100
Allyuvial yotqiziqlarni tashkil qilgan jins donalari saralangan,
silliqlangan bo‘ladi. Daryo suvlari o‘zan tubi va yonlarini to‘xtovsiz
yemiradi. Bunga daryo Eroziyasi - deyiladi. Daryo quyiladigan suv
havzasi sathi Eroziya bazisi deyiladi. Masalan, CHirchiq va Ohangaron
daryolari Eroziya bazisi bo‘lib Sirdaryoning suv sathi hisoblanadi.
Sirdaryoning Eroziya bazisi bo‘lib, Orol dengizining sathi hisoblanadi.
O‘zan va qirg‘oqlarning yuvilishi
natijasida daryoning ikkala
qirg‘oqlarida pog‘ona - pog‘ona shaklidagi balandliklardan iborat
supachalar hosil bo‘ladi, bular daryo tyerrasasi deb ataladi. Daryo
tyerrassasi o‘z tuzilishiga qarab, yerozion (yuvilgan), yerozion
akkumulyativ (yuvilib yig‘ilgan) va asosli tyerrassalarga bo‘linadi.
Yerozion tyerrasalar daryo qirg‘oqlarida
tub jinslarning
yemirilishidan hosil bo‘ladi (6.8 rasm).
Yerozion akkumulyativ tyerrasa
daryo yotqiziqlarining qayta - qayta
yuvilib tubi ochilishi natijasida hosil
bo‘ladi. (6.9-rasm)
Daryo
vodiysida yerozion va
akkumulyativ tsikllarning bir necha
marta takrorlanishi tufayli yerozion va
akkumulyativ tyerrasalar hosil bo‘ladi.
Tyerrasalar
vodiy
yonbag‘ri
bo‘ylab qiya s+uppachalar shaklida tarqalgan bo‘ladi, bunday
suppachalarning soni har xil bo‘lib, 3 ta dan 20 tagacha bo‘ladi.
Tuzilishiga ko‘ra tyerrasalar: allyuvialli, to‘la
allyuvial yotqiziqlaridan
iborat yerozion - tub jinslardan tashkil topgan bo‘lib, allyuvial jinslar
bilan qoplangan bo‘ladi.
Daryo qirg‘oqlarining yemirilish natijasida uning yaqinidagi aholi
yashaydigan joylarga, bino va inshootlarga va ayniqsa ko‘priklarga zarar
yetkazishi mumkin. Ko‘priklar uchun tag va yon Eroziya ham xavfli
hisoblanadi. Ko‘prikning tayanch ustunlari suvning oqimi va o‘zanida
bo‘lsa, oqim yuzasi bu xududda kichikligi sababli
suvning tezligi katta
bo‘lib, tagi tez yuvila boshlaydi. Ko‘priklarni yemirilishdan saqlash
chorasi, tayanch asosini iloji boricha chuqurrok joylashtirish, va
qo‘shimcha chora sifatida xarsang tosh, og‘ir yuklarni ko‘prik
asosiga
101
tashlashdan iborat. Yon tomonni yuvilishdan saqlash uchun qirg‘oq ihota
qismlarini mustahkamlash zarurdir.