Namangan muhandislik-qurilish instituti rizaev bahodir shamsiddinovich, qosimov ilhom ma




Download 6,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/75
Sana04.02.2024
Hajmi6,24 Mb.
#151293
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   75
Bog'liq
63f5ba6711d31 Геология ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА

 
6.2-§. Nurash jarayoni 
Yer yuzasidagi fizik-kimyoviy va organik jarayonlar ta’sirida tog‘ 
jinslarini tarkib va holatini o‘zgarib, parchalanishiga-nurash jarayoni deb 
ataladi. Sanalgan omillarga ko‘ra nurashning quyidagi turlari bor; 
fizikaviy, kimyoviy, organik. Tabiatda nurashning bu turlari ayni bir 
vaqtda ruy beradi. 
Fizikaviy nurash - havoning va suvning kunlik va mavsumiy 
o‘zgarishidan yuzaga keladi. Quyosh radiatsiyasi ta’sirida tog‘ jinslari 
qizib, ularning sirtidagi harorati, yoz kunlari 70
0
S gacha ko‘tarilishi 
mumkin, tunda esa havo harorati pasayadi va buning natijasida jins 
tarkibiga kiruvchi minerallar kengayish va torayish zo‘riqishlari natijasida 
yemirilib, maydalanib ketadi. Bu jarayonlar tog‘ jinsi tarkibidagi 
g‘ovaklardagi suvlarni doimiy muzlab yerishlarini kuchaytiradi. Sovuq 
iqlimli hududlarda g‘ovaklardagi suv muzlab, uning hajmi 11% ga ortib, 
g‘ovakchalar devorlarini yemiradi. Uzoq davom etadigan bunday 
hodisalar natijasida, qattiq, yaxlit, zich jinslar yemirilib, kichik 
parchalarga bo‘linib ketadi. 
Nurash jarayoni natijasida yemirilgan, maydalangan tog‘ jinslari 
ba’zi hollarda yemirilgan joyning o‘zida qoladi va ushbu jarayon-elyuviy 
jarayon deyiladi. Biroq bu jinslar, ko‘pincha tog‘ yonbag‘irliklari bo‘ylab 


88 
surilib, delyuviy qoplamani hosil qiladi. Delyuviy deganda, nurash 
natijasida yemirilgan tog‘ jinslarini yomg‘ir, qor, muz suvlari ta’sirida 
tog‘ oldiga va tog‘ etaklariga yotqizilishi tushuniladi. 
Kimyoviy nurash - kimyoviy aktiv suvni, ayniqsa uning tarkibida 
yerigan moddalar kam bo‘lib, (oqar suvlar) asosida karbonat angidridni 
kislorod bilan birgalikdagi ta’sirida ruy beradi. 
Kimyoviy nurash turli kimyoviy reaktsiyalar (oksidlanish, yerish, 
gidratlanish, gidroliz va boshqalar) asosida ruy berib, natijada minerallar 
va jinslar to‘la parchalanishi va yangi sharoitlarda turg‘un bo‘lgan jins va 
minerallar hosil bo‘lishi mumkin. 
Masalan, magmatik tog‘ jinslari (granit, diorit va boshqalar) jins 
tashkil etuvchi minerallari, dala shpatlari va slyudalar yemirilib, gilli 
minerallar: kaolinit, gidroslyuda va montmorillonit kabi minerallarni 
tashkil etadi. Ayni vaqtda reaktsiya mahsuli sifatida karbonatlar, 
sul’fatlar, xloridlar hosil bo‘lib, qulay sharoit hosil bo‘lsa, ya’ni nurash 
mahsullari suvga to‘yinsa, suvli yeritmalar holiga o‘tib, fizik va kimyoviy 
nurashda ishtirok etishi mumkin. 
Organik nurash o‘simlik va hayvon organizmlarining aktiv 
ishtirokida ruy beradi. Organik nurash anchagina murakkab jarayondir. 
Bunda fizik va kimyoviy nurashning elementlari mavjud bo‘lib, shu 
sababli har doim ham bu yemirilishni turi mustaqil ravishda uchramasligi 
mumkin. 
Masalan, turli hayvonot organizmlar o‘z inlari va yo‘llarini o‘yib 
qurishda, o‘simliklarning ildizlarini yeb, yer ichiga kirib borib,
kattalashib, jinslarni yemirilishi fizik nurash turiga kiritiladi. 
Organizmlarni organik moddalarni parchalanib yashash faoliyati 
natijasida kimyoviy nurash uchun muhim bo‘lgan mahsulotlar, kislorod, 
karbonat angidrid gazi, turli kimyoviy komponentlar hosil bo‘lib, 
muhitning kislotali sharoiti ortadi. Nurashning hamma turlari bir-biri 
bilan bog‘liq holda ro‘y beradi.
Nurash geologik jarayon sifatida birlamchi jinslarni yemirilishiga va 
o‘zgarishiga sabab bo‘ladi. Muhandislik geologik nuqtai nazaridan 
nurash jarayonining asosiy yo‘nalishi, tog‘ jinslarini fizik xolatini va fizik 
mexanikaviy xossalarini o‘zgartirishiga qaratilgan bo‘lib, bino va inshoot 
asosidagi, tabiiy va sun’iy qiyalikdagi, yer osti qazilmalardagi jinsning 


89 
turg‘unligini kamaytirishga olib keladi. Nurashga uchragan qatlamning 
fizik - mexanikaviy xususiyati, uni nurashga uchraganlik darajasi, 
petrografik mineral tarkibi va tuzilishiga bog‘liq bo‘ladi. CHuqurlik 
magmatik jinslari, yer sirtida yemirilishiga uchrab, mustahkamligini tez 
yo‘qotadi va «po‘k» juda past mustahkamlikka, yuqori deformativ 
xossalarga ega bo‘lgan bo‘sh, yumshoq jinslarga aylanadi. Yemirilgan 
o‘rta va nordon magmatik jinslarning bo‘shoq jinslari, asosan nurashga 
bardoshli kvarts mineralidan tashkil topgandir. Asosli va ul’tra asosli 
jinslarning bo‘shoq jinslari,turg‘un bo‘lmagan dala shpatidan tuzilgan 
bo‘lib, nurash jarayonida gilli jinslarga aylanib ketadi. Bunday jinslarning 
mexanik xususiyati, nordon va o‘rta nordon jinslarnikiga qaraganda 
pastroq bo‘ladi. Magmatik jinslarning kelgusi yemirilishida yirik chaqiqli 
ellyuvial gruntlar hosil bo‘lib, ularning mustahkamligi va siqiluvchanligi 
to‘ldirgichdan va qisman yemirilgan jinsning mexanik mustahkamligiga 
bog‘liq bo‘ladi. Ellyuvial qumli gruntlar, anchagina strukturali 
mustahkamlikka ega bo‘lib, bunga sabab zarrachalarning saqlanib qolgan 
tabiiy birlashish kuchi va ikkilamchi tsementlashishning mavjudligidir. 
Gilli ellyuviy jinsning haraktyerli xususiyati-namlanganda shishib 
bo‘kishi va quritilganda-kichrayishidir. Bu jarayonlar qurilish sharoitini 
va binodan foydalanishni yomonlashuviga, harajatlarni oshib ketishiga 
sabab bo‘ladi. Metamorfik jinslarning ellyuviyi, fizik-mexanik 
ko‘rsatkichlari bo‘yicha-asosli va ul’tra asosli magmatik jinslarning 
yemirilishiga mahsuliga yaqin turadi. 
CHo‘kindi jinslarning yemirilishi o‘zgachalik bilan ajralib turadi. 
Kimyoviy va organik jinslar ko‘proq yemirilib, bo‘sh jinslar kamroq 
yemiriladi. Kimyoviy va organik yo‘llar bilan hosil bo‘lgan jinslar suvda 
to‘la yeriydi yoki qum va gilli o‘lchamlar bo‘yicha maydalanib ketadi. 
TSementlashgan jinslarda dastlab tsement yemiriladi, qumtosh qumga 
aylanadi.
Gilli jinslar nuraganda quyidagilar ro‘y beradi: a) mavjud yoriqlar 
kengayadi va yangilari hosil bo‘ladi; b) g‘ovaklashish, v) ikkilamchi 
minerallar paydo bo‘ladi. Bu jarayonlar gilli jinslarning fizik-mexanik 
xususiyatlarini yomonlashtirdi, ularda surilishga qarshilik kamayadi va 
siqiluvchanligi ortadi. Bu jarayonlar ayniqsa ularni keskin bo‘shatish, 
yani, ustidagi bosib yotgan jinslar og‘irligi olib tashlanganda ro‘y beradi. 


90 
Bunday hodisalar chuqurlar qazishda namoyon bo‘ladi. Gillar yuqoridagi 
og‘ir bosib turuvchi qatlamdan ozod bo‘lgach, o‘z xajmini oshirishga 
intiladi. SHunda ularda nurashning tashqi agentlarining o‘tkazuvchi
yoriqlar paydo bo‘ladi.
Mineral tarkibi ko‘pincha montmorillonit miqdori oshishi tomoniga 
(ph>7) o‘zgarib, gilli gruntlarning siqiluvchanligi va bo‘kishini orttiradi. 
Yuqoridagilardan ko‘rinadiki, nurash jarayoni gruntlarning va qurilish 
maydonining geologik sharoitini shunchalik o‘zgartiradiki, binolarni va 
inshootlarni maxsus tadbirlarsiz qurishni ko‘z oldiga keltirib bo‘lmaydi. 
Nurash jarayonining sodir bo‘lishi va kuchayishiga kishilarning 
muhandislik faoliyatlari ham katta ta’sir qiladi.
Muhandislik inshootlari, shaxtalar, zovurlar, suv omborlari qurish 
singari ishlarda yerning geologik sharoiti o‘zgaradi. Suv omborlari 
qurilishida, to‘g‘on hisobiga suvni ko‘tarilishi oqibatida, tog‘ jinslari 
tarkibidagi tuzlarning miqdorini oshishi, burg‘ quduqlarini qazish, yer
ichidagi ma’lum chuqurliklarda qandaydir darajada bo‘lsa ham, vaqt 
o‘tishi bilan mexanikaviy, kimyoviy va organik nurash jarayonlari
boshlanadi. Nurash jarayonida tog‘ jinslarining fizik - mexanik 
xususiyatlari o‘zgaradi, ularda yoriqlar hosil bo‘ladi, ular kengayadi, 
g‘ovakligi ortib, mustahkamligi pasayadi.
Binolar va inshootlar asosini tanlashda poydevor chuqurligi, 
nurashga uchramagan jinsgacha kovlanadi yoki elyuviy yotqiziqlarini
maxsus choralar bilan zichlansa, asos sifatida ishlatsa ham bo‘laveradi. 
CHuqurliklardagi qiyaliklarni nurashga uchragan jinslarni hisobga olib 
belgilanadi. Nurashning oldini olish yoki nurashga uchragan jinslarni 
xossalarini yaxshilash uchun turli tadbirlar qo‘llaniladi:
Tog‘ jinslarini nurash ta’siridan saqlovchi maxsus qoplamalar bilan 
qoplash. 
Jinslarni tarkibiga turli moddalarni shimdirish yo‘li bilan 
Nurash omillari (suv, havo, gaz va boshqa) ta’sirini yo‘qotish. 
Yer hududlarini tekislash va oqava suvlarni tartibga solish
Tog‘ jinslari yuzalarini turli matyeriallar-gudron, bitum, beton, 
asfal’tobeton, tsement qorishmasi, gillar bilan qoplab, ular nurashning 
xiliga, chuqurligiga qarab belgilanadi. 


91 
Masalan, gudron, bitum, tsement va boshqa sun’iy qoplamalar suvni 
yo‘lini to‘sish uchun ishlatiladi, lekin ular ham haroratning issiq-sovuq 
o‘zgarishlaridan saqlay olmaydi. Jinslarni zichligini oshirish uchun 
ularni suyuq shisha, bitum, gudron, tsement qorishmasi, giltuproqlar bilan 
shimdirish mumkin. Yer osti suvlarini yo‘qotish drenaj (zaxop) lar qurish 
yo‘li bilan amalga oshirish mumkin. Tosh matyerialarni nurashdan 
saqlash choralari 2 ga bo‘linadi: konstruktiv va kimyoviy: 
Konstruktiv chora - tadbirlar turkumiga tosh matyeriallar ustiga 
yog‘in-sochinlarni ta’sirini kamaytirishni ta’minlash, matyerial yuzasini 
va shaklini silliqlash hisobiga tushgan suvni unda turib qolmaslik va 
ichiga kirmaslikni ta’minlash choralari kiradi.
Kimyoviy choralarga esa tosh matyeriallar sirtida zich, suv 
o‘tkazmaydigan yuzalar hosil qilish yoki uni gidrofoblash kiradi. 
Yuzalarni zichlashdagi usullardan biri flyuatlashdir. Bunda 
karbonatli jinslar kremniy ftorli vodorod kislota tuzlari bilan 
shimdiriladi. Bu jarayonda quyidagi reaktsiya ruy beradi. 
2CaCo
3
 MgSiF
6
2CaF
2
MgG’
2
SiO
2
CO
2
Toshning tashqi kovaklarida esa suvda yerimaydigan magniy va 
kal’tsiy ftoridlar hosil bo‘ladi. Karbonat bo‘lmagan jinslarni oldindan 
kal’tsiy tuzlarining suvli yeritmalari, masalan, kal’tsiy xlor bilan 
ishlovdan o‘tkaziladi.
Gidrofoblash-deganda g‘ovakli tosh matyerialni gidrofob (suvni 
itaruvchi) moddalar bilan shimdirish tushuniladi. 
Bunda tosh qoplama yuzasining zichligi ortib, nurashga yaxshi 
chidaydi. Toshlarni kremniy - organik suyuqliklar, polimyer matyeriallar, 
parafin yeritmalar yoki metall changlari (alyuminli, ruxli) bilan 
shimdirish yaxshi samara beradi. Tosh matyeriallar sirtini monomyerlar 
bilan qoplab, so‘ngra uni polimyerlash uni uzoq muddatlarga 
chidamliligini oshiradi. 

Download 6,24 Mb.
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   75




Download 6,24 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Namangan muhandislik-qurilish instituti rizaev bahodir shamsiddinovich, qosimov ilhom ma

Download 6,24 Mb.
Pdf ko'rish