Mukammal seysmik rayonlashtirish xaritasi - umumiy seysmik
rayonlashtirish xaritasiga nisbatan yirikroq,o‘rta 1:500 000; 1:200 000;
1:1 00 000 masshtablarda respublikaning ayrim regionlari, ma’muriy
viloyatlari hududlari uchun tuziladi. Bu xaritani tuzishda qo‘llaniladigan
ma’lumotlar ham miqdoriy, ham sifat jihatidan mukammal bo‘ladi.
Qulash hodisasi- surilish hodisasi singari daryo suvlarining tog‘
yon bag‘irlarini yuvib, o‘yib kirib borishi, tektonik harakatlar natijasida,
nurash jarayonida hosil bo‘lgan yoriqlarning asta-sekin kengayib borishi
va bora-bora tog‘ jinslarini o‘z joyida ushlab turuvchi kuchga qaraganda
harakatga keltiruvchi kuchning ortib ketishi natijasida sodir bo‘ladi.
Qulash hodisasini o‘rganish - qulash hodisasi sodir bo‘lishi
kutilgan hududda injener-geologik tekshiruv ishlarini olib boorish,eng
avvalo,shu rayonning geologik tarixi hamda tuzilishiga, hozirgi zamon
tektonik harakatlarining tezligiga, seysmik holatiga, tog‘ jinslaridagi yoriq
va darzlarning tarqalishiga, yillik, sutkalik haroratning o‘zgarish
xarakteriga ahamiyat berishdir.
Cho‘kish hodisasi - lyoss va lyossimon (sog‘ tuproq) tog‘ jinslari
ko‘p tarqalgan hududlarda ma’lum qalinlikdagi lyoss va lyossimon
jinslarning tabiiy va sun’iy namlanishi jarayonida o‘z og‘irligi ostida
g‘ovaklarining kamaytirishi hisobiga siqilishi va cho‘kishi natijasida sodir
bo‘ladi.
168
Karst hodisasi – yer usti va yer osti suvlarining suvda eruvchi tog‘
jinslari (ohaktoshlar, dolomitlar, gips, angidrid va b.) qatlamlari
yoriqlaridan sizib, oqib o‘tishi jarayonida tog‘ jinslarining erishi,
yuvilishi, yemirilishi va hosil bo‘lgan moddalarni olib chiqib ketilishi
natijasida vujudga keladi.