-§. Muhandislik - geologik qidiruv ishlarida qo‘llaniladigan




Download 6,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/75
Sana04.02.2024
Hajmi6,24 Mb.
#151293
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   75
Bog'liq
63f5ba6711d31 Геология ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА

9.4-§. Muhandislik - geologik qidiruv ishlarida qo‘llaniladigan 
geofizikaviy tekshirish usullari 
Geofizik tekshirish usullari yordamchi usullar bo‘lib, geologik 
qidiruv ishlari bilan birga olib boriladi va ko‘p hollarda shurf qazish, 
parmalash ishlari hajmini kamaytiradi. 
Bu usullar yordamida tog‘ jinsining fizik - mexanik xossalarini
kimyoviy tarkibini, yer osti suvlarini tarqalish sharoitini va yo‘nalishini, 
fizikaviy - geologik va muhandislik - geologik jarayonlarni va boshqalarni 
o‘rganish mumkin. 
Muhandislik-geologik qidiruv ishlarida, asosan, geofizikaviy 
tekshirish usullari elektrometrik va seysmometrik qidiruv usuli keng 
foydalaniladi. 
Seysmometrik qidiruv usuli sun’iy hosil qilingan va tabiiy yo‘l bilan 
hosil bo‘lgan to‘lqinlarning tog‘ jinslaridan o‘tish tezligiga asoslangan.
Keyingi paytda bir kanalli mikroseysmik uskunalardan foydalanib, 
tog‘ jinslari qatlamlarining qalinligi, daryoning eski o‘zanlari tubi, grunt 
suvlarining yotish chuqurligi aniqlanmoqda. 
Murakkab geologik tuzilishga ega bo‘lgan sharoitda seysmometriya 
usullari yaxshi natija byermaydi. 
Elektrometrik usullar tog‘ jinsi massivlarida hosil bo‘lgan tabiiy va 
sun’iy elektr maydonni o‘rganishga asoslangan. 
Har bir tog‘ jinsi o‘ziga xos solishtirma qarshilikka ega bo‘ladi, bu 
esa tog‘ jinslari qirqimini o‘rganishga asosiy parametr bo‘lib xizmat 
qiladi. 


152 
Muhandislik - geologik ishlarda elektrometrik tekshirish 
usullaridan: vertikal elektr zondlash, (VEZ), elektrik-profilli (EP), tabiiy 
polimyerlanish (TP) usullaridan keng foydalanilmokda. 
Bu usullar asosida yer osti suvlarining yotish chuqurligi
surilmalarning surilish tekisligi va har xil litologik tarkibga ega bo‘lgan 
qatlam chegaralarini aniqlash mumkin. 
Geofizik ishlarning ko‘pchiligini VEZ, EP, TP va boshqalar 
geodezik ishlar natijasida oldindan tayyorlangan turlarda yoki 
yo‘nalishlarda olib boriladi. 
Geofizik ishlar natijalari shu xududda qazilgan shurf yoki burg‘ 
quduq bilan taqqoslab ko‘rilib, ular byergan ma’lumotlarning to‘g‘riligiga 
ishonch hosil kilinadi. Bu esa muhandislik – geologik ishlarni 
arzonlashtiradi va katta iqtisodiy samara beradi. 

Download 6,24 Mb.
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   75




Download 6,24 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-§. Muhandislik - geologik qidiruv ishlarida qo‘llaniladigan

Download 6,24 Mb.
Pdf ko'rish