102
1. Qurilish maydonidagi plivunlarni sun’iy ravishda qotirish. Bu
usul o‘z navbatida 3 ga bo‘linadi:
a) xandaqdagi suvni maxsus nasoslar bilan chiqarib olinadi.
b) suyuqlanuvchi qatlamlar ustidan fil’trlar qoqiladi. Qoqilgan
fil’trni bir qismi plivun orasida bo‘lsa, boshqa qismi uning ostidagi
qatlamda bo‘ladi. Bunda plivun suv fil’trlar orqali ostki qatlamlarga
o‘tib ketadi. Bu usul plivunning fil’trlanish koeffitsientining qiymati
birdan kichik bo‘lganda qo‘llaniladi.
v) nina fil’trlar orqali plivunga elektr toki yuborib, konsistentsiyasi
o‘zgartiriladi. Buning uchun bir - biridan ma’lum masofada joylashadigan
qilib, elektrodlar qoqilib, ularga o‘zgarmas tok yuboriladi. Bu usul
fil’trlanish koeffitsientining qiymati 0,2 dan kichik bo‘lmagan
gil va
lyossimon jinslar uchun qo‘llaniladi.
2. Plivunlarning shpunt yordamida to‘sib ko‘yish.
Buning uchun bino yoki inshoot poydevori o‘rni ochilib, xandaq
qazishdan avval atrofi bo‘ylab 4 - 5 metrgacha chuqurlikkacha yog‘och,
temir-beton, metall ustunlarni qoqib kiritilib devor hosil kilinadi (6.10-
rasm).
3. Plivunlarni muzlatib kuyish
usuli
qo‘llanganda,
qumning
mustahkamligi
vaqtincha
ortadi.
Buning uchun xandaq atrofiga mahsus
moslama bilan sovutilgan CaCl
2
yeritmasi bosim ostida yuborib
turiladi.
Yeritmaning xandaq atrofida
aylanishidan jinslar - 20
0
S dan - 40
0
S
gacha muzlaydi. Bu xandaq atrofida
suv o‘tkazmaydigan muzlagan qatlam
hosil bo‘lishini ta’minlaydi.
Plivun tarkibidagi suvni havo
bilan siqib chiqarish. Buning uchun plivun ustiga kesson poydevori
o‘rnatilib, uning ichiga 0,25 MPa havo bosimi byeriladi. Bosim ta’siridan
plivunlar tarkibidagi suv, havo bilan
har tomonga tarqalib, u suvsizlanish
natijasida suyuqlanishdan to‘xtaydi. SHundan so‘ng qotgan plivunni
103
bemalol qazib olish mumkin bo‘ladi. Bu usulning kamchiligi, uni katta
maydonlarga tarqalgan plivunlarda ishlatib bo‘lmasligidir.
Plivunlarning ichiga suyultirilgan shisha moddasini yuborish usuli -
silikatlash deb ataladi. Buning uchun burg‘ quduqlari qazilib, qum
qatlamlar ichiga quvurlar orqali suyuq shisha va suyuq kal’tsiy
xlorid
yuboriladi. Yeritmalar qum qatlamiga shimilib, uni qattik tog‘ jinsiga
aylantiradi. Ushbu usul ancha qimmatliligiga qaramasdan, juda samarali
natijalarni beradi.