Namangan muhandislik-qurilish instituti rizaev bahodir shamsiddinovich, qosimov ilhom ma




Download 6,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/75
Sana04.02.2024
Hajmi6,24 Mb.
#151293
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   75
Bog'liq
63f5ba6711d31 Геология ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА

Grunt suvlari sathi. Respublikamiz xalq xo‘jaligida yer osti 
suvlarining ahamiyati juda ham kattadir. Hozirda, bu suvlar aholi 
yashaydigan joylarda ichimlik suvi sifatida, sanoat korxonalarida 
texnikaviy suv sifatida, sug‘oriladigan yerlarda sug‘orish, yaylovlarda 
chorva mollarini sug‘orish uchun, shuningdek shifobaxsh suv sifatida 
xalq xo‘jaligining boshqa tarmoqlarida keng ko‘lamda foydalanilmoqda. 
Respublikamizning cho‘l hududlarida ular asosiy suv manbai bo‘lib 
hisoblanadi.
Mamlakatimizda yer osti suvlari zahirasi juda ko‘p bo‘lib, ulardan 
ichimlik suvi sifatida kovlangan 3000 dan ortiq burg‘ quduq 
ishlatilmoqda. 
Gidrogeologik qidiruv ishlari natijasida burg‘ quduq qaziladigan 
joylarning va qaziladigan burg‘ quduqlarining loyihasi tuziladi. 
Quduqlar qazilgach, mahsus asbob yordamida grunt suvining yotish 
chuqurligi aniqlanadi (7.4 va 7.5-rasmlar). Xaritaga qurilish xududidagi 
suvli hamma burg‘ quduqlari tushiriladi. Bu ma’lumotlarga asoslanib, 
gidroizogips va grunt suvlarining tarqalish chuqurligi xaritalari tuziladi. 
Quduqlardagi suvlarning sathini, nisbiy bir xil balandligini birlashtirgan 
chiziq- gidroizogips chiziqlari deb ataladi. Gidroizogips chiziqlari orasi 
0,5...1 m qilib olinadi. Gidroizogips chiziqlari yig‘indisi gidroizogips 
xaritasini hosil qiladi (7.6-rasm). Grunt suvlarining oqimi gidroizogips 
chizig‘iga har doim pyerpendikulyar bo‘ladi, chunki grunt suvlari yuqori 
nisbiy belgidan pastki nisbiy belgiga qarab harakatlanadi. 
Muhandislik geologik masalalarni yechishda gidroizogips xaritasi 
asosiy hujjat bo‘lib xizmat kiladi. Gidroizogips xaritasidan grunt suvlar 
oqimini 
istalgan 
joydagi yo‘nalishini gidroizogips chizig‘iga 
pyerpendikulyar o‘tkazib aniqlash mumkin: xarita masshtabi bo‘yicha bir 
gidroizogips balandligidan, ikkinchi gidroizogips balandligini ayirib, ular 
orasidagi masofaga bo‘lsak, yer osti suvi oqimining qalinligini aniqlash 
mumkin. 


118 
Yer yuzasining balandligidan, gidroizogips chizig‘i sathini ayirsak 
yer osti suvining yotish chuqurligini aniqlaymiz. 
Grunt suvlari o‘ziga xos bo‘lgan tartibda o‘zgarib turadi. Vaqt 
davomida grunt suvlarining sathi, sarfi, kimyoviy tarkibi, harorati va 
boshqa xossalarining o‘zgarib turishi bunga misoldir. Yuqoridagi 
o‘zgarishlar yil, mavsum, oy va hatto bir kunda ham ro‘y berishi mumkin 
O‘zgarishlarni katta farq qilishligi, grunt suvlarining yer yuzasiga 
yaqinligiga, ta’minlanish va sarf bo‘lish sohasining uzoq, yaqinligiga ham 
bog‘liqdir. Ayniqsa, grunt suvlarining harorati va sathi o‘zgaruvchan 
xususiyatga ega bo‘ladi. 
Ba’zi hollarda uning sathlarida farqlar bir necha metrlarga yetadi. 
Grunt suvlarining rejimiga juda ko‘p omillar: yotish sharoiti, 
ta’minlanishi, suv almashishi ta’sir etadi. Ulardan eng asosiylari suv 
to‘planadigan muhit, iqlim, rel’ef va insonlarning faoliyatlaridir. 
Grunt suvlarining rejimini bilish katta amaliy ahamiyatga egadir. 
Buning uchun maxsus o‘rganuvchi markazlar tuzilib, ular yer osti suvlari 
rejimining qonuniyatlarini, ularni keltirib chiqaruvchi omillarni va sun’iy 
aralashish yo‘li bilan, o‘zgarishlarni oldindan aytib berish masalalarini
o‘rganadi. 

Download 6,24 Mb.
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   75




Download 6,24 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Namangan muhandislik-qurilish instituti rizaev bahodir shamsiddinovich, qosimov ilhom ma

Download 6,24 Mb.
Pdf ko'rish