• 5.1-§. Tektonika. Yerning tuzilishida tektonik hodisalarning o‘rni
  • -BOB. YERNING ICHKI KUCHIGA BOG‘LIQ BO‘LGAN




    Download 6,24 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet23/75
    Sana04.02.2024
    Hajmi6,24 Mb.
    #151293
    1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   75
    Bog'liq
    63f5ba6711d31 Геология ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА

    5-BOB. YERNING ICHKI KUCHIGA BOG‘LIQ BO‘LGAN 
    GEOLOGIK HODISALAR 
    Tayanch so`z va iboralar: geologik hodisalar, endogen jarayonlar, 
    ekzogen jarayonlar, tektonik hodisalar, geosinklinallar, platformalar, 
    tebranma harakat, epeyrogenez, antiklinal bukilmalar, gorst, graben, 
    seysmik hodisalar, zilzila. 
    Yerning ustki qavati (litosfera) uzluksiz ravishda doimo harakat 
    qilib, tebranib va o‘zining geomorfologik qiyofasini o‘zgartirib turadi. 
    O‘zgarishlarni hosil bo‘lishiga sabab bo‘lgan jarayonlar yerning ichki 
    kuchiga bog‘liq bo‘lib, ular endogen jarayonlar deb ataladi. Endogen 
    kuchlar ta’sirida-yer qobig‘ining tuzilishi xarakati, tebranishi, ko‘tarilishi 
    va pasayishi singari tektonik hodisalar yuz beradi. 
    Yer yuzida sodir bo‘ladigan tashqi kuchlar ta’sirida yer yuzasi 
    o‘zgaradi va bu kuchlarni ekzogen kuchlar deb ataladi. Endogen va 
    ekzogen kuchlarni birgalikdagi ta’sirida, Yerning hozirgi qiyofasi-ya’ni 
    quruqliklar, tog‘lar, tekisliklar va okeanlar ko‘p yillar davomida vujudga 
    kelgan. 
    5.1-§. Tektonika. Yerning tuzilishida tektonik
    hodisalarning o‘rni 
    Yerning ichki (endogen) kuchi ta’sirida yer qobig‘ida harakatlar 
    ro‘y beradi va buni tektonik harakat deb ataladi. Tektonik harakatlar 
    tufayli yer qobig‘i massasini ko‘chishi kuzatilib, oqibatda yerning ayrim 
    qismlari ko‘tarilishi, pasayishi va ezilishi mumkin. Tektonik harakatlarni 
    va ular bilan bog‘liq bo‘lgan yer qobig‘ini deformatsiyasini o‘rganuvchi 
    geologiya bo‘limi-tektonika yoki geotektonika deb ataladi. Zamonaviy 
    rel’efning asosiy negizlarini hosil etgan yangi tektonik jarayonlarni 
    o‘rganuvchi geotektonika bo‘limi-neotektonika deb ataladi. Ko‘pchilik 
    tadqiqotchilar fikricha neotektonik jarayonlari hosil bo‘lishi sabablari 
    to‘la o‘rganilmagan. Taxminlarga ko‘ra-tektonik harakatlarga ichki 
    issiqlik to‘plamidan hosil bo‘ladigan zo‘riqishlar sabab bo‘lishi 
    mumkin.Yer qobig‘idagi deformatsiyalar va tektonik harakatlarga dengiz 
    sathidan 7-8,9 km ko‘tarilib turadigan baland tog‘ tizmalari yoki 
    okeandagi 6-11 km chuqurliklar, to`rt km balandlikdagi And tog‘lari 
    dengiz qoldiqlaridan tashkil topgan dengiz yotqiziqlari, baland dengiz va 
    daryo tyerrasa (supacha) lari misol bo‘la oladi. Masalan, Qora dengiz, 


    54 
    Kavkaz oldi sohillaridagi eng qadimiy tyerrasa xozirda 900 m 
    balandlikda joylashgan. 
    Dengiz yotqiziqlarining tarqalish haraktyerini, ularni ayrim 
    maydonlarda to‘planib vaqti-vaqti bilan ro‘y berishi, dengizni bir necha 
    marta quruqlikka kirib borishi va qaytishi bilan izohlash mumkin. Yer 
    qobig‘i tektonik harakatlar asosida, siljuvchan va turg‘un hududlar bo‘lib, 
    ular shunga mos ravishda geosinklinal va platformalar deyiladi.
    Geosinklinallar - yer qobig‘ining 10–25 km qalinligidagi 
    yotqiziklarning geodinamik kuchlanishlarining katta o‘zgarishi va yuqori 
    harakatchanligi qismini bildiradi. Hozirda geosinklinallar yer qobig‘ining 
    asosiy 
    tektonik 
    elementlariga 
    kiradi. 
    Dastlabki 
    rivojlanishda 
    geosinklinallar tubi egilgan dengiz basseynlardan iborat bo‘lgan va qalin 
    cho‘kindi tog‘ jinslarini tashkil etgan. Vaqtlar o‘tishi bilan endogen 
    jarayonlarda tektonik kuchlar to‘plangan, cho‘kindi qatlamlar o‘zgarishga 
    uchrashi natijasida bukilmali tog‘ tizmalari Al’p, Karpat, Qrim, Kavkaz, 
    Pomir va boshqa tog‘lar hosil bo‘lgan. Geosinklinalli hududlar uchun 
    seysmik hodisalar (yer qimirlashlar) va vulqonlar bo‘lishligi xosdir.
    Platformalar (tekis formalar)-Yerning tektonik harakatlari nisbatan 
    tinch bo‘lgan qismlaridir. Platformalar uchun sekin tebranma harakatlar 
    haraktyerlidir. Platformalar qo‘sh qavatli tuzilishga ega. Ostki qavatda 
    (asosda) bukilgan holatda cho‘kindi tog‘ jinslari, metamorfik yoki 
    magmatik tog‘ jinslari joylashadi ularni ustki qismini esa cho‘kindi tog‘ 
    jinsi qoplab yotadi.

    Download 6,24 Mb.
    1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   75




    Download 6,24 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -BOB. YERNING ICHKI KUCHIGA BOG‘LIQ BO‘LGAN

    Download 6,24 Mb.
    Pdf ko'rish