• 7.1-§. Yer osti suvlarining paydo bo‘lishi
  • Namangan muhandislik-qurilish instituti rizaev bahodir shamsiddinovich, qosimov ilhom ma




    Download 6,24 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet41/75
    Sana04.02.2024
    Hajmi6,24 Mb.
    #151293
    1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   75
    Bog'liq
    63f5ba6711d31 Геология ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА

    7-BOB. YER OSTI SUVLARI 
    Tayanch so`z va iboralar: yer osti suvlari, atmosfera yog‘inlari, 
    yuzaki suvlar, juda yumshoq suv, yumshoq suv,o‘rtacha qattiq suv, qattiq 
    suv, juda qattiq, grunt suvlari, grunt suvlari sathi, gidroizogips chiziqlari, 
    gidroizogips haritasi, qatlamlararo yer osti suvlari, quduq, zovurlar, 
    artezian suvlar. 
     
    7.1-§. Yer osti suvlarining paydo bo‘lishi 
    Yer yuzidagi suv har doim harakatda bo‘ladi. Dengiz, okean va 
    quruqlik yuzalaridagi suv bug‘lanib, atmosferaga ko‘tariladi. 
    Ma’lum sharoitlarda atmosferadagi suv bug‘lari kondensatlanib, 
    qor, yomg‘ir shaklida yer yuzasiga, suv havzalariga qaytib tushadi. SHu 
    tariqa suvning tabiatda aylanishi kuzatiladi (7.1-rasm). 
    Atmosfera yog‘inlari va yuzaki suvlar yerga shimila borib, yer 
    qobig‘ini geologik sharoiti, tog‘ jinsining suv o‘tkazuvchanligi, haroratiga 
    qarab yer osti suvlarini hosil kiladi. 
    Atmosfera suvlaridan tashqari yer qobig‘ida chuqurlik suvlari 
    mavjuddir. Ular kislorod va vodorodning birikishidan hosil bo‘lib, 
    yerigan va asta - sovib borayotgan tog‘ jinslaridan ajralib chiqadi. 
    Atmosfera suvlarining yerga shimilishidan hosil bo‘lgan suv - fil’trlanish 
    suvlari deb ataladi. Atmosfera yog‘inlari qancha ko‘p bo‘lsa, u 
    gravatatsion suv shaklida, tuproqda to‘planib, seqin oqa boshlaydi va 
    bug‘lanish bo‘lmaydigan chuqurlikgacha kirib boradi. SHu tariqa yer osti 
    suvlarining o‘rni har doim to‘lib turadi.


    112 
    Yer osti suvlari infil’tratsiyadan, ya’ni atmosfera suvlarining yerga 
    singishidan tashqari, kondensatsiya yordami bilan ham hosil bo‘ladi. 
    Kondensatsiya deganda atmosferada tuproqka kirgan suv bug‘ining suvga 
    aylanishi jarayoni tushuniladi. Yer ustidagi havo suv bug‘iga to‘yingan 
    bo‘lsa, hamma vaqt suv bug‘i tuproqka kira oladi. Tuproq harorati 
    pastroq bo‘lsa, tuproqka kirib borgan bug‘ quyuqlashib, kondensatlanib 
    suvga aylanadi. 

    Download 6,24 Mb.
    1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   75




    Download 6,24 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Namangan muhandislik-qurilish instituti rizaev bahodir shamsiddinovich, qosimov ilhom ma

    Download 6,24 Mb.
    Pdf ko'rish