• 9.7-§. Geologik xaritalar va qirqimlar
  • -§. Laboratoriya sharoitidagi ishlar va kameral ishlar




    Download 6,24 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet62/75
    Sana04.02.2024
    Hajmi6,24 Mb.
    #151293
    1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   75
    Bog'liq
    63f5ba6711d31 Геология ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА

    9.6-§. Laboratoriya sharoitidagi ishlar va kameral ishlar 
    Laboratoriya sharoitidagi ishlar muhandislik - geologik qidiruv 
    ishlari davrida olingan suv va yaxlit jinslar namunalarini tajriba yo‘li 
    bilan aniqlashdan iborat. Bunday ishlar mahsus tajribaxonalarda va dala 
    sharoitida ba’zan dalalarda olib boriladi. 
    Tajribaxonada – gruntlarning donadorlik tarkibi, fizik xossalari, 
    ya’ni: hajmiy massasi, zichlik, tabiiy namligi, gilli gruntlarga xos bo‘lgan 
    xususiyatlardan: ivuvchanlik, ko‘pchishi, plastikligi, ichki ishqalanish 
    burchagi, siljishga qarshiligi, siqiluvchanligi va yer osti suvlarining 
    kimyoviy tarkiblari o‘rganiladi. 
    Tajribaviy ishlar natijasiga ko‘ra gruntlarni tarkibi va fizik - 
    mexanik xususiyatlari bo‘yicha turlari aniqlaniladi va ular keyingi hisob 
    ishlarida kerak bo‘ladi. 


    155 
    Kameral ishlar dala sharoitida va tajriba xona sharoitidagi 
    aniqlangan natijalarni jamlab, tahlil qilishdan iboratdir. Jumladan: 
    1) Muhandis - geologik xaritalar va qirqimlar, hamda turli 
    jadvallarni tuzishda;
    2) Gruntlarning fizik - mexanik xususiyatlarining sonli 
    ko‘rsatgichlarini, rejimli kuzatishlarini, jinslarning yoriqlik va boshqa 
    ko‘rsatgichlarini matematik ishlash va qayta ishlash (shu jumladan EHM 
    larida hisoblash). 
    3) Turli hisobiy ishlar – masalan, gruntlarning hisobiy mexanik 
    ko‘rsatgichlarini hisoblashda. 
    Muhandislik-geologik qidiruv ishlari tugatilgandan so‘ng yakuniy 
    hisobot tuziladi. 
    9.7-§. Geologik xaritalar va qirqimlar 
    Hamma geologik xaritalar ikkiga: tub jinslar va to‘rtlamchi 
    qatlamlar xaritalariga, to‘rtlamchi qatlam tagida yotadiganlar ya’ni 
    to‘rtlamchi qatlamgacha hosil bo‘lgan qatlamlar xaritalariga bo‘linadi. 
    Geologo-litologik xaritagagina - to‘rtlamchi davr xaritasigagina ustida 
    to‘xtalib o‘tamiz. Geologo - litologik xaritalar olib borilgan geologik 
    tekshirishlarning eng muhim xujjatlaridan biridir. Geologo - litologik 
    xarita oddiy topografik xarita bo‘lib, unda turli geologo - litologik 
    jinslarning tarqalishi, ularning uyulish sharoitlari va geologik rasmga 
    tushirishda olingan boshqa ba’zi ma’lumotlar ko‘rsatilgan bo‘ladi. 
    Geologo - litologik xarita geologik elementlarning yer yuzasida qanday 
    tarqalgani tekislikda shartli belgilar (buyoq yoki shtrix litologiyasi) bilan 
    aks ettiriladi. Geologo - litologik xaritani o‘qiy bilish geologik ta’limning 
    muhim elementidir. Har bir geologik xaritada qabul qilingani kabi 
    geologo - litologik xaritada ham barcha shartli belgilarning ruyxati va 
    ularning izohi o‘sha xaritada ko‘rsatiladi. 
    SHartli belgilar jadvali xaritaning biror bo‘sh burchagiga 
    joylashtiriladi. Geologo - litologik xaritalar har xil masshtabda tuziladi, 
    ya’ni qo‘yilgan maqsadni hal qilishga asoslanib masshtab tanlanadi. 
    Muhandislik - geologik xaritalar o‘rganilayotgan hudud to‘g‘risida 
    mahsus ma’lumot olishga imkon beradi. Muhandislik - geologik xarita 
    tuzishda topografik, hamda turdagi geologik xaritalardan, muhandislik - 


    156 
    geologik qidirish ishlarining natijalari va jinslarning xossalaridan 
    foydalaniladi. Muhandislik - geologik xaritalar 3 turga: 1). muhandislik - 
    geologik sharoitlar; 2) muhandislik - geologik xududlashtirish; 3) mahsus
    maqsadlarga mo‘ljallangan muhandislik geologik xaritalarga bo‘linadi. 
    Muhandislik - geologik sharoiti xaritasida hamma tur yer usti qurilishlar 
    to‘g‘risidagi axborotlar bo‘ladi. 
    Muhandislik - geologik xaritalar masshtabi ulardan ko‘zda tutilgan 
    maqsadga bog‘liqdir. 
    1) umumiy (yoki sxematik) muhandislik - geologik xarita katta 
    joylar uchun tuzilib, masshtabi 1:500000 va undan mayda bo‘ladi. 
    Bunday joylarning muhandislik - geologik sharoiti byeriladi. Bunday 
    xaritalar respublika yerlarini rejalashtirishda tuziladi; 
    2) o‘rtacha muhandislik - geologik xarita masshtabi 1:200000 dan 
    to 1:100000 gacha alohida gidrotexnikaviy inshootlar, sanoat
    korxonalari, aholi tura-joy qurilishini loyihalashda bog‘lashga 
    asoslangan; 
    3) yirik (1:10000 va undan katta) masshtabli xaritalardan shahar 
    hududidagi qurilishda, aniq sanoat inshootlari qurilishini loyihalashda 
    foydalaniladi. 
    Agar geologik xaritalar yer sirtida turli tog‘ jinslarining tarqalishini 
    ko‘rsatsa, qirqim yer po‘stining ma’lum chiziq buyicha vertikal geologik 
    tuzilishi haqida tasavvur beradi. Ular joylarning ma’lum chuqurlikdagi 
    geologik tuzilishini o‘rganishga imkoniyat tug‘diradi. 
    Geologik qirqimlar chizish uchun eng avvalo uning topografik 
    asosini tiklash kerak. Rel’efning gorizontallar bilan ifodalangan xaritasi 
    orqali topografik profil’ tuzamiz. Qirqimda qatlamlarning nisbiy qalinligi 
    va qiyaligini aniqroq ko‘rsatish maqsadida vertikal masshtab gorizontal 
    masshtabdan 10 marta katta qilib olinadi. 
    Qirqimning topografik asosiga geologik ma’lumotlarni tushiramiz. 
    Buning uchun qirqim chizig‘i bo‘yicha ko‘ringan qatlamning enini 
    xaritadan o‘lchab, qirqimning nolinchi chizig‘iga yoki uning ostidagi tor 
    yo‘lga tushiramiz. Bundan tashqari, qirqimga bor gidrogeologik, 
    muhandislik - geologik ma’lumotlarni, qazilgan burg‘ quduqlar va 
    ulardan olingan natijalar tushiriladi. Bunday qirqimlarga muhandislik - 
    geologik qirqim deb ataladi. 


    157 
    Qirqimlar qurilish xududlarini muhandislik - geologik baholashda, zamin 
    jinslarini tanlashda va grunt suvlarini rejimini o‘rganishda katta 
    ahamiyatga ega.
    Muhandislik – geologik xududlashtirish. Muhandislik - geologik 
    xududlashtirish sharoitlarga qarab, hududlarni qismlarga ajratish 
    mumkin. Maxsus xaritalar qurilishning aniq turlariga yoki inshootlariga 
    nisbatan tuziladi. Ular qurilish hududining muhandislik-geologik 
    sharoitini baholash va muhandislik - geologik hodisalarni oldindan aytish 
    uchun zarur. 

    Download 6,24 Mb.
    1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   75




    Download 6,24 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -§. Laboratoriya sharoitidagi ishlar va kameral ishlar

    Download 6,24 Mb.
    Pdf ko'rish