Namangan muhandislik-qurilish instituti rizaev bahodir shamsiddinovich, qosimov ilhom ma




Download 6,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/75
Sana04.02.2024
Hajmi6,24 Mb.
#151293
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   75
Bog'liq
63f5ba6711d31 Геология ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА

 
6.10-§. CHo‘kish hodisasi 
Inshootlardan uzatiluvchi yuk ta’sirida uning zaminida shakl 
o‘zgarish holati yuz berib, gruntni cho‘kishga olib keladi. CHo‘kish 
deganda grunt tuzilishining tub o‘zgarishisiz zaminning pastga yo‘nalgan 


106 
siljishi tushuniladi. Tashqi kuch yoki o‘z og‘irligi ta’sirida zo‘riqish 
holatidagi gruntning, qo‘shimcha omillari tufayli kelib chiqadigan 
qo‘shimcha deformatsiyalari - cho‘kish deb ataladi. 
CHo‘kuvchan gruntlarga quyidagilar kiradi: Lyoss va lyossimon 
jinslar, (namlanganda cho‘kadi), muzlagan gruntlar (yeriganda cho‘kadi, 
qumli, suvga to‘yingan gruntlar (harakatga kelganda cho‘kadi). Lyoss va 
lyossimon gruntlar cho‘kish xususiyatiga ko‘ra 4 ta turga bo‘linadi.
1. Namlanish natijasida o‘z og‘irligi ta’sirida cho‘kadigan lyoss va 
lyossimon jinslar O‘rta Osiyoda ko‘p tarqalgan. F.O.Mavlonov, 
P.M.Karpov va A.I.Islomov ma’lumotlariga ko‘ra, ularning cho‘kish 
miqdori 2,5-3,0m gacha boradi. 
2. Namlanish natijasida o‘z og‘irligi va bino bosimi ta’siridan 
kuchli cho‘kadigan jinslar. Bino og‘irligi ta’sirida qo‘shimcha cho‘kish 
hosil bo‘ladi. (6.11-rasm) 
3. Suv ta’sirida shishib, so‘ngra tashqi yuk (bino yoki inshoot) 
og‘irligidan zichlanadigan va ma’lum darajada cho‘kadigan jinslar. Bular 
asosan tarkibida montmorillonit minerallari ko‘p bo‘lgan lyossimon 
jinslardir. 
4. Namlanganda o‘z og‘irligidan zichlanmaydigan jinslar. Bularga 
asosan yer osti suvli qatlamlari tagida yotgan hamda doimiy oqava suvlar 
ta’sirida hosil bo‘lgan allyuvial lyossimon jinslar, shuningdek doimo 
sug‘oriladigan joylardagi lyossimon jinslar ham kiradi. 
Gruntlarning ko‘p yillar davomida namlanish oqibatida ularda 
cho‘kuvchanlik xususiyati yo‘qoladi. Tog‘ jinslarining cho‘kuvchanligi, 
ularning genetik turiga, g‘ovakligiga va tarkibiga bog‘liq. Jinslarning 
cho‘kuvchanligi haqida haligacha aniq bir fikrga kelinmagan. O‘rta 
Osiyoda uchraydigan lyoss va lyossimon jinslarda sodir bo‘ladigan 
cho‘kish hodisasini o‘rganish bilan juda ko‘p olimlar ham shug‘ullanib 
kelishgan. Ular lyossimon jinslarda sodir bo‘ladigan cho‘kish 
hodisasining sabablari xaqida turlicha fikrlarni bayon qilganlar. Buning 
sababi lyossimon jinslarning tarkibi va tuzilishi har xilligi, turli genetik 
tipga mansubligi va namlanish sharoitining turlicha bo‘lishidir. 
Ayrim olimlar cho‘kuvchanlik sababi, tabiiy zichlanmay qolishlik 
deb taxmin qilsa, boshqalari cho‘kish hodisalari ular tarkibidagi suvda tez 
yeriydigan tuzlarning yuvilishi natijasida vujudga keladi deb 


107 
hisoblaydilar. Boshqa bir gurux olimlar, lyosslardagi cho‘kish hodisasini, 
suv sizish vaqtida juda mayda va nozik zarralarning suv bilan birga 
chiqib ketishi hisobiga lyosslarning keyinchalik zichlanishi deb 
tushuntiradilar. Birinchi turdagi fikr-suvni gruntga nisbatan ta’siriga 
turlicha yondoshishdir. Bunda gruntning namligi oshsa, cho‘kish hodisasi 
sodir bo‘ladi, deb hisoblanadi.
Rus olimlari Ye.A. Zamarin va M.A.Reshetkinlar cho‘kish hodisasi 
vujudga kelishida lyosslardagi ko‘zga ko‘rinadigan yirik g‘ovaklar katta 
rol o‘ynaydi deb hisoblaydilar. 
Nisbiy cho‘kuvchanlik quyidagicha aniqlanadi: 
0
1
h
h
h
S


(6.1) 
bu yerda: h - tabiiy namlikda olib tekshirilayotgan namunaning 
tabiiy va bino bosimi ta’siridagi balandligi, mm. 
h
1
-tekshirilayotgan namunaning tabiiy va bino bosimi ta’sirida 
namlangandan keyingi balandligi, mm. 
h
0
-tabiiy namlikda olib tekshirilayotgan namunaning tabiiy bosim 
ta’siridagi balandligi, mm. 
Nisbiy cho‘kuvchanlikning qiymati buyicha jinslar quyidagicha 
bo‘ladi: 
Agar S> 0,01 bo‘lsa, cho‘kuvchanlik xossasiga ega ekanligi va S< 
0,01 bo‘lsa amalda cho‘kuvchanlik xossasiga ega emasligi aniqlanadi.
SHuni nazarda tutish lozimki: 


108 
Lyoss va lyossimon jinslardagi cho‘kish chegarasi, yer yuzidan 
8...10 m, ba’zan 20...25 m chuqurlikda ro‘y beradi. 
CHo‘kuvchanlikni asosiy belgilovchi ko‘rsatkichlari lyossimon 
jinslarning zichligi va g‘ovakligidir. 
Ularning zichligi - 1,7 g|sm
3
, g‘ovakligi esa - 80% atrofida bo‘lib, 
ular ushbu ko‘rsatgichlarning yuqori qiymatlari hisoblanadi. 
Tajribaxona sharoitida lyossimon jinslarning cho‘kuvchanligini 
kompression asbobda, dala sharoitida esa shtamplar yordamida tekshirib 
ko‘riladi. 
Tabiiy namlikdagi (1) va suvga to‘yingan (2) lyossimon jinslar 
zichlanishining egri chiziqlari 6.12-rasmda ko‘rsatilgan. Birinchi 
qabariqli egri chiziq (1) katta bosim ostida, jinsning yuqori darajada 
zichlanganligini ko‘rsatadi. 
Ikkinchi botiq egri chiziq - uncha katta bo‘lmagan bosimdagi, 
yuqori zichlanganlikni ko‘rsatadi.
Birinchi holda, bog‘lanishlar anchagina mustahkam bo‘lib faqatgina 
kuchayib borayotgan zo‘riqishlardan buzilsa, ikkinchi holda bog‘lanish 
mustahkamligi lyossimon jins suv bilan namlanganda sezilarli darajada 
pasayadi. 1 va 2 egri chiziqlarni bir - biridan farqlanishi tabiiy namlikdagi 
va suv bilan namlangandagi zichlanish darajasi turlicha bo‘lishligini 
ko‘rsatadi va lyossimon jinslar uchun cho‘kuvchanlik me’zoni bo‘lishi 
mumkin. 
Ikki egri chiziqli grafik - lyossimon jinslarning cho‘kuvchanligi 
qiymati doimiy bo‘lmasdan, balki siquvchi kuchga bog‘liqligini 
ko‘rsatadi.
Ikki egri chiziqli grafik usuli, bosimning har qanday qiymatiga 
tanlab olingan oraliqdagi cho‘kuvchanlikni aniqlashga imkon beradi (6.13 
- rasm). 
CHo‘kuvchanlikni bitta egri chiziq yordamida aniqlash usuli, 
mavjud bo‘lib, bu usulda jinsdan namuna olinib, oldindan belgilangan 
yuklamaga moslab namlanadi (6.14-rasm).
Bitta egri chiziq yordamida aniqlash usuli inshootning ishlash 
sharoitidagi jinsning haqiqiy holatini ifodalaydi deb hisoblanadi.


109 
Hozirda tajribaxona sharoitida sinash chog‘ida cho‘kuvchanlikni 
aniqlashda namunaga inshoot og‘irligi va ustidagi namlangan grunt 
og‘irligidan kam bo‘lmagan yuk ta’sirida sinashni tavsiya qilinmoqda. 
Dala sharoitidagi cho‘kuvchanlikni shtamp usulida aniqlash,
tajribaxona sharoitida aniqlashga qaraganda aniqroq bo‘ladi. SHtamp 
usuli bilan aniqlashda, namlangan jinslarni inshoot og‘irligi va jins ustida 
yotgan massalariga teng bo‘lgan yuk ta’sirida sinab ko‘riladi. 
Gruntlardagi cho‘kish hodisasi xalq xo‘jaligiga juda katta zarar 
keltiradi. Lyoss va lyossimon jinslar ustiga qurilgan bino va inshootlar 
zaminidagi jinslar zichlanib, o‘z hajmini kamaytiradi va cho‘kish vujudga 
keladi. Bino va inshootlar zamindagi gruntlar bilan birgalikda cho‘kadi. 
CHo‘kish bir tekisda sodir bo‘lsa, bino va inshootlar uchun uncha xavf 
keltirmaydi, agar cho‘kish notekis bo‘lsa, bino yoki inshoot qiyshayadi, 
ba’zan esa qulab tushadi. CHo‘kish hodisasini o‘rganish bino va 
inshootlarni loyihalashda juda katta ahamiyatga ega. 
CHo‘kuvchanlik hodisasi sodir bo‘lishini oldini olish maqsadida 
quyidagi muhandislik - choralari ko‘riladi: 
1. CHo‘kish ta’sirida bino va inshootlar qurilmalarining 
shikastlanishini oldini olish maqsadida foydalaniladigan konstruktiv 
tadbirlar. 
2. Lyoss va lyossimon jinslarni, atmosfera, yer osti va oqova suvlar 
ta’sirida namlanishini oldini olish maqsadida amalga oshiriladigan chora-
tadbirlar. 
3. Gruntlarni sun’iy ravishda qotirish, suyuq shisha yordamida va 
issiqlik ta’sirida qotirish usullaridan foydalanish. 
Bino va inshootlar ostidagi cho‘kuvchan gruntlarni iloji boricha olib 
tashlab, o‘rniga zich, cho‘kmaydigan gruntlarni joylashtirish lozim. 
Nazorat savollari: 
1. Tog‘ jinslari nurashining qanday ko‘rinishlari bor? Nurashni 
qurilish amaliyotidagi axamiyatini tushuntirib byering. 
2. Elyuviy qanday hosil bo‘ladi? Uning asosiy xossalarini sanab 
byering. 
3. Lyosslar qanday hosil bo‘ladi? Uning qurilish xossalari qanday? 
SHamolning geologik ishi qay yusinda bo‘ladi?


110 
4. Delyuvial yotqiziqlar qanday hosil bo‘ladi? Ularning qurilish 
hossalari qanday bo‘ladi? 
5. Daryo voxalari qanday yo‘llar bilan hosil bo‘ladi? Ular 
tuzilishining xususiyatlarini ko‘rib chiqing. 
6. Allyuvial yotqiziqlarning qurilish hossalari qanday bo‘ladi? 
7. Dengizning geologik ishi bosqichlarini ko‘rib chiqing. 
8. Dengiz yotqiziqlari qanday yo‘llar bilan hosil bo‘ladi? 
CHo‘kindilarni tarqalishini dengiz chuqurligiga bog‘liqligini 
tushuntiring? Dengiz yotqiziqlarini qurilish hossalari qanday? 
9. Muzliklar va muz-daryoli yotqiziqlar qanday hosil bo‘ladi? 
Ularni qurilish hossalarini ko‘rib chiqing? Muzli jinslarni tarqalish 
joylarini aytib o‘ting. 
10. SHamolning geologik ishi nimalardan iborat? Denudatsiya 
jarayoni nima? 
11. Karstlar qanday yo‘llar bilan hosil bo‘ladi, ular tarqalgan 
xududlarda qurilish ishlari qanday yo‘llar orqali amalga oshiriladi?
12. G’orlar va ularning turlarini aytib byering 
13. Karstli hududlarda qurilish ishlari qanday olib boriladi? 
14. Sellar qaysi yo‘llar bilan hosil bo‘ladi? Sel havzalari nimalardan 
iborat? 
15. Jarliklarni hosil bo‘lishini tushuntiring? 
16. Surilish hodisalari qanday jinslarda ruy beradi? Qiyaliklarni 
turg‘unlik darajasi qanday baholanadi? Surilish sodir bo‘ladigan 
hududlarda qurilish ishlarini olib borishda surilishga qarshi 
qo‘llaniladigan tadbirlarni aytib byering? 
17. Plivunlarni hosil bo‘lishini tushuntiring? 
18. Plivunlarga qarshi qanday chora tadbirlar ko‘riladi? 
19. Suffoziya hodisasi nima va u qurilish ishlarida qanday 
ahamiyatga ega? 
20. CHo‘kish hodisasi qanday vujudga keladi? 


111 

Download 6,24 Mb.
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   75




Download 6,24 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Namangan muhandislik-qurilish instituti rizaev bahodir shamsiddinovich, qosimov ilhom ma

Download 6,24 Mb.
Pdf ko'rish