• Yaltiroqligi
  • 2.4-§. Tog‘ jinslarini hosil qiluvchi asosiy minerallar
  • Namangan muhandislik-qurilish instituti rizaev bahodir shamsiddinovich, qosimov ilhom ma




    Download 6,24 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet10/75
    Sana04.02.2024
    Hajmi6,24 Mb.
    #151293
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   75
    Bog'liq
    63f5ba6711d31 Геология ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА

    Birikkanlik 
    – 
    Birikkanlik 
    xossasi-
    minerallarning qo‘shilishi joyidan tekis parallel 
    yuza bo‘lib ajralishidir (2.4-rasm). 
    Bu xossasi jihatidan minerallar: o‘ta 
    mukammal, 
    mukammal 
    va 
    nomukammal 
    birikishi mumkin.
    Sinish – Mineral yorilganda, sindirilganda 
    hosil bo‘lgan yuzaning shakli (tekis yoki 
    notekisligi) mineralning sinish xossasi deb 
    ataladi. Sinishning, g‘adur-budur ko‘rinishi-kvarts, opal va boshqa 
    minerallarda ko‘zga tashlanib, chig‘anoqning ichki yuzasini eslatadi. 
    CHo‘kirtak sinishda-mineralning singan yuzasidan-tikan chiziqli yo‘llar 
    hosil bo‘ladi (asbest, kremniy, minerallari). CHangli sinish-singan yuzada 
    mayda chang zarralari yopishib qolganga o‘xshaydi. 


    18 
    Yaltiroqligi – Minerallar sirtiga tushgan yorug‘likni ma’lum 
    darajada qaytaradi va ularning ko‘rinishi, shunga ko‘ra, sirtlari xira, 
    boshqalariniki esa yaltirab turadi. Minerallar yaltiroqligi bo‘yicha 
    quyidagi ko‘rinishlarga ega:
    Metallsimon, shishasimon, sadafsimon, yog‘li va och kul rangli.
    Rangi – Tabiatdagi minerallarning rangi turli xil ko‘rinishda 
    uchraydi. Masalan, misning hamma suvli birikmalari yashil yoki ko‘k 
    rangda bo‘ladi (malaxit, azurit). Minerallarning rangi ba’zan ikki xil 
    rangni qo‘shilishidan hosil bo‘lgan rangda ham tovlanishi mumkin. 
    Ularning rangiga tarkibida qo‘shilgan begona aralashma ham ta’sir 
    ko‘rsatishi mumkin. Bularga Fe, Ni, Ti, Ca, Cu va boshqalar bo‘lib, oz 
    miqdorda bo‘lsa ham, mineral rangini o‘zgartirishi mumkin.
    2.4-§. Tog‘ jinslarini hosil qiluvchi asosiy minerallar 
    Ko‘pchilik minerallar tarkibida asosan kislorod, qumtuproq, 
    alyuminiy, temir, kal’tsiy va boshqa kimyoviy elementlar uchraydi. 
    Minerallarni kimyoviy tarkibi bo‘yicha quyidagi guruhlarga bo‘linishi 
    mumkin; 
    1. Oksidlar-eng ko‘p tarqalgani-kvartsdir (SiO
    2
    ). Kvartsdan 
    tashqari-gematit 
    (yashirin 
    kristallangani-qizil 
    temirtosh, 
    yaxshi 
    kristallangan ko‘rinishi-temir yaltirog‘i) Fe
    2
    O
    3
    , magnetit Fe
    2
    O
    4
    , korund 
    (qizil ranglisi-yoqut, mayda donador qora ranglisi jilvir) Al
    2
    O
    3

    2. Silikatlar-yer qobig‘ida eng ko‘p tarqalgan minerallar bo‘lib 
    (85%), ular magmalarning oqib chiqish natijasida hosil bo‘ladi. Bu 
    minerallar guruhining aksariyati-panjarasimon kristallidir. Silikatlardan 
    umumiy tuzilish va tarkibiga ega bo‘lgan dala shpatlari, piroksenlar, 
    amfibolalar, slyudalar, shuningdek olivin, tal’k, xloritlar, gilli 
    minerallarni ko‘rsatish mumkin. 
    Karbonatlar-bu guruh minerallariga uncha yuqori bo‘lmagan 
    mustahkamlik, kichik zichlik, nometall yaltiroqlik (kal’tsit, dolomit) 
    xususiyati xosdir. Tabiatda ko‘p uchraydiganlaridan; kal’tsit (ohak shpati, 
    tiniqlari-island shpati) CaCO
    3
    , dolomit CaMg(CO
    3
    )
    2
    va sidyeritdir (temir 
    shpati) FeCO
    3
    .
    Sul’fatlar-sul’fat kislota tuzlari birikmasi ko‘rinishidadir. Ular suvli 
    va suvsiz bo‘lishi mumkin. Suvsiz sul’fatlarga, barit BaSO
    4
    (og‘ir shpat), 


    19 
    angidrit CaSO
    4
    (gips uchun xom ashyo) kiradi. Suvlilarga-gipstosh CaSO
    4
    2H
    2
    O, mirabilit Na
    2
    SO
    4
    10 H
    2
    O, alunit Kal
    3
    OH
    6
    (SO
    4
    )
    2
     larni kiritish 
    mumkin.
    Galoidlar-galoidvodorod kislotaning tuzlaridir (HCl, HF, HBr). 
    Eng ko‘p tarqalgan galoid minerallaridan xlorid kislota birikmalari 
    bo‘lgan-osh tuzi (NaCl) va sil’vindir (KCl). Yuqorida nomlari qayd 
    etilgan minerallar yumshoq, katta zichlikka ega emas, ko‘pincha oq rang 
    ko‘rinishida, lekin begona aralashmalar ta’siri tufayli rangi o‘zgarishi 
    mumkin, suvda oson yeruvchan bo‘ladi. 
    Fosfatlar-fosfat kislotaning tuzlaridir. Eng ko‘p tarqalgan apatit va 
    uning gilli va qumli aralashmasi- fosforitdir. Guruh minerallari ko‘p 
    tarqalgan emas, ular turfa rangda bo‘lib, qattiq sanaladi. 
    Sul’fidlar-yer qobig‘ida rudali minerallar, sul’fidlar, oksidlar va 
    gidrooksidlar ko‘p uchraydi.
    Maxsus guruhni, sof holda tabiatda uchraydigan yerkin atomdan 
    tashkil etilgan kristalli metallar va nometallar-sof mis, oltingugurt, oltin, 
    qumush, platina, olmos, grafitlar tashkil etadi. 
    Muhandislik geologiyasida gilli minerallarga alohida o‘rin 
    byerilgan. Ularga suvli silikatlar va alyumosilikatlar kiradi. Gilli 
    minerallar soni 40 ta gacha yetib boradi. Jins tashkil etuvchilarga kaolinit, 
    montmorillonit, poligorokit, suvli slyudalar va boshqalar kiradi. Gilli 
    minerallar zarralari kristall yoki amorf ko‘rinishida bo‘lishi mumkin. Bu 
    minerallarni suvda qorilganda plastiklik holiga o‘tadi, quritilganda 
    suvsizlanadi, kuydirilganda esa toshga aylanib qotadi. 

    Download 6,24 Mb.
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   75




    Download 6,24 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Namangan muhandislik-qurilish instituti rizaev bahodir shamsiddinovich, qosimov ilhom ma

    Download 6,24 Mb.
    Pdf ko'rish