7
500-2000
8
1000-2000
9
2000-4000
10
4000
11
-
12
-
Zilzilalarni bino va inshootlarga ta’siri, ularni loyihalash va
qurishda hisobga olishni taqozo etadi. Hozirda zilzilani oldindan aytish va
ehtiyot choralarini ko‘rish maqsadida juda keng miqyosda seysmik,
muhandislik-geologik, geofizik, tektonik, gidrokimyoviy, matematik
usullar yordamida ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Ana shu olib
borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari natijasida MDH hududlari uchun
ayrim -ayrim seysmik mikrorayonlashtirish xaritalari tuzilgan bo‘lib bu
xaritalar orqali, qaysi mintaqalarda necha balli zilzila bo‘lishligini aniq
bilish mumkin. Seysmik mikrorayonlashtirish xaritasi, birinchidan
zilzilani vujudga keltiradigan «o‘choq»-gipotsentrning joylashish holatini
va zilzila sodir bo‘ladigan joy-epitsentrda, silkinishlarning takrorlanish
haraktyerini, intensivligini, joyning muhandislik-geologik nuqtai
nazardan sharoitlarini, tog‘ jinslarini fizik-mexanik xususiyatlarini
o‘rganish asosida tuziladi. O‘rta Osiyo Respublikalari mintaqalari 6-9
balli sodir zilzila bo‘ladigan hududga kiradi. Ma’lum hududining
muhandislik-geologik sharoiti hisobiga seysmik aktivlikni oshib ketishini
nazarda tutib 10 ball va undan yuqori ballar belgilanishi mumkin. Yuqori
71
seysmik hududlarga (8-9 ball)-tog‘li hududlar, tog‘ oldi tekisliklari va
daralar kiradi.
5.6-§.Zilzila sodir bo‘ladigan hududlarda qurilish ishlari
Seysmik aktiv xududlarda loyihalash va qurilish ishlarining
haraktyeri, hajmi, seysmik aktiv bo‘lmagan xududlarga nisbatan o‘ziga
xos xususiyatlari bilan farq qiladi. Hozirda bunday xududlar uchun
loyihalash me’yorlari ishlab chiqilgan. Bino loyihasini tuzayotganda,
binolarda antiseysmik konstruktiv choralar ko‘rilishi natijasida ularning
zilzilaga qarshiligi ortadi. Tabiiyki, bunday qurilishning tannarxi
qimmatlashadi. Zilzilaga bardoshli binolar loyihasini tuzayotganda
ularning turiga, hajmiga, konstruktsiyasiga va joyning seysmik kuchiga
bog‘liqligini hisobga olish lozim. Zilzilabardoshli binolar loyihasini
tuzayotganda ularning rejadagi ko‘rinishi simmetrik bo‘lishiga hamda
massa va bikrliklarining bir tekisda taqsimlanishiga yerishish lozim.
Devorlar va ramalarni binoning bo‘ylama va ko‘ndalang o‘qlariga
nisbatan simmetrik ravishda joylashtirish lozim. Bino yoki uning alohida
qismlarining uzunligi me’yor orqali cheklangan bo‘ladi. CHunki,
me’yordan ortiq uzunlikka ega bo‘lgan binoning ayrim bo‘laklari
tebranishning turli fazalariga tushib qolsa, seysmik ta’sir kuchayib ketadi.
SHu sababli, uzun binolar antiseysmik choklar yordamida kichik
bo‘laklarga (otseklarga) ajratiladi. Antiseysmik choklar ajratilgan qismlar
binoning bemalol siljishiga (tebranishiga) imkon byermog‘i lozim, aks
holda, qo‘shni qismlar o‘zaro urilish natijasida konstruktsiyalari, qattiq
shikastlanishi mumkin. Antiseymik choklar orasidagi masofa hamda
binolarning balandligi qurilish me’yorlarida belgilab qo‘yilgan. Umuman,
seysmik kuchlar miqdorini kamaytirish uchun bino konstruktsiyalarining
vaznini kamaytirish lozim. Buning uchun konstruktsiyalarni ko‘ndalang
kesimini uning mustahkamligiga zarar yetkazmaydigan qilib
kichraytirish, konstruktsiyalar uchun yengil matyerialdan foydalanish
zarur. Binoning ustivorligini oshirish maqsadida, og‘irlik markazini iloji
boricha pastga tushirish, buning uchun binoning yuqori qismlarini yengil
matyerialdan ishlash, og‘ir jihozlarni pastki qavatlarga ko‘chirish yo‘li
bilan yerishsa bo‘ladi. Seysmik xududda barpo etiladigan binolar asosiy
72
yuk ko‘taruvchi konstruktsiyalarning xiliga qarab quyidagi guruhlarga
ajratiladi.
Devorlari yuk ko‘taruvchi binolar (g‘isht yoki tosh devorli. yirik
blokli, yirik panelli, yaxlit beton elementlardan tashkil topgan yig‘ma
binolar ham shu guruxga kiradi. Bikr diafragmalari va sinch oralig‘i
tuldirgichlari seysmik kuchlarni kabul qilishda ishtirok etadigan sinchli
binolar.
Seysmik kuchlarni qabul qilishda sinch ishida kam ishtirok etadigan
osma panelli sinchli binolar, devorlari o‘z og‘irligini o‘zi ko‘tarib
turadigan sinchli binolar ham shu toifaga kiradi.
G’isht devorli binolarda qo‘llaniladigan antiseysmik choralar, bir
tomondan zilzila jarayonida alohida konstruktiv elementlarning birgalikda
ishlashini ta’min etish maqsadida, ular orasidagi bog‘lanishlarni
kuchaytirishga, ikkinchi tomondan, yuk ko‘taruvchi konstruktsiyalarning
o‘zini mustahkamligini oshirishga qaratilgan.
Hozirdagi ko‘p bo‘shliqli yig‘ma temir-beton yopmalari gorizontal
diafragma rolini o‘ynab, seysmik kuchlarni yuk ko‘taruvchi
konstruktsiyalarga (devorlarga) taqsimlaydi. G’isht devorli binolarda
bo‘ylama va ko‘ndalang devorlarning tutashuv yerlari, choklari nozik joy
hisoblanib, ikki yo‘nalishdagi devorlarni bir-biridan ajratishga intiluvchi
zo‘riqishlar shu yerlarga to‘planadi. Ikki yo‘nalishdagi devorlarning
bog‘lanishini kuchaytirish maqsadida tutashuv yerlaridagi gorizontal
choklarga sim to‘r yotqiziladi. Sim to‘rlardan tashqari temir-beton
antiseysmik kamarlardan keng foydalaniladi. Bunday kamarlar barcha
bo‘ylama va ko‘ndalang (ichki va tashqi) devor bo‘ylab yotqizilib har bir
qavatning shipi balandligida yotqiziladi; devor va yopmalar bilan
chambarchas bog‘lanishni mustahkamlaydi, devorlarni o‘z tekisligida
mustahkamlikni oshiradi, yopmalarning bikrligi va yaxlitligini
ta’minlashga yordam beradi. G’isht devorlar mo‘rt matyerialdan tashkil
topganligi uchun, zilzila kuchlariga bo‘lgan qarshiligi, temir-beton
konstruktsiyalariga nisbatan pastroq bo‘ladi. Ana shunga asoslanib, g‘isht
devorlarni tiklashda devor orasiga vertikal yo‘nalishda temir-beton
elementlar-o‘zaklar (syerdechnik) qo‘yilib, kompleks konstruktsiya hosil
qilishni mutahassislar maqsadga muvofik deb hisoblaydilar. Yuk
ko‘taruvchi g‘isht devorlar ostiga lentali poydevorlar qurish maqsadga
73
muvofiqdir, agar poydevorlar yirik bloklardan tiklansa, u holda bloklarni
bir-biriga tishlatishga alohida e’tibor byermok zarur. Seysmik xududlarda
ham
poydevor
uchun
noseysmik
xududlarda
qo‘llaniladigan
matyeriallardan foydalaniladi. Silliq chag‘irtoshlar esa, faqat 7 ballgacha
mo‘ljallangan xududlarda balandligi 5 m gacha bo‘lgan 1 qavatli
binolarda ishlatish mumkin. Agar devorlar ustinsimon bo‘lsa, u holda
ularning barchasi uzluksiz temir-betondan ishlangan to‘siq yordamida
o‘zaro tutashtiriladi.
Yirik blokli binolar seysmik mustahkamligini ta’minlashga
qaratilgan umumiy talablar xuddi g‘ishtli binolar uchun qo‘yilgan
talablar kabi bo‘ladi. Zilzila kuchlariga qarshilik ko‘rsatishda, barcha
bloklarning baravariga ishlashini ta’minlovchi konstruktiv choralar
hamda yopmalarning roli benihoyat katta.
Yirik blokli binolarning seysmik mustahkamligini ta’minlaydigan
choralardan biri blok qirg‘oqlarida vertikal armatura qo‘llash usulidir.
Vertikal armatura uchun sarbasta (pyeremichka) bloklarda mahsus
teshiklar qoldiriladi. Armatura o‘tkazilgandan so‘ng o‘yilgan novlar
betonlanadi. Armatura sinchlari blokka mahkamlangan ushlagich (skoba)
larga payvandlanadi.
Yirik panelli binolarning vaznining yengilligi (g‘isht devorga nisbatan
1,2-2 baravar yengil) devor matyeriallarining mustahkamligi, yuk
ko‘taruvchi konstruktsiyalarning soddaligi va ularni rejada birdek
tarqalishi, seysmik xududlarda ham kengroq ishlatilishga imkon beradi.
Poydevorlar yaxlit yoki yig‘ma -betondan ishlanib, binoning ostki
devorlari poydevor yoki yer to‘la devorlaridan chiqib turgan
armaturalarga mahkamlanadi. Seysmik xududlarda qo‘llaniladigan tashqi
devor panellarining konstruktsiyasi bir va uch qatlamli bo‘lishi mumkin,
ular fazoviy sinch ko‘rinishida ishlangan qo‘sh armatura bilan
kuchaytiriladi.
Sinchli (sinch) imoratlar O‘rta Osiyoda juda qadim zamonlardan
byeri qo‘llanilib kelinadi. Sinchlar yakka tartibli uy-joy qurilishida
yog‘och matyerialdan ishlangan. Sinchlarning zilzilalarga bardosh berishi
ko‘p marotaba tasdiqlandi va hozirda ham bu g‘oya dadillik bilan
ishlatilmokda. Zamonaviy binolarda sinchlar - mustahkam metall va temir
- betonlardan tayyorlanmoqda. Seysmik xududlar uchun mo‘ljallangan
74
sinch binolarning hisoblash va loyihalash printsiplari noseysmik xududlar
binolari kabidir, farqi shundaki, seysmik xududlarda qad ko‘taradigan
binolar, odatdagidan tashqari, seysmik kuchlar ta’siriga ham hisoblanadi
hamda shunga yarasha konstruktiv chora tadbirlar belgilanadi. Bino
sinchi ustun (kolonna), to‘sin (rigel’) va binoyopmadan tashkil topib
o‘zaro mahkam biriktirilgan yagona, bir butun fazoviy sistema hosil
qiladi. Elementlar vertikal, hamda gorizontal (seysmik) kuchlarni o‘ziga
qabul qiladi. Sinchlar orasiga devor uriladi. Devorlar sinch ishida, u yoki
bu darajada ishtirok etadi. Devor konstruktsiyasining xiliga va uni sinch
bilan biriktirilish uslubiga qarab sinchli binolarning hisoblash sxemalari
turlicha bo‘ladi.
Inshootlarning seysmik mustahkamligi ularni to‘g‘ri hisoblash va
to‘g‘ri loyihalashgagina bog‘liq bo‘lib qolmay, ko‘p jihatdan qurilish
montaj ishlarining sifatiga ham bog‘liqdir. Bino loyihasi a’lo darajada
bajarilgan bo‘lishiga qaramay, qurilish ishlari sifati past bo‘lsa, u holda
bino zilzila ta’siriga bardosh bera olmaydi. G’isht devorli binolarda yuk
ko‘taruvchi elementlarning mustahkamligi g‘isht va qorishmaning sifatiga
shuningdek g‘isht bilan qorishmaning birikishiga bog‘liq. Biroq amalda
ko‘pincha g‘isht devorlarning mustahkamligi me’yordagidan ancha past
bo‘lgan. Masalan: Toshkent, Nazarbek va Gazli zilzilalarida
shikastlangan
va
buzilgan
bino
devorlarning
mustahkamligi
me’yordagidan ancha past bo‘lgan. Devorlarning aksariyatida g‘isht bilan
qorishma bir-biriga yaxshi yopishmagan, ayrim binolarda qorishmaning
siqilishiga bo‘lgan mustahkamligi 5,0 MPa o‘rniga bor yo‘g‘i 1,0-1,5
MPa ni tashkil etgan. Qurilayotgan binolar ustidan olib borilgan sinovlar
g‘isht bilan qorishmaning birikishi loyihadagidan 4-5 marta kam
ekanligini ko‘rsatadi. Yirik blokli binolarda gorizontal choklarni qoidaga
amal qilgan holda, bajarilishi muhim ahamiyatga ega. Bloklar orasidagi
montaj choklarining sifati yetarli darajada bo‘lmasa, ustki bloklarning
ostki bloklarga tayanish yuzasi kichrayib, devorning siqilishga bo‘lgan
mustahkamligi kamayib ketadi, ichki va tashqi devor bloklari
tutashadigan joyga qo‘shimcha armatura qo‘yiladi, natijada tutashmaning
mustahkamligi ortadi.
Temirbeton sinchli binolarning elementlari tutashadigan joylari
plastik deformatsiya hosil qiladigan qilib ishlanishi zarur. Bino va inshoot
75
seysmik mustahkamligi ko‘p jihatdan inshootning ustidagi gruntga
bog‘liqdir. Agar gruntlar bo‘sh bo‘lsa, cho‘kuvchan, bir jinsli bo‘lmasa,
seysmik kuchlar ta’sirida bino buzilishi mumkin.
Bino zaminini mustahkamlash quyidagi usullar bilan amalga
oshirilishi mumkin: gruntni shibbalash, kimyoviy usullar bilan
mustahkamlash, tsement bilan qotirish, silikatlash, yer osti suvlar sathini
pasaytirish. Agar zamin gruntlari nosoz bo‘lsa, u holda qoziq
poydevorlardan foydalanish yoki butun temirbeton plitalar bilan qoplash
tavsiya etiladi. Qurilish-montaj ishlarini me’yor va qoidalariga to‘la amal
qilingan holda tashkil etish, asosida inshootlarning seysmik
mustahkamligini ta’minlashiga yerishish mumkin.
|