119
kelmaydi. SHuning uchun bosimli suv qatlamlariga
suv yer yuzasiga
chiqadigan maydondan ko‘pincha o‘nlab va hatto yuzlab kilometr
uzoqdan sizib keladi.
Bosimli suvlar ikki turga ajratilishi mumkin: fontan bo‘lib otilib
chiqadigan bosimli suvlar (7.7-rasm) va otilmasdan chiqadigan bosimli
suvlar (7.8-rasm), otilmasdan chiqadigan bosimli suvlar subartezian
suvlari deb ataladi.
Artezian tyermini Frantsiyadagi Artua
viloyatining nomidan kelib
chiqib, qadimda bu viloyat Arteziya deb atalar edi. 1126 yilda bu
viloyatda kovlangan quduqdan katta bosimli suv otilib chiqqan edi.
SHundan buyon otilib chiquvchi suv olish uchun kovlanadigan quduqlar
artezian quduqlari deb ataladi.
Artezian suvlari to‘yinadigan soha bu yerlardan foydalaniladigan
joyga nisbatan tamomila boshqacha balandlikka bo‘lishi mumkin (7.8-
rasm).
Artezian havzasining
suv bilan to‘lib turadigan
qismi manbaa deb ataladi.
Quduq
kovlanganda havza
suvining
sathi
quduq
og‘zidan
ham
yuqori
ko‘tariladigan qismi bosimli
qism deyiladi. Artezian bosimli suv resurslari sarf bo‘ladigan qismi
bo‘shaluvchi qism deb ataladi. Artezian suvlari to‘yinadigan,
yig‘iladigan, shuningdek oqib chiqadigan joylar artezian suvlari havzasini
tashkil qiladi. (7.9-rasm).
Bizning Respublikamizdagi
Sirdaryo,
Amudaryo
va
Ustyurt artezian havzalari va
boshqalari bunga misol bo‘la
oladi.
Sirdaryo
artezian
havzasi Farg‘ona,
Toshkent
oldi, CHimkent, Qizilqum,
Orol yaqini havzalari va
boshqalarga bo‘linadi.
120
Bu artezian havzalari atrofida suvli bir qancha gorizont bo‘lib, ular
o‘ziga xos xususiyatlari bilan bir -biri bilan farq qiladi. Masalan,
Farg‘ona artezian havzasi atrofida yigirmaga yaqin suvli gorizont borligi
aniqlangan. SHu bilan birga, suvli gorizontlar katta (3500 m gacha)
chuqurlikda joylashgan bo‘lishiga qaramay
bosim kuchi nihoyatda katta
bo‘lganligidan murakkab nasos qurilmalar ishlatishni talab etmaydi,
chunki ko‘p hollarda suv quduqdan o‘zi otilib chiqib, fontanlar hosil
qiladi. Burg‘ quduqlar orqali suvli gorizont ochilganda suvning sathi
ko‘tariladi. Suvning bosimli ekanligini p’ezometrik sath belgilaydi.
P’ezometrik sathning doimiy va nisbiy balandligi bo‘ladi.
Bir xil nisbiy balandlikka ega bo‘lgan p’ezometrik sathlarni
birlashtiruvchi chiziq gidroizop’ezlar deyiladi.
Bosimli suvlar to‘yinish sohasidan uzoq yo‘lni o‘tib, tog‘
jinslari
bilan uzoq vaqt tutashuvda bo‘lganligi sababli, grunt suvlariga qaraganda
ko‘proq minerallashgan bo‘ladi.
O‘zbekiston mineral suvlarining shifobaxshlik xususiyatlarini
o‘rganish, ulardan juda ko‘p kasalliklarni davolashda muvaffaqiyat bilan
qo‘llanilmoqda. Hozirgi vaqtda mineral suv manbalari bazasida bir necha
sihatgohlar qurilgandir. Andijon viloyatidagi Janubiy Olamushuk va
Polvontosh shifoxonalari, Surxondar’yo viloyatidagi Jayronxona
ishfoxonalari, Farg‘ona viloyatidagi
CHimyon shifoxonasi, Namangan
viloyatidagi CHortoq shifoxonalari shular jumlasidandir. Toshkent
yaqinidagi artezian havzasining mineral suvlaridan oshqozon, ichak, jigar
kasalliklarini, moddalar almashinuviga xos va boshqa kasalliklarni
davolashda muvaffaqiyat bilan foydalanilmoqda. Toshkent va Farg‘ona
mineral suvlari Respublikamizdagi eng yaxshi ichiladigan suv sifatida
hammaga manzur bo‘lmoqda.