-§. SHamolning geologik ishi. Eol yotqiziqlar




Download 6,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/75
Sana04.02.2024
Hajmi6,24 Mb.
#151293
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   75
Bog'liq
63f5ba6711d31 Геология ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА

 
6.3-§. SHamolning geologik ishi. Eol yotqiziqlar 
Yer yuzida turli yo‘nalish va tezlikda shamollar esib turadi. 
SHamolning tezligi 60 - 70 msek ga yetsa, u quyunga aylanib katta 


92 
vayronagarchiliklar keltiradi va xalk xo‘jaligiga katta zarar keltiradi. 
SHamol o‘z yo‘lida qumlarni surib ketadi. Ularni toshlarga borib uradi. 
Toshlar yuzi bu zarbalar natijasida tekislanishi, jo‘yakchalar, chuqurliklar 
hosil bo‘lishi mumkin. SHamolninng ishi bilan bog‘liq bo‘lgan har 
qanday jarayonlarni eolli jarayonlar deb yuritiladi. 
SHamolning mexanik kuchi bino va inshootlarga jiddiy ta’sir 
ko‘rsatib, unga to‘siq bo‘lib hisoblanadi. Bu shamol ta’siridagi yuklama 
deyiladi va bino konstruktsiyalarining yon tomonlariga ta’sir ko‘rsatadi. 
Baland qurilmalar, ayniqsa korxonalarning baland tutun quvurlari shamol 
kuchi ta’sirida doim tebranib turadi. Qurilish konstruktsiyalarini 
loyihalash va hisoblashda ushbu ta’sirlarni hisobga olish lozimdir. 
SHamol o‘z harakati davomida o‘zi bilan qum, hatto mayda shag‘allarni 
ham uchirib ketadi. Eng katta buzuvchi, yemiruvchi ishlarni qum 
parchalari bajaradi. Ular qattiq jinslarga urilib, ular yuzasida turli 
o‘yiqcha va chuqurchalar hosil qiladi. Bu hodisa korroziya deb nom 
olgan. Korroziya tufayli cho‘llarda barpo etilgan elektr va aloqa uzatish 
ustunlari hamda binolarning old ko‘rinishlari yaroqsiz holga kelib qoladi.
Gilli, changsimon va mayin qum zarralari tepaga ko‘tarilib ko‘chadi 
va shamolning kuchiga qarab yuzlab va hatto minglab km gacha ko‘chib 
borishi mumkin. SHu yo‘sinda shamol (eol) yotqiziqlar hosil bo‘ladi. 
Ko‘pchilik hollarda bu yotqiziqlar qum va changning jamlanmasidir. 
Qurilish ishlari uchun qumlarni, qotirib mustahkamlangani muhimdir. 
O‘simlik ildizlari tomirlari orqali mustaxkam mahkamlanmagan bo‘lsa, 
shamol ta’siri ostida osongina qo‘zg‘alishi mumkin. 
Dyunalar daryo va dengiz qirg‘oqlarida uchib yurgan qumning biror 
to‘siqqa (butalar va inshootlarning baland qismiga) urilib to‘planishidan 
hosil bo‘ladi. Bular tepalik ko‘rinishidagi, balandligi 20-40 m va undan 
ham ko‘proq bo‘lgan qum uyurmalaridir. 
Dyunalarning haraktyerli xususiyatlari shamol ta’sirida qumlarning 
tepalikning bir tomonidan ikkinchi tomoniga aylanib o‘tishidir. Dyunalar 
odatda tepaliklar zanjirini hosil qiladi. 
Barxanlar ko‘pincha bir yo‘nalishda esayotgan shamollar ta’sirida 
vujudga keladi. Ularni ko‘ndalang qirqimlari simmetrik bo‘lmasdan, 
shamol esgan tomoni sayoz, qiyalik burchagi 12
0
dan oshmaydi, shamolga 
teskari tomoni qiyaroq bo‘lib, og‘ish burchagi 30
0
-40
0
ga yetadi. O‘rta 


93 
Osiyo cho‘llaridagi barxanlar balandligi 60-70 m, kengligi o‘nlab hatto 
yuzlab metrgacha yetadi.
CHo‘llarda bir qancha barxan tizmalari hosil bo‘lib, ular yuzlab va 
xatto minglab kvadrat km maydonni tashkil etadi. Barxanlar to‘la 
harakatchan qumlardan tashkil topgan. Ularning ko‘chish tezligi, shamol 
kuchiga, barxanning kattaligi va shamolning esish muddatiga bog‘liq 
bo‘ladi. Alohida turuvchi barxan ko‘chishga moyilroqdir. Ular soatiga 5-
6 km dan, yiliga 50-70 m gacha ko‘chib borishi mumkin. Unchalik katta 
bo‘lmagan barxanlarning kuniga bir necha metr ko‘chganlik holatlari ham 
kuzatilgan. Ko‘chib yuruvchi qumlar ancha xavflidir. Ko‘chib yuruvchi 
qumlar oazislar yaqinida, saksovullarni kesib ketilishi va chorva mollarini 
boqish davrida o‘simlikni yo‘qolishi tufayli ko‘plab uchraydi. Qumlarni 
ko‘chishiga turli texnika vositalarining xarakati va yer qazuvchi 
mashinalarning faoliyati ham sabab bo‘lishi mumkin.
Bino va inshootlarni qurish va undan foydalanish davrida ko‘chib 
yuruvchi qumlarga nisbatan doimiy kurashish lozim. Bu maqsadda bir 
qator usullar qo‘llaniladi: 
1. SHamolni yo‘lini to‘siqlar yordamida to‘sib qo‘yish. Lekin bu 
usul shamol yo‘nalishi o‘zgaruvchan bo‘lgan hududlarda yaxshi samara 
byermaydi. 
2. Ko‘chishga qarshi kurashning asosiy usullaridan biri, o‘simlik va 
daraxtlar ekishdir. Ekilgan o‘simlik va daraxtlar o‘z ildizlari bilan 
qumning yuqori qatlamlarini qotirib ushlab turadi.
3. Qumlarni turli moddalar va yeritmalar bilan qotirish. Bularga 
bitumlash va tsementlash kiradi. Bu usullar anchagina syerharajat bo‘lib, 
qotirilgan qum qatlami uzoq muddatga chidamaydi va shamolning tezligi
20 m/sekdan ortsa osongina ko‘chib, uchishga boshlaydi. 
4. Qumlarni inshoot oldida to‘planmasdan to‘siqsiz o‘tib ketadigan 
shakllarda loyihalash (masalan yo‘llarda). 
SHamol o‘z yo‘lida tog‘ jinslariga mexanikaviy ta’sir etishi 
natijasida undan mayda zarralarni va nurash mahsulotlarni o‘zi bilan olib 
chiqib ketadi. Bu hodisa - deflyatsiya deb atalib, u tog‘ jinslarini
batamom buzilishiga olib keladi. SHamol ta’sirida cho‘llarda katta - katta 
qum tepaliklari, do‘ngliklar hosil kiladi. Bular qum barxanlari deb 
ataladi. Qum do‘ngliklari Saxroi Kabirda, Arabiston yarim orolida, 


94 
Meksika, ekvator sahrolarida, Respublikamizda Orol dengizi bo‘ylarida,
Amudaryo qirg‘og‘ida, Qoraqum va Qizilqum sahrolarida, Farg‘ona 
vodiysidagi Yozyovon cho‘llarida va Mirzacho‘lda uchraydi. Bu 
do‘ngliklar shamol ta’sirida bir joydan ikkinchi joyga ko‘chib yuradi. 
SHamol ta’sirida tuproqning mayda zarrali qismi hamda undagi 
chirindi va ozuqa moddalar yo‘qoladi, natijada tuproqning unumdorligi 
nihoyatda pasayadi. SHamol yerning unumdor qatlamlarini sidirib 
ketishdan tashqari ba’zi hududlarni sho‘rlanishiga ham sabab bo‘ladi. 
Ma’lumki, sho‘rxok yerlarda, dengizning qurigan qismlarida va 
qirg‘oqlarida tuz yig‘iladi. SHamol bu tuzlarni uchirib, boshqa joylarga 
uchirib yotqizadi, natijada unumdor yerlar sho‘rxok yerlarga aylanadi. Bu 
hodisani Mirzacho‘lda, Farg‘ona va Qarshi cho‘llarida ko‘p kuzatish 
mumkin. SHamol Eroziyasini (emirilishi) bartaraf kilishda, temir 
yo‘llarni, paxta maydonlarini, bog‘larni, kanallarni shamollardan himoya 
qilishda maxsus yupqa kobiklar hosil kiluvchi moddalar ishlatilmokda. 
Bu moddalardan masalan - poliakriladning suvdagi yeritmasi, harakat 
qiluvchi qumlar ustiga sepilganda ma’lum qalinlikda yupqa qatlam hosil 
bo‘ladi va qum ko‘chishdan tuxtaydi.
SHuningdek, qumlarni ustida qoplamalar hosil qilishda tsementni, 
suyuq shisha, qorishmalarni, neft bitumlarini ishlatish ham tavsiya etiladi.
SHamol suv va muzliklar nurash mahsulotlarini bir joydan ikkinchi 
joyga ko‘chirish bilangina chegaralanmaydi, balki ular tog‘ jinslarini 
mexanikaviy ravishda parchalaydi va yer yuzi rel’efini o‘zgartiradi. Bu 
hodisa geologiya fanida - denudatsiya jarayoni deb ataladi. 

Download 6,24 Mb.
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   75




Download 6,24 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-§. SHamolning geologik ishi. Eol yotqiziqlar

Download 6,24 Mb.
Pdf ko'rish