167
Gipotsentr -yer ostida yig‘ilgan energiyaning sarf bo‘lish markazi,
ya’ni yorilish hodisasi yuz bergan joy tushiniladi.
Epitsentr - yer ostida yig‘ilgan energiyaning vertikal chiziq bo‘ylab
yer yuzasidagi proyeksiyasi tushiniladi.
Magnituda - inglizcha so‘z bo‘lib, kattalik ma’nosini anglatadi. U
1940-yillarining boshlarida amerika tadqiqotchilari Ch. Rixter va B.
Gugenberlar tomonidan zilzila quvvatining o‘lchami sifatida fanga
kiritilgan bo‘lib, nazariy jihatdan zilzilaning magnitudasi 9 dan oshmaydi.
Umumiy seysmik rayonlashtirish xaritasi - butun respublika
hududi
uchun yaxlit bitta xarita holatida mayda: 1:5 000 000, 1:1 000 000
masshtablarda tuzilib, unda mamlakatimiz hududining qayerida, qanday
kuch bilan yer qimirlash hodisasi yuz berishi mumkinligi ko‘rsatiladi.