stratosfera, ionosfera, gidrosfera, mantiya, yerning issiqlik rejimi, 
    geotyermik gradient, geotyermik bosqich. 
    1.1-§. Yerning kelib chiqishi, yer sharining shakli 
    Yer Quyosh sistemasidagi planetadir. Quyosh sistemasi markazida-
    sekin aylanayotgan yulduz-quyosh joylashgan bo‘lib, uning atmosferasi 
    harorati 5700K, markazida esa – 5.10
    6
    K ga yaqin. Quyosh atrofida 9 ta 
    planeta aylanib turadi va ularni 2 guruhga ajratish mumkin: ichki 
    planetalar-Myerkuriy, Venera, Yer va Marsdir. Tashqi planetalar-
    Yupityer, Saturn, Uran, Neptun, Plutondir. 
    Quyosh sistemasiga ko‘p sonli kometalar kiradi va ular Quyosh 
    sistemasining chekkalarida tarqalgan bo‘ladi. 
    Quyosh sistemasi va yerning kelib chiqish muammosi tabiatni bilish 
    sohasidagi muhim sanalib, yerda inson va hayotni paydo bo‘lishi 
    muammolari bilan bir xildir. Qadim zamonlarda yerni paydo bo‘lishi 
    haqida diniy tushunchalargina mavjud edi. XVIII asrning ikkinchi 
    yarmida planetalar sistemasining vujudga kelishi haqida dastlabki 
    moddiyun gipotezalar paydo bo‘ldi. Bu gipotezalar yerni suyuq-qizigan 
    tumandan hosil bo‘lganligini tushuntirib, uning asta-sekin sovishi 
    natijasida yuqori qavati asta qotib, qattiq qismga aylanib uning ostki 
    qismida suyuq- qizigan massa bo‘lishi mumkin deb tushuntiradi. XX 
    asrdagi kosmik, geologik, geofizikaviy va boshqa fundamental fanlarni 
    yangiliklari bu gipotezani to‘g‘ri emasligini isbotladi. Xozirgi davrdagi 
    kosmosni ilmiy tadqiq qilish tufayli faqatgina yer haqida emas, balki 
    Quyosh sistemasidagi boshqa planetalar haqida ham yetarli ma’lumotga 
    ega bo‘lindi. Yer shakli murakkab, nomuntazamdir. Eramizdan 530 yil 
    avval Pifagor yerni shar shaklida degan edi. Lekin, shunga qaramasdan, 
    Yerning sharsimonligi fanda Magellan sayohati (1519-1523 yillar) dan 
    keyingina tasdiqlandi. XVII asrning oxirida I.N’yuton va X.Gyuygenslar 
    fikricha yer aylanishda markazdan qochma kuch ta’sirida qutb o‘klari, 



    ekvator o‘klariga nisbatan qisqa bo‘lib, shakli ellipsoidga yaqin deb 
    topdilar. 
    Tekshirishlar shuni ko‘rsatdiki, ekvator radiusi qutb radiusiga 
    qaraganda 21,38 km ga katta bo‘lib, yerning shar shakli qutblarda 
    o‘zgargan bo‘lib, ellipsoid shakliga yaqindir. 
    Yerning ellipsoid aylanasi bo‘yicha o‘lchami: 
    Katta yarim o‘q (ekvator radiusi)-6378,24 km 
    Kichik yarim o‘q (qutb radiusi)-6356,86 km 
    O‘rtacha radius (teng hajmli shar)-6371,1 km 
    Yer yuzasi maydoni-5,1 10
    8
    km
    2

    Hajmi-1,08310
    12
    km
    3

    Massasi-610
    24
    kg; 
    Oxirgi yillarda olingan ma’lumotlar shuni ko‘rsatadiki, yerning 
    yuzasi ma’lum bo‘lgan geometrik shakllarning birortasiga ham to‘g‘ri 
    kelmaydi, u o‘ziga xos shaklga ega. Quruqliklarning ko‘tarilganligi, 
    dengiz va okeanlarning cho‘kkanligi, yer yuzasining o‘ziga xos geoid-
    shakliga shartli mos deb olindi. 

    Download 6,24 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   75




    Download 6,24 Mb.
    Pdf ko'rish