-§. Bino va inshootlar qurilishida muhandislik - geologik




Download 6,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/75
Sana04.02.2024
Hajmi6,24 Mb.
#151293
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   75
Bog'liq
63f5ba6711d31 Геология ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА

9.5-§. Bino va inshootlar qurilishida muhandislik - geologik
qidiruv ishlari 
Texnikaviy loyiha, ish chizmasi (ikki bosqichli loyihalash). 
Texnikaviy ish loyihasi (bir bosqichli loyihalash). 
Hozirda muhandislik-geologik qidiruv ishlari bir nechta 
bosqichlarda olib boriladi. 
Texnikaviy loyiha bosqichida muhandislik - geologik sharoitni 
haraktyerlash, qurilishga mo‘ljallangan inshoot konturlarida burg‘ 
quduqlari kovlash, qurilish maydonlarida tajribaviy va statsionar ishlar 
olib borish ko‘zda tutiladi. Hozirgi paytda quriladigan inshoot 
konturlarida olib borilgan ishlar ish chizmasi bosqichida kengaytirilar va 
bu orkali kerakli aniqlikda muhandislik - geologik xulosa olish mumkin 
edi, lekin bu ishlarni o‘tkazish juda ko‘p vaqt va mablag‘ talab etadi.
Qurilishga mo‘ljallangan inshoot chegarasi ma’lum bo‘lmagan 
holda muhandislik - geologik tekshirish ishlari, qurilish uchun 
mo‘ljallangan maydonlarning muhandislik - geologik sharoiti va ularni 
yuzaga keltiruvchi qonuniyatlar ochib byeriladi. 
Qurilish maydonida tarqalgan tog‘ jinslarining tarkibi, fizik va 
mexanik xossalari, ularning o‘zgarish qonuniyatlarini, burg‘ quduqlar va 
shurflardan olingan namunalarni o‘rganish yo‘li bilan olib boriladi. 
Qurilish maydonlarida olib boriladigan ishlarning hajmi geologik 
sharoitga bog‘liq bo‘ladi. 


153 
Qurilish maydonlari geologik tuzilishining murakkablik darajasiga
qarab, 3 guruhga bo‘linadi. Har bir guruh uchun kovlanadigan burg‘ 
quduqlar va ular orasidagi masofa quyidagicha qabul kilinadi (9.1 jadval). 
SHurf - to‘g‘ri to‘rtburchak shaklida qaziladigan quduq bo‘lib, unda 
monolit (tog‘ jinslari tabiiy tuzilishining buzilmagan o‘lchamlari 
202020 sm) va namunalar (tabiiy strukturasi buzilgan) shurf 
devorlaridan olinadi. 
9.1-jadval 
Tartib raqami Geologik 
sharoitning 
murakkablik darajasi 
Burg‘ quduqlari va shurf 
orasidagi 
eng 
katta
masofa 

Murakkab 
25 metr va undan kam 

Murakkabligi o‘rtacha 
50 m 

Oddiy 
100 m 
Burg‘ quduqlar va shurflarning chuqurligi har - xil sharoitlarga 
bog‘liq bo‘lib, mo‘ljallangan poydevor enidan 1, 2 . . . 2 marta chuqur 
yoki 6 . . . 8 m bo‘lishi kerak. Agar 10-15 m chuqurlikda qoya, 
mustahkam tog‘ jinslari yotgan bo‘lsa, u holda burg‘ quduqlar va shurflar 
shu tog‘ jinslarigacha yetkaziladi. Agar umumgeologik ma’lumotlarda 
qurilish maydonida tarqalgan tog‘ jinslarining mustahkamligi past deb 
topilsa, u holda burg‘ quduqlar va shurflarning chuqurligi 15 - 20 m 
gacha yetkazilishi mumkin. 
Qurilish maydonidagi tog‘ jinslarining siqiluvchi qatlami qalinligi 
aniq bo‘lmagan, lekin poydevorning turi va 1 m uzunligiga tushadigan 
yuk qiymati ma’lum bo‘lsa, burg‘ quduqlar va shurflarning chuqurligi 9.2 
- jadvaldan olinadi. 
9.2-jadval 
Lentasimon poydevor 
To‘g‘ri to‘rtburchakli poydevor 
Bosim, t/m 
CHuqurlik,m 
Og‘irlik, t 
CHuqurlik, m 
10gacha 
20 
50 
100 
500 

10 
15 
18 
20 
50 gacha 
100 
400 
1000 
5000 
10000 va undan 
kata 


13 
15 
23 
30 
Burg‘ quduqlarning o‘rtacha chuqurligini Amyerika olimi 
D.Sauyersa 100 ga yaqin xududlarni tahlil qilib, ularning chuqurligi 


154 
inshootning eniga va qavatlar soniga bog‘liq deb topdi va quyidagi 9.3 - 
jadvalni tuzdi. 
9.3-jadval 
Inshootning 
kengligi 
Qavatlar soniga qarab burg‘ quduqlarining chuqurligi, m 




12 
30 
60 
120 
3,3 
3,6 
3,6 

6,6 
6,9 
9,9 
12,3 
13,5 
15,9 
20,4 
24,3 
24 
32,4 
40,8 
Mustahkamligi yuqori bo‘lishi lozim inshoot va binolarning asosini 
o‘rganishda ish chizmasi loyihasiga qo‘shimcha ishlar kiritilishi mumkin, 
bu ishlar poydevorni qancha chuqurlikka joylashtirish lozimligi, uning 
o‘lchamlariga oid bo‘lib, o‘tkazilgan ishlarning natijasiga uncha katta 
ta’sir etmaydi. 
Qurilish xandaqlarini qazishda har qanday qonuniyatga 
buysunmaydigan, fizik - mexanik xossalari o‘zgaruvchan tog‘ jinslariga 
katta e’tibor berish shart. 
Ish loyihasida o‘tkazilgan muhandislik - geologik tekshirish ishlari 
tamomila to‘la, inshootning konstruktiv tomonlarini hisobga olgan holda, 
muhandislik - geologik sharoitini baholash bilan birga, qurilishda olib 
boriladigan uslublarni, poydevor turlarini va ularning tejamlilik 
tomonlarini asoslab berish kerak. 

Download 6,24 Mb.
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   75




Download 6,24 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-§. Bino va inshootlar qurilishida muhandislik - geologik

Download 6,24 Mb.
Pdf ko'rish