65
tabiiydir. Bu esa o‘z navbatida zilzila kuchiga ta’sir etadi. Masalan,
Yangi Zelandiyadagi ko‘pgina zilzila oqibatlarini o‘rganish, inshoot
zamini bo‘sh va nam gruntlardan tashkil topgan bo‘lsa, qattiq va zich tog‘
jinslariga nisbatan ko‘proq shikastlanishini, ya’ni inshootga ta’sir
etadigan zilzila kuchi bir-ikki ball ortiqroq bo‘lishini ko‘rsatdi. Binobarin,
har bir maydonchaning balligiga grunt sharoiti kuchli darajada ta’sir
etadi. SHunday qilib, har bir maydonning seysmiklik darajasiga aniq
grunt sharoitining ta’sirini hisobga olish masalasi, ya’ni maydonning
seysmik rayonlashtirish xaritasida belgilangan balliligiga gruntni hisobga
oluvchi tuzatishlar kiritish masalasi tug‘iladi. SHahar va uning alohida
hududlari chegarasida ballikni qayta aniqlash ishlari seysmik
mikrorayonlashtirish deb ataladi.
Mikrorayonlashtirishda qo‘llaniladigan turli usul va me’zonlar
yetarli darajada aniq va puxta bo‘lmaganligidan olinadigan natijalar
hamma vaqt birday chiqavyermaydi. SHu sababli seysmologlarning turli
guruxlari tomonidan bir joyning o‘zi uchun tuzilgan xaritada sezilarli
tafovutlar uchraydi. Masalan, shunday hol Toshkentda ro‘y byergan. 1966
yilga qadar Toshkent shahri uchun seysmik mikrorayonlashtirishning bir
necha xaritasi tuzilgan. Bu xaritalar bir-biridan, shuningdek, zilzila
natijalaridan ma’lum darajada farq qilgan.
So‘nggi yillarda mikrorayonlashtirishni takomillashtirish borasida
talaygina ishlar amalga oshirildi. Natijada tuzilgan xaritalarning aniqlik
darajasi birmuncha ortdi. Har qanday bino va inshootlarni, ayniqsa,
to‘g‘on, ko‘prik, atom elektrostantsiyalari, juda baland binolarni
loyihalashda seysmik mikrorayonlashtirish xaritalarining ahamiyati
benihoya kattadir.