26
tashlanib turadi. SHuningdek, aralash strukturali: masalan, porfirli-
yashirin kristalli massali alohida minerallarning joylashuvini
haraktyerlovchi, organogenli parchali (nokristal), jinslarning parchalari,
organik qoldiqlar va boshqalardan tuzilganligi bilan haraktyerlanadi.
Kristallarning o‘lchamiga ko‘ra: yirik donador struktura-
kristallarning diametri 5 mm dan katta, o‘rta donador struktura 5-1 mm,
mayda donador struktura 1 mm dan kichik va turli donali strukturalar
bo‘ladi. Donalar o‘zaro joylashuvi bo‘yicha bir jinsli donador, tartibsiz
yoki tartibli joylashgan donalarga bo‘linadi.
Tekstura yirik hajmdagi tog‘ jinsining tuzilishini, yotish
xususiyatini, jins tashkil etgan minerallarning o‘zaro joylashuvini
ko‘rsatadi. Tog‘ jinslarining yotish shakli bo‘yicha zich (massivli) va
g‘ovakli strukturalarga bo‘linadi.
Massivli (zalvorli) tekstura-turli sharoitda hosil bo‘lgan kristalli
jinslar uchun, g‘ovakli tekstura-nokristal cho‘kindi jinslar va ba’zi bir
effuziv (oqma) jinslar uchun haraktyerlidir. Minerallarning fazoviy
joylashishiga qarab bir jinsli va bir jinsli bo‘lmagan tekstura bo‘ladi.
Bir jinsli tekstura-strukturaning, tarkibning va rangning butun jins
bo‘yicha bir xil bo‘lishligidir. Bir jinsli bo‘lmagan teksturada esa-bu
ko‘rsatgichlar turli xil ko‘rinishda bo‘ladi.
Gneysli tekstura ma’lum yo‘nalishda bir-biriga parallel bo‘lgan har
hil rangli yo‘l yo‘l ko‘rinishda bo‘lsa, flyuidal teksturada minerallarning
yeritma yoki toshqinlar izi tomon cho‘zilgan shaklda va shuningdek
rangli minerallari xol xol bo‘lib, bir tekis joylashmagan taksit teksturalar
bo‘lishi mumkin.