61
Magmatik faoliyat kengayish davri va bosqichlari bilan bog‘lanib,
magmatik qatlamga nisbatan bosim kuchsizlanadi va magma qattiq
holatdan suyuq holatga o‘tib, yoriqlarni to‘ldirib yuqoriga harakatlanadi
(revolyutsion davr).
V.V.Belousov yer shari kosmik
fazodagi sovuq changsimon
zarralarning birikishidan hosil bo‘lgan degan taxminni ilgari suradi.
Keyinchalik yer qa’ri radioaktiv parchalanish natijasida qizib
borgan. Yerdagi issiqlik o‘tkazuvchanlikning kamligi tufayli radioaktiv
issiqlik xanuz katta chuqurliklarda (700 km dan ko‘p) to‘planmoqda.
Yerning mantiya qismining yuqori qavatlari tarixi murakkabroqdir.
Hisoblashlar shuni ko‘rsatadiki, dastlab yuqori mantiya hammasi qizigan,
so‘ngra taxminan
bir yarim milliard yil avval, radioaktiv elementlar
tugaganligi sabab, bosqichma-bosqich tepadan pastga tomon sovish
boshlangan.
Radioaktiv qizdirish mantiyaning yuqori qismi moddasining qisman
yerishiga olib kelgan. Yuqori mantiyadan
seysmik tebranish
to‘lqinlarining tezligi bo‘yicha yumshoq qatlam (astenosfera) aniqlangan
bo‘lib, u matyerik (quruqlik) ostida 100-200 km, okeanlar ostida 50-400
km chuqurlikda joylashgandir.
V.A.Obruchev va V.V.Belousovlar gipotezasi va taxminlari ma’lum
bo‘lgan ilmiy ma’lumotlarga yaqin turadi.
Ayniqsa, mantiyaning yuqori qismini tashkil etgan moddaning
tarkibi haqida yangi ma’lumotlar to‘planib borishi bilan,
bu taxminlar
qayta ko‘rib chiqib to‘ldirib boriladi.