• Vaqtinchalik suvlar eroziyasi va jarliklarni hosil bo‘lishi.
  • Namangan muhandislik-qurilish instituti rizaev bahodir shamsiddinovich, qosimov ilhom ma




    Download 6,24 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet36/75
    Sana04.02.2024
    Hajmi6,24 Mb.
    #151293
    1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   75
    Bog'liq
    63f5ba6711d31 Геология ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА

     
    6.6-§. Eroziya 
    Nurash mahsulotlarini (loyqa, qum, shag‘al) doimiy suvlar va 
    vaqtinchalik suv oqimlari oqizib, yuvib ketadi. Yuvib, oqizib ketuvchi 
    (yerozion) jarayonlar yer rel’efining shakllanishida asosiy rolni o‘ynaydi. 
    Eroziya jarayonining tag (chuqurlik) turi suv oqimining chuqurligi 
    buyicha tog‘ jinslarni yemiradi, yon Eroziya esa suv oqimining yon 
    tomonidagi tog‘ jinslarini yemiradi. 
    Vaqtinchalik suvlar eroziyasi va jarliklarni hosil bo‘lishi. 
    Vaqtinchalik oqimlar, yerigan qor suvlari va yog‘in suvlaridan hosil 
    bo‘ladi. Ularning yemiruvchan faoliyati tufayli jarliklar hosil bo‘ladi.
    Yog‘in suvlari yer yuzasining chuqurchalari ustida to‘planib, ularni asta - 
    sekinlik bilan yuvib, o‘pqonlar, o‘nqir - cho‘nqirlar hosil qiladi. Tog‘ 
    jinslarining qattiqligi yoki yumshoqligiga qarab, bir joyi sekin, ikkinchisi 
    tez yuvila boshlaydi. Natijada yonbag‘irlikning ustki qismida turli 
    tomonga yunalgan yoki parallel jo‘yaklar 
    hosil bo‘ladi. Jo‘yaklarning ba’zilari 
    yonbag‘irliklarning quyi qismida birlashib 
    chuqur va katta jo‘yaklar hosil qiladi (6.7-
    rasm).
    Vaqtinchalik suvlarning yemiruvchan-
    lik faoliyati bir qancha omillarga bog‘liq 
    bo‘ladi: 
    O‘simlik qatlamida oson yuviluvchi, 
    bog‘lanmagan 
    jinslarning 
    mavjudligi,


    99 
    jalalarning yog‘ishi, daryo oqimlarining yemirilish bazisini pastda 
    joylashganligi, yuzani nishabligi kattaligi, jinslar tarkibidagi tuz 
    miqdorini oz bo‘lishi-bu omillarga misol bo‘la oladi. Jarliklarni hosil 
    bo‘lishi va uni kengayib ketishi, ekinzor yerlarga, aholi yashash joylariga 
    va inshootlarga katta xavf soladi. 
    Jarliklar yaqinida barpo etilgan inshootlar zamini yuvilib ketish 
    natijasida o‘zining turg‘unligini yo‘qotadi. SHuni ham aytish lozimki, 
    sug‘oriladigan xududlarda sug‘orish irrigatsiya Eroziyasi ham sodir 
    bo‘ladi. U sug‘oriladigan baland-pastliklarda sug‘orish texnikasiga yetarli 
    rioya qilmaslik oqibatida yuzaga keladi. Eroziya tufayli suv jo‘yaklarni 
    yuvib, daladan ko‘p mayda zarralarni oqizib ketadi, tuproq unumdorligi 
    pasayadi. Jarliklarni hosil bo‘lishini oldini olish uchun turli tadbirlar 
    qo‘llaniladi. Ularga faol va passiv tadbirlar kiradi. Jarliklarni 
    oldini 
    olishning passiv tadbirlariga: jarliklar yaqinidagi, o‘rmonzorlarni 
    kesmaslik, yer haydamaslik, va x.k.lar kiradi.
    Jarning kengayib ketmasligi uchun ko‘riladigan-faol chora-
    tadbirlarga yuzadagi suvlar harakatini tartibga solish (chuqurliklar va 
    beton ariq yotqizish), jarning tubini kichik to‘g‘onlar qurish yo‘li bilan 
    yuvilishdan saqlash, qirg‘oqlarni mustahkamlaydigan o‘simliklar 
    o‘tkazish hisoblanadi

    Download 6,24 Mb.
    1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   75




    Download 6,24 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Namangan muhandislik-qurilish instituti rizaev bahodir shamsiddinovich, qosimov ilhom ma

    Download 6,24 Mb.
    Pdf ko'rish