105
o‘pirilib tushishi, voronkalar hosil bo‘lishi, surilishlar kelib chiqishi
mumkin.
Kimyoviy suffoziya uzoq vaqt davom etib, faqatgina karbonat
jinslarni va oson yeriydigan moddalarni yeritibgina qolmay, balki
kremnezemni yeritadi. Jinslarni uzoq vaqt ko‘plab miqdorda yerishi
oqibatida kimyoviy suffoziya, karst jarayoniga aylanib ketadi.
Suffoziya hodisalari bino va inshootlarning mustaxkamligiga salbiy
ta’sir ko‘rsatadi. Suffoziya hodisasiga qarshi barcha chora-tadbirlar bilan
kurashmoq lozimdir. Ushbu ko‘riladigan chora-tadbirlardan asosiy
maqsad-suvning sizib o‘tishini to‘xtatishdir. Buni turli usullar bilan
amalga oshiriladi: atmosfera yog‘in suvlarining oqim yo‘nalishini tartibga
solish va yer ustini nam o‘tkazmaydigan qilib himoya qilish, yer osti
suvlarini oqib chiqish joylarini zichlab bekitish yoki qum to‘ldirish,
gruntlar tarkibidagi suvlarni qochirish uchun drenaj quvurlari o‘rnatish,
suv sizib o‘tish tezligini kamaytirish, suffoziyaga uchragan jinslarni
silikatlab, tsementlab yoki loyli qorishmalar bilan zichlash, poydevorlarni
maxsus turlaridan, masalan qoziqli poydevorni qo‘llashdir.
Inshootlarni loyihalash va qurish jarayonida bajariladigan
muhandislik -geologik qidiruvlarida suffoziya hodisasini o‘rganish uchun
tog‘ jinslarini granulometrik tarkibini, turini, sizish oqimining tezligini,
oqim gradientini, suffoziya uchragan tog‘ jinslarining fizik - kimyoviy
xossalarini, granulometrik va mineralogik tarkibini, suvda oson
yeriydigan tuzlarning yotishi, g‘ovakliligi, suv o‘tkazuvchanligi va
boshqa xossalarini nazarda tutish kerak. Suffoziyaning oldini olish
choralaridan biri unga uchraydigan grunt qatlamlarini yer osti va
atmosfera yog‘inlaridan saqlashdir. SHu maqsadda ochiq beton ariqlar
yotqiziladi. Yer osti suvlarini tartibga solish, yo‘nalishini o‘zgartirish
uchun ochiq yoki yopiq zovurlar qaziladi. Yer osti suvlari harakatini
kamaytirish maqsadida, suvli grunt qatlamlariga suyuq shisha, tsement
qorishmalari yoki gilli qorishmalar yuboriladi.