|
-§. Yer osti suvlarining fizik-kimyoviy xossalariBog'liq 63f5ba6711d31 Геология ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА
7.2-§. Yer osti suvlarining fizik-kimyoviy xossalari
Fizik xossalari. Amaliy masalalarni hal qilishda yer osti
suvlarining quyidagi fizik xossalari o‘rganiladi: harorati, rangi, hidi,
mazasi, zichligi.
Yer osti suvlarining harorati katta oraliqlarda o‘zgarib, manfiy
haroratdan, juda yuqori haroratgacha (100
0
S) o‘zgarishi mumkin.
Harorati buyicha ular juda sovuq suvlarga (harorati 4
0
S dan past), sovuq
suvlarga (harorati 4-20
0
S), iliq suvlarga (harorati 20-37
0
S), issiq suvlarga
(harorati 37-42
0
S) va juda issiq suvlarga (harorati 42
0
S dan yuqori)
bo‘linadi. Manfiy haroratli yer osti suvlari doimiy muzlik mavjud bo‘lgan
xududlarda tarqalgan. Issiq va tyermal suvlar harakatdagi vulqonlar
vujudga keladigan hududda tarqalgan va chuqur yer osti suvlari uchun
haraktyerlidir. Boshqa fizik xossalar yer osti suvining harorati va
tarkibidagi yerigan moddalarning sifati va miqdoriga bog‘liqdir.
4
0
S haroratdagi toza suvning eng yuqori zichligi – 1 gsm
3
ga teng.
Uning tarkibidagi minerallarga qarab, zichligi ham o‘zgarishi mumkin.
Toza oqar suvlar kam minerallashganligi sababli, zichligi 1 gsm
3
yaqin.
Minerallashgan okean suvlari (35 gl)ning zichligi - 1,03... 1,08 gsm
3
ga
teng bo‘lsa, sho‘r suvlarniki esa (300 - 360 gl) -1,15... 1,22 gsm
3
ga
teng.
Toza suv - rangsiz, mazasiz, hidsizdir. Suvning tarkibida organik
moddalar, temir oksidlari, suzib yuruvchi zarralar uning rangini
xiralashtiradi, ta’mini esa yoqimsiz qiladi. Ayniqsa tarkibida oltingugurt
bo‘lgan vodorodli suvdan aynigan tuxum hidi keladi, karbonat angidridli
gaz suvni musaffo qilsa, kal’tsiy karbonat - suvga yoqimli maza kiritadi.
Osh tuzi suvni sho‘r kilsa, magniy va sul’fat natriy tuzlari suvga achchiq
ta’m kiritadi. Hamma tuzlar suvning tarkibida birgalikda bo‘lsa, ta’mi
113
achchiq - sho‘r bo‘ladi. Suv meyo‘rdagi tozalikka ega bo‘lishi uchun
ularning miqdori 0,3 - 0,4 gl oraliqda bo‘ladi.
|
| |