• Yuzaki suvlar
  • -§. Yer osti suvlarining yotish sharoiti buyicha turlari




    Download 6,24 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet44/75
    Sana04.02.2024
    Hajmi6,24 Mb.
    #151293
    1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   75
    Bog'liq
    63f5ba6711d31 Геология ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА

    7.3-§. Yer osti suvlarining yotish sharoiti buyicha turlari 
    Yer osti suvlarini yer qobig‘ida joylashishi bo‘yicha turlari 
    gidrogeologiyada muhim o‘rin tutadi. Yotish sharoiti bo‘yicha yer osti 
    suvlari quyidagi turlarga bo‘linadi: yuzaki suvlar, grunt suvlari
    qatlamlararo suvlar (7.2-rasm).
    Bu asosiy guruhlardagi 
    yer osti suvlaridan tashqari 
    o‘ziga xos hosil bo‘lgan 
    darzliklar orasidagi karst va 
    mineralli suvlar ham bo‘ladi. 
    Yuzaki suvlar-Aeratsiya 
    chegarasida 
    vaqtinchalik 
    yig‘ilib 
    qolgan 
    yer 
    osti 


    115 
    suvlarini-yuzaki suvlar deb ataladi. Aeratsiya chegarasi uncha chuqur 
    bo‘lmasdan grunt suvlari gorizonti ustida joylashadi. Yuzaki suvlar 
    suvning suv o‘tkazmaydigan yoki yarim o‘tkazmaydigan qatlamlari
    masalan; gilli linzalar, qumoqli qum yoki zich tog‘ jinslari ustida 
    to‘planishidan paydo bo‘ladi. Suvning tuproqqa shimilishi (infil’tratsiya) 
    chog‘ida, suv vaqtincha bu qatlam ustida to‘xtalib, suvli gorizont hosil 
    kiladi. Yuzaki suvlar mavsumiy bo‘lib, yomg‘irlar yog‘ishi va qorlar
    yerishi davrida hosil bo‘ladi. Boshqa paytlarda bu suvlar yer yuziga 
    yaqin bo‘lsa, bug‘lanib ketadi yoki ostki gruntlarga shimilib ketishi 
    mumkin. Qish mavsumida yuzaki suvlar muzlaydi, yozda issiq kunlarda 
    ularning harorati 25
    0
    ... 30
    0
    S gacha yetadi. Yuzaki suvlar - aeratsiya 
    chegarasida suv o‘tkazmaydigan qatlami bo‘lmagan takdirda ham 
    vujudga kelishi mumkin. Masalan, qumoq grunt qatlamiga anchagina 
    miqdorda suv yig‘iladi, ammo uning suv o‘tkazuvchanligi past 
    bo‘lganligidan shimilish jarayoni sekin boradi (7.3-rasm).
    Yuzaki suvlarga xos bo‘lgan xususiyatlar quyidagilardir: 
    vaqtinchalik, mavsumiy paydo bo‘lishi, katta bo‘lmagan maydonlarda 
    tarqalishi, bosimsizlik va kichik qalinlikka ega bo‘lishlik. Suvni o‘zidan 
    yaxshi o‘tkazadigan jinslar, masalan qumlarda yuzaki suvlar kam 
    uchraydi, har xil qumloq tuproqlarda va lyoss jinslari bo‘lgan hududlarda 
    yuzaki suvlar ko‘plab tarqalgan. Qurilishda yuzaki suvlar anchagina 
    jiddiy qiyinchiliklar tug‘dirishi mumkin. Qurilishda binolarning yer osti 
    qismlari (yerto‘lalar, qozonxonalar) suvdan yaxshi himoya qilinmagan 
    bo‘lsa yoki suvni chiqarib yuborish choralari ko‘rilmagan bo‘lsa, ular suv 
    ostida qolishi mumkin. So‘nggi tekshirishlar shuni ko‘rsatadiki, suv 
    jo‘mraklaridan va suv havzalaridan suvning oqishi natijasida lyoss tog‘ 
    jinslari 
    tarqalgan 
    hududlarda sanoat 
    korxonalari va turar 
    joy binolari atrofida 
    yuza 
    suvlarining 
    ko‘tarilishi 
    kuzatilmoqda. 
    Bu
    esa bino zaminining 
    mustahkamligiga 


    116 
    katta ta’sir etadi va inshootning turg‘unligini kamaytiradi. 

    Download 6,24 Mb.
    1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   75




    Download 6,24 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -§. Yer osti suvlarining yotish sharoiti buyicha turlari

    Download 6,24 Mb.
    Pdf ko'rish