|
Namangan muhandislik-qurilish instituti rizaev bahodir shamsiddinovich, qosimov ilhom maBog'liq 63f5ba6711d31 Геология ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА
Sel – tog‘lik hududlarda yomg‘ir yog‘ishi, mavjud qor
yotqiziqlarining erishi natijasida hosil bo‘lgan suv oqimi tog‘ jinslari
bo‘laklarini harakatga keltirishi va pastga tomon oqizib tusha
boshlashi,suv oqimlari jilg‘alardan, soychalardan chiqib, bir-birlari bilan
qo‘shilishi natijasida katta kuchga ega bo‘lgan yagona oqimni vujudga
keltirishiga aytiladi.
Atmosfera yog‘ini – atmosferadagi suv bug‘lari holatining
o‘zgarishi, unda yuz beradigan jarayonlar (haroratning o‘zgarishi,
havoning suv bug‘lari bilan ‘yinishi, nisbiy namlikning 100 % ga yetishi
va h.k.) oqibatida suv tomchilari vujudga kelishi va yer sathiga yomg‘ir,
qor va jala holatida tushishiga aytiladi.
Bug‘lanish jarayoni - haroratning o‘zgarishi natijasida suvning
suyuq holatdan bug‘ holatiga o‘tishi.
Yer usti suv oqimi - bu suv oqimi daryolar oqimi bo‘lib, yerning
ustki
yuza
qismida
vujudga
kelishi
va
oqishi
bilan
xarakterlanib,daryolarning suvliligi uning havzasi maydonining
kattaligiga, havo bosimiga, ana shu maydonga tushadigan yog‘inning
miqdoriga bog‘liqligidir.
G‘ovak suvlar - yer qobig‘ining eng yuqorigi, yuza qismini tashkil
qiluvchi tog‘ jinslari g‘ovaklaridagi suvlar hisoblanib, bu suvlar asosan
to‘rtlamchi davrning alluvial, alluvial-proluvial genetic guruhidagi jinslar
g‘ovaklarini egallab yotadi.
Karst suvlar – asosan ohaktoshlarda, gipslarda, tuzli jinslarda,
ularni yuvilish oqibatida vujudga keladigan bo‘shliqlar - karst bo‘shliqlari
orqali harakat qiluvchi suvlar.
Tuproq suvlari -tuproq suvlari yerning eng ustki yuza qismida
atmosfera yog‘inlarining (yomg‘ir, qor, jala) hamda havodagi suv
bug‘larining kondensatsiyalanishi va yerga shimilishi, singishi natijasida
paydo bo‘ladi.
|
| |