• Tayanch so`z va iboralar
  • 8.1-§. Gruntlarning turlari
  • Namangan muhandislik-qurilish instituti rizaev bahodir shamsiddinovich, qosimov ilhom ma




    Download 6,24 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet52/75
    Sana04.02.2024
    Hajmi6,24 Mb.
    #151293
    1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   75
    Bog'liq
    63f5ba6711d31 Геология ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА

     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     


    131 
    8-BOB. GRUNTLARNING MUHANDIS – GEOLOGIK TURI VA 
    FIZIK-MEXANIK XOSSALARI 
    Tayanch so`z va iboralar: grunt, qoya gruntlari, yirik zarrali 
    gruntlar, qumli gruntlar, loyli gruntlar, loysimon matyeriallar, kaolinit, 
    illit, montmorillonit, lyoss, lyossimon tog‘ jinslari, qattiq-mineral 
    zarrachalar, suyuq-g‘ovaklardagi suvlar, gaz-havo qismi. 
    8.1-§. Gruntlarning turlari 
    Yer qobig‘ining yemirilishi natijasida hosil bo‘lgan sochiluvchan 
    yoki bog‘langan tog‘ jinslariga grunt deb ataladi. Ularning zarrachalararo 
    mustahkamligi mineral zarrachalar mustahkamligidan bir necha marta 
    kam yoki zarrachalararo bog‘lanishlar umuman mavjud emas. 
    Gruntlarni yana quyidagicha ta’riflash ham mumkin: grunt insonlar 
    muhandislik-qurilish faoliyatining asosi bo‘lib hisoblanadigan tog‘ 
    jinsidir. Qoya gruntlari va tuproqlar ham grunt deb nomlanadi. 
    Hozirgi zamon binokorlik ishlariga oid xujjatlarda (qurilish 
    me’zonlari va qoidalar; me’zonlar va texnik ko‘rsatmalar va h.k.) tabiiy 
    holatdagi zaminlarni tashkil etuvchi gruntlar quyidagi turlarga bo‘linadi: 
    Qoya gruntlari, yirik zarrali gruntlar, qumli va loyli gruntlar. 
    Qoya gruntlari. Zarralari o‘zaro bikr bog‘langan, yopishgan yoki 
    jipslashgan yaxlit holatdagi magmatik, metamorfik va cho‘kindi tog‘ 
    jinslari qoya gruntlari deyiladi.
    Magmatik tog‘ jinslari yuqori harorat ostida suyuq holda yer 
    qa’ridan otilib chiqib, so‘ng qotgan jinslardir. Ularga misol tariqasida 
    tabiatda keng tarqalgan granit, sienit, bazal’t, diabaz, porfir va 
    boshqalarni keltirish kifoya. 
    Yerda doim sodir bo‘ladigan ichki-tashqi harakatlar natijasida 
    chuqur qatlamlarga tushib qolgan gruntlar juda yuqori harorat, bosim va 
    kimyoviy ta’sirlarga uchrab, butunlay o‘zgaradi hamda metamorfik tog‘ 
    jinslarini hosil qiladi. Tabiatda ular ko‘pincha dastlabki holatini saqlab 
    qoladi. Masalan marmar, gneys, slanets va b. 
    Ma’lumki, yer yuzidagi tog‘ jinslari havo, suv va issiqlik ta’sirida 
    doim yemirilib turadi. Suvdan quruqlikka yoki aksincha sharoitlarga 
    tushib qolgan bunday jinslar vaqt o‘tishi bilan ma’lum qatlamlarga tushib 
    qolgan bunday jinslar vaqt o‘tishi bilan ma’lum qatlamlarga to‘planib 
    qolishi natijasida cho‘kindi jismlar hosil bo‘ladi. Inshoot zamini sifatida 


    132 
    keng foydalanadigan bunday jinslarga yirik-mayda tosh, shag‘al, qum, 
    loyli qum, qumli loy va loylar kiradi.
    Qoya gruntlari suvga chidamli bo‘lib, ularda suv yoriqlar bo‘ylab 
    harakat qiladi. Qoya gruntlari mustahkamlik ko‘rsatkichlari bo‘yicha 
    beton, g‘isht va shunga o‘xshash binokorlik ashyolaridan deyarli farq 
    qilmaydi. Lekin shunga qaramay, ular vaqt o‘tishi bilan tashqi muhit 
    ta’sirida yemiriladi. Bunda suvning ta’siri kuchlidir. U qoya yoriqlari 
    bo‘ylab siljib, zarralararo yopishtiruvchi moddadarni asta sekin yeritib 
    boradi. Ayniqsa, suv tarkibida turli ishqoriy moddalar bo‘lganda bunday 
    xolat tez yuz beradi. 
    Yarim qoya gruntlari zamin sifatida xamma vaqt xam qo‘l 
    kelavyermaydi. Ulardan foydalanishdan oldin, yoriqlarini tsement yoki 
    mum bilan to‘ldirib, mustaxkamlash talab etiladi. 
    Yirik zarrali gruntlar. Bunday gruntlarga grunt massasining 
    yarmidan ortig‘ini tashkil etuvchi o‘lchamlari 2 mm dan ortiq bo‘lgan 
    magmatik yoki cho‘kindi jinslar kiradi. Odatda, ularning zarralari o‘zaro 
    bog‘lanmagan bo‘ladi. 
    SHag‘al va toshlar yirik zarrali grunt xisoblanadi. SHag‘al deganda 
    g‘adir-budur tog‘ jinslarining o‘lchamlari 10-100 mm bo‘lgan bo‘laklari 
    tushiniladi. Agar bo‘laklarning sirti tekis bo‘lsa, yirik toshlar deyiladi. 2-
    10 mm o‘lchamlilari mayda toshlar deyiladi. 
    Yirik zarrali gruntlar shamol, yog‘ingarchilik va daryo suvlari 
    ta’sirida yuzaga keladi. Ular zamin sifatida o‘rtacha qiymatga ega 
    bo‘ladi. Bosim ta’sirida kam siqilishi, siljishga mustahkamligi va ayniqsa, 
    suvga chidamliligi ularning muhim hususiyati hisoblanadi. Bu 
    gruntlarning zichligi ortishi bilan mutahkamlik ko‘rsatkichlari ortib 
    boradi. 
    Qumli gruntlar. Tabiatda ularning shakli turlicha bo‘lib, ko‘pincha 
    dumaloqroq bo‘ladi. Ularning tarkibida asosan kvarts bo‘lib, ba’zan dala 
    shpati, slyuda kabi minerallar uchraydi. 
    Qum zarralarining o‘lchami 0,05-5,0 mm atrofida bo‘ladi. Ular 
    orasida 0,005-0,05 mm yirikladagi changsimon zarrachalar ham uchrashi 
    mumkin. CHangsimon zarrachalar ham aslida dastlabki tog‘ jinsining 
    yemirilishi natijasida qum bilan pavydo bo‘lgani uchun ularninnsh 
    mineral tarkibi va boshqa xususiyatlari o‘xshashdir. SHuningdek qum 


    133 
    tarkibida o‘lchami 0,005 mm kichik bo‘lgan loysimon zarrachalar ham 
    uchrab turadi, lekin ular 3% dan kam bo‘lgani uchun qumning 
    xususiyatlariga deyarli ta’sir etmaydi.
    Qumlar xosil bo‘lish sharoitiga ko‘ra turlicha bo‘ladi. Masalan, 
    dengiz cho‘kindisi tarkibida xosil bo‘lgan qum mayda zarrachalarning 
    miqdori ko‘pligi bilan ajralib turadi. Daryo oqimida xosil bo‘lgan qum 
    esa tekis qatlam holida, muzliklar davridagi qum-dag‘al, aralash; shamol 
    ta’siridla xosil bo‘lgan qum esa mayda zarrali holatda nomoyon bo‘ladi.
    Qatlami qalin tekkis zichlashgan qum ancha mustaxkam zamin 
    vazifasini o‘taydi. SHu bilan birga yuk ko‘tarish xususiyati qum 
    donalarining yiriklashishi bilan ortib boradi.
    Agar qum to‘kma xolatda uchrasa, uni bino qurishdan oldin 
    zichlashtirish talab etiladi. 
    Suv bilan to‘yingan qum qatlamlarida zovur qazish ishlari nihoyatda 
    extiyotkorlik bilan olib boriladi, chunki bunda paydo bo‘luvchi suv 
    oqimlari gruntni bo‘shashtirib yuborishi mumkin. 
    Suvga to‘yingan mayda zarrali syerg‘ovak qum tabiatda muvozanat 
    holatda bo‘lib, kavlab olingandek tezda oquvchan quyqaga aylanishi 
    mumkin. Suv sizish hususiyati juda kam bo‘lgan bunday gruntlar oson 
    xarakatlanadi, chunki bunda suv, qum zarralaridan ajralmay, ular bilan 
    birga oqadi. SHuning uchun bunday qum quyqa deb yuritiladi. 
    Dinamik kuchlar ta’sirida quyqa qumlarning osongina oquvchan 
    holatga kelishi ko‘pchilikka ma’lumdir. 
    Umumiy xususiyatga ega bo‘lgan yirik zarrali va qumli gruntlar 
    sochiluvchan gruntlar turkumiga kiradi. Donalarining o‘lchami turlicha 
    bo‘lgan bu gruntlar qoya jinslaridek o‘z shaklini saqlay olmaydi va oz 
    miqdordagi siljituvchi kuch ta’sirida tezda shaklini yo‘qotadi. 
    Sochiluvchan gruntlarning mustahkamligi va turg‘unligi ularning 
    zichlik ko‘rsatkichlariga bog‘liq bo‘lib, zichlangan holatda soz, aks holda 
    nosoz zamin hisoblanadi. 
    Sochiluvchan gruntlarning fizik va mexanik xususiyatlari ularning 
    namlik darajasiga bog‘liq bo‘lmaydi. 
    Loyli gruntlar. Loyli gruntlar deganda yopishqoqlik xususiyatiga 
    ega bo‘lgan, zarralari o‘zaro bog‘langan gruntlar nazarda tutiladi. 


    134 
    Ma’lumki, bunday jismlar kuch ta’sir etganda o‘z shaklini o‘zgartirib, 
    kuch olingandan keyin ham o‘zgargan shaklini saqlab qoladi. 
    Loyli gruntlar suv qo‘shilganda qattiq holdan yumshoq holga, 
    namlik yanada oshirilganda esa oquvchanlik holiga oson o‘tadi. 
    Loyli gruntlar asosan kimyoviy ta’sir natijasida tog‘ jinsining yemirilishi 
    tufayli hosil bo‘ladi. Ularning tarkibini kam miqdorda uchraydigan mayda 
    qumli va changsimon zarralar bilan bir qatorda ignasimon va yoysimon 
    shakldagi o‘lchami 0,005 mm dan kichik loysimon zarrachalar tashkil 
    etadi. Tadqiqotchi olimlarning guvohlik berishicha, loysimon zarrachalar 
    birlamchi minerallarning kimyoviy yemirilishidan hosil bo‘lgan 
    ikkilamchi minerallardan tashkil topgan. SHuning uchun ham ularning 
    namlanganda ko‘pchib, quritilganda qotish hususiyatiga ega bo‘ladi. 
    Loysimon matyeriallar kaolinit, illit (gidroslyuda) va montmorillonit 
    deb nomlanuvchi turkumga bo‘linadi. Montmorillonit zarralari nihoyatda 
    mayda bo‘ladi. 
    Kaolinit turkumiga kiruvchi loysimon matyeriallar, asosan yer 
    yuzasidagi chuchuk suvlar oqimidan hosil bo‘lib, mustahkam bog‘langan 
    kristall panjarali bo‘ladi. Suv ta’sirida ular deyarli ko‘pchimaydi. 
    Sovuq va iliq iqlim sharoitida dengiz va quruqlikda hosil bo‘ladigan 
    illit turkumiga kiruvchi loysimon zarrachalar ko‘proq to‘rtlamchi muzlik 
    davri qatlamlarida uchraydi. Bunday loyli gruntlarga xos bo‘lgan 
    xususiyat ularning kam ko‘pchishidir. 
    Montmorillonit turkumiga kiruvchi minerallar dengiz va quruqlik 
    sharoitidagi sho‘r suvlarda hosil bo‘ladi. Kristall panjarali bunday 
    minerallar syerg‘ovak bo‘lib, g‘ovaklariga suv molekulalari kirganida 
    panjaralar orasi kengayadi. Natijada mineral ko‘pchishi yuzaga keladi. 
    Turli davrlarda hosil bo‘lgan loyli gruntlar turli zichlikka ega bo‘lib, 
    zarralararo bog‘lanish kuchining mustahkamligi bilan farq qiladi. Loyli 
    gruntlar hosil bo‘lish davriga, sharoitiga qarab turlicha mustahkamlikka 
    ega bo‘ladi. 
    Loyli gruntlarning hosil bo‘lish sharoitiga, tarkibi va xususiyatlariga 
    qarab bir qancha turlari mavjud. Masalan, muzlik davri loyi (morena), 
    tasmasimon loy, lyoss, balchiq, sho‘rlangan loy, o‘simlik qoldiqlariga boy 
    loy shular jumlasidandir. Ularning ichida lyoss va lyossimon loyli 
    gruntlar O‘zbekiston sharoitida ko‘p uchraydi. 


    135 
    Lyosslar loyli gruntlar turkumiga kirib, o‘ziga xos xususiyatlari 
    bilan ajralib turadi. Ular tarkibi jihatidan deyarli bir xil jinsli hisoblanib, 
    50-80% ni changsimon zarrachalar (0,005-0,05 mm) tashkil etadi. 
    Lyoss sariq qo‘ng‘ir rangdagi kvarts, dala shpati, slyuda, loysimon 
    zarralar aralashmasi, temir gidroksid va boshqa minerallardan tashkil 
    topgan.
    SHamol ta’sirida hosil bo‘lgan lyoss ohak, ganch va boshqa suvda 
    oson yeriydigan tuzlardan tashkil topgan. Ular grunt tarkibining 10-25%
    ni tashkil etadi.Lyoss gruntlarida ohak nafaqat zarralararo bog‘lanish 
    pardasi, balki alohida zarra sifatida ham uchraydi. 
    Lyoss gruntlarining o‘ziga xos xususiyatlaridan biri ularda tik 
    yo‘nalgan chuqurchalar yoki ko‘p teshiklar shaklidagi oddiy ko‘z 
    ilg‘aydigan yirik g‘ovaklarning bo‘lishidir. Yirik g‘ovaklar soni 
    ko‘pincha grunt hajmining 13 qismini tashkil etadi. G’ovaklar orqali 
    suv osongina grunt qatlamlariga kirib boradi. Lyoss zarralari-aro kuchsiz 
    bog‘langanligi sababli suv ta’sirida grunt tez namlanib bokadi va natijada 
    bog‘lovchi kuchlar yo‘qolib, o‘ta cho‘kish holati ro‘y beradi. Zaminning 
    bunday notekis o‘ta cho‘kishi natijasida har qanday inshoot zarar ko‘rishi 
    muqarrardir. 

    Download 6,24 Mb.
    1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   75




    Download 6,24 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Namangan muhandislik-qurilish instituti rizaev bahodir shamsiddinovich, qosimov ilhom ma

    Download 6,24 Mb.
    Pdf ko'rish