136
Grunt tarkibidagi qattiq jismlarga shag‘al (20 mm dan yirik), tosh
(20 mm dan 2 mm gacha), qum (2 mm dan 0,05 mm gacha), chang (0,05
mm dan 0,005 mm gacha), loy (-0,005 dan kichik) kiradi.
Bu o‘lchamlar tajriba yo‘li bilan gruntning donadorlik tarkibini
saralash orqali belgilanadi. Gruntning donadorlik tarkibi deganda unda
uchraydigan turli yiriklikdagi zarrachalarning (foizdagi) nisbiy miqdori
tushiniladi. Buning uchun maxsus saralovchi elakdan foydalaniladi.
Umumiy massa 50 gr dan kam bo‘lmagan, quritib maydalangan grunt
maxsus elakdan o‘tkaziladi. Elak o‘lchami yuqoridan pastga kichiklashib
borgani uchun unda 10 mm dan yirik zarralar ushlanib qoladi. Elaklar
ostidagi idishda esa 0,1 mm dan kichik zarrachalar to‘planadi. Tajriba
natijalari jadvalga yozib boriladi (8.1-jadval).
Gruntning donadorlik tarkibiga ko‘ra u quyidagi turlarga ajratiladi:
loyli grunt (tarkibida loysimon zarralari 30% dan ortiq);
qumli loy (tarkibida loysimon zarralari 30-10%);
loyli qum (tarkibida loysimon zarralari 10-3%);
qum (tarkibida loysimon zarralari 3% dan kam).